Arxiv

“Elita konstitutsiyani xalq uchun yozib, o‘zi uchun istisno qilsa, u ishlamaydi” — Behzod Hoshimov
5 avgust 2024, 18:08

“Elita konstitutsiyani xalq uchun yozib, o‘zi uchun istisno qilsa, u ishlamaydi” — Behzod Hoshimov

Iqtisodchi Behzod Hoshimov “Gazeta.uz"ga bergan intervyusida nima uchun matni deyarli bir xil bo‘lgan konstitutsiyalar turli mamlakatlarda turlicha ishlashi haqida fikr bildirdi. “Agar elita xalq uchun konstitutsiya yozsa va o‘zi uchun istisno qilsa, demak, bu ishlamaydi”, — deya ta’kidladi u.

Haftaning ikkinchi yarmida issiq kuchayadi
5 avgust 2024, 17:56

Haftaning ikkinchi yarmida issiq kuchayadi

O‘zbekistonda hafta boshida o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi. 8−9-avgustda issiq kuchayadi va aksariyat hududlarda havo +40…+44 darajagacha isiydi. Ayrim kunlarda tog‘oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ham mumkin.

Sirdaryo daryosidan noqonuniy qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 87 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetdi
5 avgust 2024, 17:39

Sirdaryo daryosidan noqonuniy qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 87 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetdi

Sirdaryo daryosining Bekobod tumanidan o‘tgan hududida qum-shag‘al aralashmalari qazib olinayotgani aniqlandi. Buning ortidan tabiatga 87 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetdi, 3 ta yuk mashinasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirildi.

O‘zbekistonda “yashil” stansiyalar ishlab chiqaradigan elektr energiyasi ulushi 25−30 foizga yetdi — Energetika vazirligi
5 avgust 2024, 17:26

O‘zbekistonda “yashil” stansiyalar ishlab chiqaradigan elektr energiyasi ulushi 25−30 foizga yetdi — Energetika vazirligi

O‘zbekistonda 2024-yilda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 25−30 foiz qismi “yashil” stansiyalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. 3 yilda IESlar ishlab chiqargan elektr energiyasi ulushi 90 foizdan 70 foizgacha tushdi.

Urganch aeroporti modernizatsiya qilinib, boshqaruvga o‘tkaziladi
5 avgust 2024, 17:16

Urganch aeroporti modernizatsiya qilinib, boshqaruvga o‘tkaziladi

Urganch aeroportini modernizatsiya qilish — yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi, yangi terminal va boshqa obyektlarni qurish hamda “Qurish, foydalanish, topshirish” ((Build-Operate-Transfer — BOT) modeli bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Ukraina ilk F-16 qiruvchi samolyotlarini qabul qilib oldi
5 avgust 2024, 16:30

Ukraina ilk F-16 qiruvchi samolyotlarini qabul qilib oldi

Ukraina prezidenti Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlari birinchi partiyasini olganini tasdiqladi. Kiyevga ularni olish uchun ikki yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi. 2024-yil oxirigacha mamlakatga 20 ta shunday samolyot kelishi kutilmoqda.

Samarqandda Isuzu yuk mashinasi yonib ketdi
5 avgust 2024, 16:21

Samarqandda Isuzu yuk mashinasi yonib ketdi

Payariq tumani tez tibbiy yordam binosining yonida Isuzu yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hodisa joyidagi Cobalt yong‘in ta’sirida zararlangan bo‘lishi mumkin.

Qozog‘iston prezidenti Ostonada O‘zbekiston rahbari yordamchisi Saida Mirziyoyevani qabul qildi
5 avgust 2024, 15:50

Qozog‘iston prezidenti Ostonada O‘zbekiston rahbari yordamchisi Saida Mirziyoyevani qabul qildi

Qozog‘istonda o‘tayotgan “Zakovat” xalqaro intellektual o‘yinlari munosabati bilan Ostonaga borgan O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyevani Qosim-Jomart Toqayev qabul qildi. Qozog‘iston rahbari ikki davlat prezident adminstratsiyalari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidladi.

“Saidaziz medgorodok” 20 yilga qamaldi
5 avgust 2024, 15:10

“Saidaziz medgorodok” 20 yilga qamaldi

“Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Jazoni umumiy koloniyada o‘tash belgilandi.

“Tayyorgarlik uchun vaqtimiz yetmadi”. Timur Kapadze — futbolchilarning Olimpiadadagi ishtiroki haqida
5 avgust 2024, 14:42

“Tayyorgarlik uchun vaqtimiz yetmadi”. Timur Kapadze — futbolchilarning Olimpiadadagi ishtiroki haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Olimpiada uchun tarkibni shakllantirishda qiyinchiliklar bo‘lgani va musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt yetarli bo‘lmaganini ta’kidladi. U hech bir futbolchiga e’tirozi yo‘qligini aytib, ta’tilga chiqish rejasini e’lon qildi.

Prezident qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi
5 avgust 2024, 14:31

Prezident qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi

Shavkat Mirziyoyev 10 kun davom etgan mehnat ta’tilidan qaytdi. Joriy haftada davlat rahbari Qozog‘istonda bo‘lishi va “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatidagi sammitda ishtirok etishi rejalashtirilgan. Hafta yakunida Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.

Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risidagi qonun loyihasi jamoatchilik noroziligiga uchradi
5 avgust 2024, 12:28

Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risidagi qonun loyihasi jamoatchilik noroziligiga uchradi

Renovatsiya to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamadan o‘tkazildi. Biroq qonun mulkdorlarning huquqlarini yetarlicha himoya qilmasligi va boshqa sabablar tufayli jamoatchilik noroziligiga uchradi. Poytaxt hokimi qonun qabul qilinmasidan avval joylarda renovatsiya loyihalari amalga oshirish haqida qaror imzoladi.

“Dunyo sadolari”: 6 mlrd so‘mga tushgan festival va Andijon hokimining tanqidga uchragan nutqi
5 avgust 2024, 11:57

“Dunyo sadolari”: 6 mlrd so‘mga tushgan festival va Andijon hokimining tanqidga uchragan nutqi

Xonobod shahrida 29−31-iyul kunlari “Dunyo sadolari” II xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi, unga jami 6 mlrd so‘m mablag‘ sarflandi. Andijon viloyati hokimining jurnalistlarga “Qo‘llaringdan balo ham kelmaydi” deb murojaat qilgani aytildi. Biroq hokimlik buni rad etdi. Batafsil.

Andijonda yuk mashinasi temiryo‘l ko‘prigiga borib urildi
5 avgust 2024, 10:09

Andijonda yuk mashinasi temiryo‘l ko‘prigiga borib urildi

Dushanba kuni tongda Andijon tumanida haydovchisi uxlab qolgan yuk mashina temiryo‘l ko‘prigiga borib urildi. Oqibatda ko‘prik va mashinaga zarar yetdi.

Bokschi Lazizbek Mullojonov ham Olimpiada finaliga chiqdi (video)
4 avgust 2024, 21:22

Bokschi Lazizbek Mullojonov ham Olimpiada finaliga chiqdi (video)

O‘zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullojonov yarim finalda tojikistonlik raqibini mag‘lub etib, Olimpiya o‘yinlari finaliga chiqdi.

Toshkentda 30 nafar shaxs qimor o‘yinlarini tashkil qilishda gumonlanib qo‘lga olindi
4 avgust 2024, 21:01

Toshkentda 30 nafar shaxs qimor o‘yinlarini tashkil qilishda gumonlanib qo‘lga olindi

Yakkasaroy tumanidagi uylarning birida 12 nafar xorijlik va 18 nafar O‘zbekiston fuqarosi onlayn qimor o‘yinlarini o‘tkazib kelishda gumonlanib qo‘lga olindi. IIBBga ko‘ra, xonadonda uch oy davomida 900 ming dollar aylantirilgan.

Bokschi Hasanboy Do‘smatov Olimpiada finaliga chiqdi (video)
4 avgust 2024, 20:23

Bokschi Hasanboy Do‘smatov Olimpiada finaliga chiqdi (video)

Parij-2024 Olimpiadasining yarim final uchrashuvida o‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov Kabo-Verdelik raqibini mag‘lub etdi. O‘zbekiston vakili Olimpiya o‘yinlarining final bosqichiga chiqdi.

Samarqandda kadastr xodimi fuqarodan 1,5 ming dollar olayotganda ushlangani aytilmoqda
4 avgust 2024, 16:08

Samarqandda kadastr xodimi fuqarodan 1,5 ming dollar olayotganda ushlangani aytilmoqda

Kadastr palatasining Pastdarg‘om tumani filiali xodimi 1,5 ming dollar pora olayotganida qo‘lga tushgani aytilmoqda. U fuqaroga yer va uy-joyni hujjatlashtirib, egalik huquqini olib berishini aytgan.

Nima uchun ba’zida Singapur “iqtisodiy mo‘’jizasi” sabablarini xato tushunishadi?
4 avgust 2024, 15:51

Nima uchun ba’zida Singapur “iqtisodiy mo‘’jizasi” sabablarini xato tushunishadi?

Iqtisodchi Behzod Hoshimov “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida nima uchun Singapur “mo‘’jizasi” sabablari xato talqin qilinishi haqida gapirdi. Li Kuan Yu va uning partiyasi ko‘p islohotlar qilgan, ammo kitobini o‘qisangiz, o‘sha iqtisodiy rivojlanish bosh vazirning stolida yaratilgandek tuyilishi mumkin, deydi u.

Jizzaxda 3 yoshli bog‘cha bolasining o‘limiga sababchi bo‘lganlarga hukm o‘qildi
4 avgust 2024, 14:06

Jizzaxda 3 yoshli bog‘cha bolasining o‘limiga sababchi bo‘lganlarga hukm o‘qildi

Do‘stlik tumanida oilaviy bog‘chaning qarovsiz qolgan 3 yoshli tabriyalanuvchisi ariqqa tushib ketib, vafot etgandi. Sud bu ishda bog‘cha direktoriga 4 yil 1 oy, tarbiyachiga 4 yil va tuman SES boshlig‘iga 1 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting