Arxiv

Tadbirkorni shantaj qilib, undan pul undirishda gumonlanayotgan Telegram kanal ma’murlari ushlandi
22 yanvar 2025, 18:05

Tadbirkorni shantaj qilib, undan pul undirishda gumonlanayotgan Telegram kanal ma’murlari ushlandi

Telegram`dagi “Nazorat Uz” kanali ma’murlari ovqatlanish tarmoqlari rahbarlaridan katta miqdorda pul talab qilganlikda gumonlanmoqda. Ular oshxonada suvarak chiqqani aks etgan videolar borligini aytib, tadbirkorlarni qo‘rqitgan. Holat yuzasidan uch kishiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

O‘zbekistonda ekologik markirovka belgisi tasdiqlandi
22 yanvar 2025, 15:46

O‘zbekistonda ekologik markirovka belgisi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda ekologik markirovka belgisi tasdiqlandi. Ekologiya vazirligi “Yashil belgi” tizimini tartibga solish bo‘yicha vakolatli organi hisoblanadi hamda unga bir qancha vazifalar belgilandi.

O‘zbekiston va Rossiya harbiy sohada besh yillik sheriklik dasturini imzoladi
22 yanvar 2025, 15:32

O‘zbekiston va Rossiya harbiy sohada besh yillik sheriklik dasturini imzoladi

O‘zbekiston va Rossiya mudofaa vazirliklari o‘rtasida 2025-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi va 2026−2030-yillarga mo‘ljallangan harbiy sohada strategik sheriklik dasturini imzoladi.

Samarqandda aprelda Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo sammiti bo‘lib o‘tadi
22 yanvar 2025, 15:19

Samarqandda aprelda Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo sammiti bo‘lib o‘tadi

Aprel oyida Samarqandda Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi. Avvalroq tadbir YeIda o‘tgan yili yangi hukumat tuzilgani sababli 2024-yildan 2025-yilga ko‘chirilgan edi.

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
22 yanvar 2025, 15:15

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 23−27-yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi.

Toshkentda advokatlik firmasi mutaxassisi va bank yuristi pora olganda ushlandi
22 yanvar 2025, 15:13

Toshkentda advokatlik firmasi mutaxassisi va bank yuristi pora olganda ushlandi

Toshkentda advokat 26 yoshli fuqaroning 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini yengillashtirish uchun 20 ming dollar olganda ushlandi. U 15 ming dollarni shu ishga aloqador boshqa shaxs — bank yuristiga topshirgan. Huquqshunos ham tezkor tadbirda qo‘lga olingan.

O‘zbekistonda davlat Cyber university oliygohi tashkil etiladi
22 yanvar 2025, 14:53

O‘zbekistonda davlat Cyber university oliygohi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Cyber university davlat universiteti tashkil etiladi. Oliygoh raqamli texnologiyalar va kiberxavfsizlik sohasida kadrlar tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi.

Yaponiyada o‘qish, ishlash va yashash haqida ma’lumot beruvchi portal ishga tushdi
22 yanvar 2025, 14:13

Yaponiyada o‘qish, ishlash va yashash haqida ma’lumot beruvchi portal ishga tushdi

Migratsiya agentligi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi tomonidan Japan Career portali ishga tushirildi. Unda Yaponiyadagi mehnat migratsiyasi, ta’lim va yashash imkoniyatlari haqida o‘zbek, rus va yapon tillarida ma’lumotlar berib boriladi.

Toshkentda milliylik targ‘ib qilinadi, davlat idoralarida milliy kiyimda yurish tavsiya etiladi — hokim qarori
22 yanvar 2025, 13:00

Toshkentda milliylik targ‘ib qilinadi, davlat idoralarida milliy kiyimda yurish tavsiya etiladi — hokim qarori

Shavkat Umurzoqov Toshkent shahrida milliylikni targ‘ib qilishga doir qaror imzoladi. Unga ko‘ra, milliy liboslar va milliylikni targ‘ibotini o‘z ichiga olgan “Milliy Toshkent” loyihasi amalga oshiriladi. Shahardagi davlat ishxonalari xodimlariga milliy liboslarda yurish tavsiya etiladi.

Srechko Katanets terma jamoa bosh murabbiyligidan ketdi
22 yanvar 2025, 12:08

Srechko Katanets terma jamoa bosh murabbiyligidan ketdi

Srechko Katanets futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi. Uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sababli O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi.

Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh faoliyati fosh etildi
22 yanvar 2025, 11:54

Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh faoliyati fosh etildi

Toshkent shahrida yashovchi bir guruh shaxslar kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgani aniqlandi. Tezkor tadbirlar davomida 130 mln so‘mdan ortiqroq qiymatga ega dorilar musodara qilingan.

Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralardan bosh tortsa, Tramp Rossiyaga sanksiyalar qo‘llamoqchi
22 yanvar 2025, 11:45

Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralardan bosh tortsa, Tramp Rossiyaga sanksiyalar qo‘llamoqchi

Donald Tramp agar Rossiya urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralardan bosh tortgan taqdirda, sanksiyalar bilan tahdid qildi, shuningdek, Putinni “aqlli” deb atadi. U Putin bilan “juda tez muddatda” gaplashishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
22 yanvar 2025, 11:11

Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Samarqand viloyatining sobiq hokimi Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

2025-yilda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida eksport hajmi 4 mlrd dollarga yetkazilishi rejalashtirilmoqda
22 yanvar 2025, 11:09

2025-yilda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida eksport hajmi 4 mlrd dollarga yetkazilishi rejalashtirilmoqda

Prezident farmoni bilan to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Hujjatda mahsulotlar eksportini 2025-yilda 4 milliard dollarga yetkazish asosiy maqsadli ko‘rsatkichlardan biri sifatida belgilangan.

Janubiy Koreyada tug‘ilish darajasi 9 yil ichida ilk marta ko‘tarildi
22 yanvar 2025, 11:07

Janubiy Koreyada tug‘ilish darajasi 9 yil ichida ilk marta ko‘tarildi

Janubiy Koreyada 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida tug‘ilganlar soni bir yil oldingiga nisbatan 3 foizga oshdi. Bu COVID-19 pandemiyasi tufayli kechiktirilgan nikohlar tiklangani bilan ham bog‘liq. Ammo mamlakat 0,72 tug‘ilish darajasi bilan dunyo bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlardan birini qayd etib turibdi.

76 kishi: Turkiyada mehmonxonadagi yong‘in qurbonlari soni yana o‘sdi
22 yanvar 2025, 10:29

76 kishi: Turkiyada mehmonxonadagi yong‘in qurbonlari soni yana o‘sdi

Turkiyaning Bolu muzofotidagi yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 76 kishiga yetdi, 52 kishi jarohat oldi. Ish doirasida 9 kishi, jumladan, mehmonxona egasi ham qo‘lga olindi. Mamlakatda bir kunlik milliy motam e’lon qilingan.

O‘zbekistonda paxtani birja orqali sotishning yangi mexanizmi joriy etilmoqda. Asosiy ma’lumotlar
22 yanvar 2025, 10:23

O‘zbekistonda paxtani birja orqali sotishning yangi mexanizmi joriy etilmoqda. Asosiy ma’lumotlar

Prezident farmoni bilan paxtani birja orqali sotishning yangi mexanizmi ishga tushirilmoqda. Yangi tartibga ko‘ra, paxta yetishtirish uchun olingan imtiyozli kreditlarni yil oxirigacha so‘ndirgan xo‘jaliklarga foiz to‘lovlarining 4 foiz punkti subsidiya sifatida qaytarib beriladi.

Endilikda jinoyat sodir etilgan mahallalarda ilmiy yondashuv asosida o‘rganishlar o‘tkaziladi
22 yanvar 2025, 09:37

Endilikda jinoyat sodir etilgan mahallalarda ilmiy yondashuv asosida o‘rganishlar o‘tkaziladi

O‘zbekistonda jinoyat sodir etilgan mahallalarda ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari tomonidan ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganishlar o‘tkaziladi. Milliy gvardiya boshliqlari va ichki ishlar organlari boshliqlari o‘rinbosarlariga kriminogen vaziyat og‘ir mahallalar nomma-nom biriktiriladi.

21-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
21 yanvar 2025, 23:49

21-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Trampni tabriklagan, Erdog‘anga ta’ziya yo‘llagan Shavkat Mirziyoyev, keskin qimmatlagan kartoshka va bunga vazirlik izohi, kambag‘al oiladagilarni kasbga o‘qitishda vaucher tizimi, daraxt ekkanlik uchun subsidiya va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Yerosti quvuri orqali Qozog‘istondan benzin tashiganlar ushlandi
21 yanvar 2025, 23:45

Yerosti quvuri orqali Qozog‘istondan benzin tashiganlar ushlandi

Qozog‘istonning Turkiston viloyatidan Toshkentdagi Qibray tumanigacha 300 metrlik yerosti quvuri orqali Ai-92 markali benzin tashish bilan shug‘ullanganlar ushlandi. Ikki o‘zbekistonlikka jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, ularning qozog‘istonlik sherigi bo‘yicha qo‘shni davlat hukumatiga murojaat qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting