Arxiv

«Muammo avtomobil qimmatligida emas, balki odamlar kam pul ishlab topishida» — Alisher Qodirov
7 iyun 2021, 14:38

«Muammo avtomobil qimmatligida emas, balki odamlar kam pul ishlab topishida» — Alisher Qodirov

«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov UzAuto Motors masalasida: «Muammo avtomobil qimmatligida emas, balki odamlar kam pul ishlab topishida», — deya ta’kidladi. Uning fikricha, «odamlar halol ishlab topgan pullariga sifatli avtomobil sotib olishga haqli». Biroq, deputat hozircha bojxona boji bekor qilinishi tarafdori emas. «Biz o‘zimizni odamlarni avtomobil sanoatini qo‘llab-quvvatlashga majbur qilayapmiz», — dedi u.

XAEA O‘zbekistonning AES loyihasi bo‘yicha yutuqlarini yuqori baholadi
7 iyun 2021, 13:14

XAEA O‘zbekistonning AES loyihasi bo‘yicha yutuqlarini yuqori baholadi

Yadro infratuzilmasini nazorat qilish bo‘yicha XAEA missiyasining xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston atom elektr stansiyasi qurilish loyihasini ishlab chiqishda muvaffaqiyatlarga erishgan, ammo shunday bo‘lsa-da, yadro xavfsizligi bo‘yicha yana bir qator xalqaro hujjatlarga qo‘shilishi kerak.

Mening munosabatlarim noto‘g‘ri talqin qilinadi — Alisher Qodirov
7 iyun 2021, 13:01

Mening munosabatlarim noto‘g‘ri talqin qilinadi — Alisher Qodirov

Milliy tiklanish partiyasi rahbari Alisher Qodirov turli mavzularda qilgan munosabatlari «mutlaqo boshqacha talqin qilinishi»ni ta’kidladi. Deputatning fikriga ko‘ra, «o‘zbek segmenti bilan rus segmentiga qaraganda dialog qilish osonroq». «Men rusiyzabon auditoriya bilan oxirigacha kelisha olmayapman. Menda dialog o‘xshamayapti. Men buning ustida ishlamoqdaman», — deydi u.

O‘zbekistonlik qo‘l jangchilar Jahon chempionatida bugun 8 ta medalni qo‘lga kiritishdi
7 iyun 2021, 11:31

O‘zbekistonlik qo‘l jangchilar Jahon chempionatida bugun 8 ta medalni qo‘lga kiritishdi

Qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida sakkizta medalni qo‘lga kiritdi.

Shavkat Mirziyoyev 10−11 iyun kunlari Tojikistonga boradi
7 iyun 2021, 11:26

Shavkat Mirziyoyev 10−11 iyun kunlari Tojikistonga boradi

Prezidnet shu hafta chorvachilikni rivojlantirish hamda ozuqa bazasini ko‘paytirish masalalari bo‘yicha videselektor yig‘ilishi o‘tkazadi. Davlat rahbari 10−11 iyun kunlari Tojikistonga rasmiy tashrif bilan boradi.

Pokistonda poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
7 iyun 2021, 11:09

Pokistonda poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Pokistonning Gotki shahrida poyezdlardan biri relsdan chiqib ketib, ikkinchi yo‘lovchi poyezdiga urildi. 36 nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi. Bir necha odamlar vayronalar ostida qolib ketgan.

Kecha O‘zbekistonning 13 ta hududida 242 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi
7 iyun 2021, 10:57

Kecha O‘zbekistonning 13 ta hududida 242 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi

Kecha O‘zbekistonning 13 ta hududida 242 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 147 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Coca-cola ichimligi Uzbekiston davlat ulushi sotilishining uchinchi bosqichi yakunlandi
7 iyun 2021, 10:38

Coca-cola ichimligi Uzbekiston davlat ulushi sotilishining uchinchi bosqichi yakunlandi

Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd MCHJ ustav kapitalidagi davlat ulushini sotish to‘g‘risidagi e’longa muvofiq, sotish jarayonining uchinchi bosqichi yakunlandi. Bugungi kunda, talabgorlardan Kompaniyani sotib olish bo‘yicha qat’iy narx takliflari va oldi-sotdi shartnomasi loyihasiga qo‘shimcha taklif hamda izohlari olindi.

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida avtobus qatnovi tiklanishi ko‘rib chiqilmoqda
7 iyun 2021, 09:48

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida avtobus qatnovi tiklanishi ko‘rib chiqilmoqda

O‘zbekiston va Tojikiston huqumat vakillari Toshkent, Samarqand, Termiz, Dushanbe, Xo‘jand, Penjikent va boshqa shaharlar o‘rtasida avtobus qatnovini tiklash istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.

Samarqand va viloyatning bir qator tumanlari suv ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda
7 iyun 2021, 09:30

Samarqand va viloyatning bir qator tumanlari suv ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda

Yog‘ingarchiliklarning yo‘qligi va Zarafshon daryosi o‘zanida suv oqimining kamligi sababli Samarqand va viloyatning bir qator tumanlari suv ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

«Delfinlar suhbati, optik illyuziyadagi orangutan, echkilar kurashi» — «Nature Photographer of the Year» tanlovi suratlari (foto)
6 iyun 2021, 15:07

«Delfinlar suhbati, optik illyuziyadagi orangutan, echkilar kurashi» — «Nature Photographer of the Year» tanlovi suratlari (foto)

Tabiat hodisalari va hayvonot dunyosi suratlari ishtirok etadigan «Nature Photographer of the Year 2021» foto-tanlovining natijalari e’lon qilindi. Bu yilgi tanlovda optik illyuziyadagi orangutan surati g‘olib bo‘ldi.

«Hali qishda bizni nima kutyapti ekan?» — Twitter foydalanuvchilari Toshkentda elektr va suv o‘chayotgani haqida
6 iyun 2021, 13:47

«Hali qishda bizni nima kutyapti ekan?» — Twitter foydalanuvchilari Toshkentda elektr va suv o‘chayotgani haqida

Toshkentning ayrim hududlarida bir necha kundan buyon elektr energiyasi va suv yo‘qligi haqida ijtimoiy tarmoqlarda turli fikrlar bildirilmoqda. Ulardan eng qiziqarlilarini «Gazeta.uz» yig‘ib chiqdi.

Qarshida havoning issiqligi sababli samolyotda nosozlik chiqib, parvoz kechiktirildi
6 iyun 2021, 11:54

Qarshida havoning issiqligi sababli samolyotda nosozlik chiqib, parvoz kechiktirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahri aeroportidada video lavhalar tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, parvoz Rossiyaning “Royal Flight” aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. Yo‘lovchilar bortga chiqarilgandan so‘ng, samolyot dvigatellari ishlamay qolgan. Bunga havo haroratining 44°dan yuqori bo‘lishi sabab bo‘lgan.

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti
6 iyun 2021, 11:26

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti

Amerika kubogi musobaqasining mezboni aniq bo‘lishi, o‘zbekistonlik bokschilarning Osiyo chempionatidagi g‘alabasi, O‘zbekiston futzal terma jamoasning Jahon chempionatidagi raqiblari, O‘FAning navbatdan tashqari kongressi — “Gazeta.uz” ning haftalik sport yangiliklari dayjestida.

O‘zbekistonda 8742 nafar kishi 3-doza vaksinalari bilan emlandi
6 iyun 2021, 11:12

O‘zbekistonda 8742 nafar kishi 3-doza vaksinalari bilan emlandi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 101 ming 722 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 197 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Elektr ta’minotidagi uzilishlar kuchli shamol va elektr iste’moli hajmining o‘sishi bilan bog‘liq — vazirlik
5 iyun 2021, 23:39

Elektr ta’minotidagi uzilishlar kuchli shamol va elektr iste’moli hajmining o‘sishi bilan bog‘liq — vazirlik

Elektr ta’minotidagi uzilishlarga 1−3 iyun kunlari qator hududlarda kuzatilgan kuchli shamol hamda havoning sezilarli isishi natijasida elektr energiyasiga talab oshgani sabab bo‘ldi, deya ma’lum qildi Energetika vazirligi.

5 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
5 iyun 2021, 21:19

5 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

“O‘zbekneftgaz” korxonalari faoliyati vaqtincha to‘xtab qolishi, sement importining hajmi oshishi, Maktabgacha ta’lim vazirligidagi tayinlovlar, Andijondagi yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar — “Gazeta.uz"ning 5 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Andijonda 100 gektar yerni noqonuniy ravishda sotmoqchi bo‘lgan mansabdorlarga sud hukmi o‘qildi
5 iyun 2021, 17:02

Andijonda 100 gektar yerni noqonuniy ravishda sotmoqchi bo‘lgan mansabdorlarga sud hukmi o‘qildi

Andijonda 100 gektar yer maydonini 135 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan Andijon viloyati hokimligi huzuridagi direksiya bosh mutaxassisi, viloyat hokimligi bosh boshqarmasi g‘aznachisi hamda kompaniya rahbariga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Ferkensco «Gazprombank» bilan shartnoma imzoladi
5 iyun 2021, 16:00

Ferkensco «Gazprombank» bilan shartnoma imzoladi

Ferkensco va «Gazprombank» o‘rtasida yangi kimyo majmuasini moliyalashtirish to‘g‘risida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

S&P O‘zbekiston reytingini «BB-» darajasida saqlab qoldi, biroq prognozni oshirdi
5 iyun 2021, 14:17

S&P O‘zbekiston reytingini «BB-» darajasida saqlab qoldi, biroq prognozni oshirdi

S&P Global Ratings agentligi O‘zbekiston suveren kredit reytingini «BB-» darajasida saqlab qoldi, lekin reyting prognozini «salbiy»dan «barqaror»ga oshirdi. Ushbu qaror tashqi qarz o‘sishining sekinlashgani, takomillashgan fiskal siyosat va islohotlar bilan bog‘liq. Agentlik, shuningdek, mamlakatning kredit reytingini yanada kamaytirishga xizmat qiluvchi omillarga ham to‘xtalib o‘tgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting