Arxiv

Xalqaro kosmik texnologiyalar konferensiyasi qanday o‘tdi
5 may 2023, 19:01

Xalqaro kosmik texnologiyalar konferensiyasi qanday o‘tdi

Xalqaro kosmik texnologiyalar konferensiyasi doirasida O‘zbekiston ta’lim sun’iy yo‘ldoshi uchirilishini e’lon qildi. Shuningdek, kosmosdagi ta’limiy loyihalar doirasida hamkorlik memorandumlari imzolandi, poytaxtda kompetensiyalar markazlari ish boshladi.

Pedagogika yo‘nalishidagi sirtqi ta’limga faqat 5 yillik stajga ega o‘qituvchilar qabul qilinadi
5 may 2023, 18:22

Pedagogika yo‘nalishidagi sirtqi ta’limga faqat 5 yillik stajga ega o‘qituvchilar qabul qilinadi

2023/2024 o‘quv yilidan OTMlarning pedagogika yo‘nalishidagi sirtqi ta’limda o‘qishni istagan o‘qituvchilar kamida 5 yillik pedagogik stajga ega bo‘lishi shart. Bu bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.

Tizimda yil boshidan beri 9 nafar xodim javobgarlikka tortildi — “Hududgazta’minot”
5 may 2023, 18:00

Tizimda yil boshidan beri 9 nafar xodim javobgarlikka tortildi — “Hududgazta’minot”

2023-yil boshidan beri gaz ta’minoti korxonalarining 9 nafar xodimi firibgarlik va boshqa jinoyatlar uchun javobgarlikka tortildi. Qo‘lga olinganlarga nisbatan tergov choralari ko‘rilmoqda, fuqarolardan xodimlar bilan til biriktirmaslik va noqonuniy xatti-harakatlar haqida xabar berish so‘raldi.

P2P o‘tkazmalari haqidagi ma’lumotlarni soliq organlariga taqdim etish Konstitutsiya zid — “Yuksalish”
5 may 2023, 17:59

P2P o‘tkazmalari haqidagi ma’lumotlarni soliq organlariga taqdim etish Konstitutsiya zid — “Yuksalish”

“Yuksalish” harakati jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari haqidagi ma’lumotlarni soliq organlariga taqdim etish Konstitutsiya zid ekanini ma’lum qildi. Harakat bu masalani qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq ekanini qayd etdi.

O‘zbekistonda “Yangi bank” ro‘yxatdan o‘tkazildi
5 may 2023, 17:46

O‘zbekistonda “Yangi bank” ro‘yxatdan o‘tkazildi

MB tomonidan yana bir bank — “Yangi bank”ga litsenziya berildi. Uni “O‘zagroeksportbank” rahbarining sobiq o‘rinbosari Odil Amerqulov boshchiligidagi “Yangi Group” kompaniyasi tashkil etgan.

Surxondaryoda chang bo‘ronlari kuzatilmoqda. Video
5 may 2023, 16:19

Surxondaryoda chang bo‘ronlari kuzatilmoqda. Video

Juma kuni tushdan so‘ng O‘zbekistonning janubiy qismi, xususan, Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida chang bo‘ronlari sodir bo‘ldi.

Toshkentda fuqaroni $25 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lganlar ushlangani aytilmoqda
5 may 2023, 16:16

Toshkentda fuqaroni $25 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lganlar ushlangani aytilmoqda

Toshkent shahrida kompaniya rahbari va boshqa shaxslar fuqaroni $25 ming evaziga Turkiya va Meksika orqali AQShga jo‘natishga uringanlikda ayblanib ushlandi.

O‘zbekistonda Onix va Tracker uchun shartnoma berish vaqtincha to‘xtatildi
5 may 2023, 15:31

O‘zbekistonda Onix va Tracker uchun shartnoma berish vaqtincha to‘xtatildi

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Tracker va Onix avtomobillari uchun shartnomalar berishni ushbu modellarning konfiguratsiyasi yangilanishi munosabati bilan vaqtincha to‘xtatdi. Kompaniyaning bildirishicha, avtomobillar uchun “issiq” variantlar kutilmoqda.

Samarqandda ELSA jamiyatining birinchi bahorgi Kongressi bo‘lib o‘tdi
5 may 2023, 15:00

Samarqandda ELSA jamiyatining birinchi bahorgi Kongressi bo‘lib o‘tdi

27−29-aprel kunlari Osiyo endoskopik va laporoskopik xirurglar jamiyatining (ELSA) Kongressi Samarqandda “Ipak yo‘lida minimal invaziv xirurgiya” mavzusida bo‘lib o‘tdi.

Toshkentdagi barcha avtobus yo‘nalishlarida kunlik reja avgust oyiga qadar bekor qilinishi kutilmoqda
5 may 2023, 14:42

Toshkentdagi barcha avtobus yo‘nalishlarida kunlik reja avgust oyiga qadar bekor qilinishi kutilmoqda

Avgust oyiga qadar Toshkent shahridagi barcha — 160 ta avtobus yo‘nalishida naqd pul tushumlari bo‘yicha kunlik reja bekor qilinishi rejalashtirilmoqda. Hozirda poytaxt transport boshqarmasi ularning narxini hisoblab chiqmoqda, yozda tenderlar o‘tkaziladi.

Emmanuel Makron O‘zbekistonga tashrif buyuradi
5 may 2023, 12:51

Emmanuel Makron O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 2023-yilda O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi.

Bo‘kadagi sayyor qabulda ayol bosh prokuror qabuliga kiritmagani uchun Svetlana Artikova bilan janjallashdi
5 may 2023, 12:23

Bo‘kadagi sayyor qabulda ayol bosh prokuror qabuliga kiritmagani uchun Svetlana Artikova bilan janjallashdi

Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Artikova sayyor qabulda eri bilan bog‘liq ishni hal qilish uchun kelgan ayol bilan janjallashdi. Aniqlanishicha, u ayolni bosh prokuror bilan uchrashishga qo‘ymagan. Yakunda bosh prokuror ayolni qabul qilib, murojaatni nazoratga oldi.

Toshkentda Nukus voqealari bo‘yicha apellyatsiya ko‘rib chiqilmoqda
5 may 2023, 11:57

Toshkentda Nukus voqealari bo‘yicha apellyatsiya ko‘rib chiqilmoqda

Toshkent shahrida Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha 16 nafar mahkum (shu jumladan, marhum Polat Shamshetov)ning birinchi sud jarayoni bo‘yicha shikoyatlari, shuningdek, shartli ravishda hukm qilingan 4 kishiga nisbatan prokuratura protestini ko‘rib chiqish boshlandi.

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo salqin bo‘ladi
5 may 2023, 11:33

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo salqin bo‘ladi

Shanba kuni O‘zbekistonga Kaspiy dengizidan nam va nisbatan salqin havo massalari kirib keladi. Havo harorati kunduzi +18 darajagacha pasayadi. Yakshanba kuni qator viloyatlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Aprelda O‘zbekistonda 29 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanildi
5 may 2023, 11:01

Aprelda O‘zbekistonda 29 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanildi

Aprel oyida O‘zbekistonda ulgurji iste’molchilar tomonidan qariyb 30 mln kub metr hajmdagi (28,9 mlrd so‘mlik) tabiiy gazdan noqonuniy foydalanildi.

Surxondaryoda chegaradan o‘tkazilayotgan anor sharbatlari tarkibida giyohvand modda aniqlandi
5 may 2023, 10:59

Surxondaryoda chegaradan o‘tkazilayotgan anor sharbatlari tarkibida giyohvand modda aniqlandi

Surxondaryodagi “Ayritom” chegara bojxona postidan o‘tkazilayotgan anor sharbatlari tarkibida 103 kg metamfetamin sintetik giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi. Ular Toshkentdagi kompaniyalardan biriga yuborilayotgan bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentdagi 14 ta avtobus yo‘nalishida “kunlik plan” bekor qilindi
5 may 2023, 10:46

Toshkentdagi 14 ta avtobus yo‘nalishida “kunlik plan” bekor qilindi

Toshkentda 5-maydan boshlab 14 ta avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish brutto-shartnoma asosida tashkil etildi. Yangi tizim daromad rejasiga (kunlik plan) asoslanmaydi. Endi barcha tushumlar shahar budjetiga o‘tkaziladi, hokimlik yo‘lovchi tashuvchiga pulni bajarilgan ish hajmidan kelib chiqib o‘tkazib beradi.

Banklarda dollarning sotuv va sotib olish kursi tushdi
5 may 2023, 10:13

Banklarda dollarning sotuv va sotib olish kursi tushdi

Tijorat banklari 5-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 390 — 11 440 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 450 — 11 515 so‘m.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ham tashabbusli budjetlashtiriladi
5 may 2023, 10:12

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ham tashabbusli budjetlashtiriladi

Endilikda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar 2023-yildan boshlab jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” portalida ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda har bir mahallada 8 mlrd so‘mdan oshmagan loyihalar paketi shakllantiriladi.

Toshkentda o‘g‘li 4 nafar qizchaga tegajog‘lik qilgani aytilgan bog‘cha direktori ishdan olindi
5 may 2023, 09:35

Toshkentda o‘g‘li 4 nafar qizchaga tegajog‘lik qilgani aytilgan bog‘cha direktori ishdan olindi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 230-sonli bog‘cha direktori “xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashib, bolalar hayotini xavf ostiga qo‘ygani uchun” ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi. Uning 15 yoshli o‘g‘li 4 nafar qizchaga tegajog‘lik qilganlikda gumonlanib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting