Jahon banki O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘sishi 2023-yilda 5,5 foiz atrofida, 2024-yilda esa 5,6 foiz darajasida bo‘lishini prognoz qilmoqda. Rossiyadan pul o‘tkazmalari kamayishi tufayli iste’mol darajasi o‘sishi sekinlashadi. Qashshoqlik darajasi biroz pasayishi kutilmoqda.
6-oktabr kuni Bektemir, Yunusobod, Sergeli, Yakkasaroy tumanlaridagi ayrim mahalla va ko‘chalarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
O‘zbekiston birinchi marta 4,25 trln so‘m miqdoridagi yashil suveren xalqaro obligatsiyalar hamda 660 mln dollar miqdoridagi xalqaro obligatsiyalarni London fond birjasida joylashtirdi.
Osiyo o‘yinlari 2023 Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilmoqda. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik beshkurashchi Alise Faxrutdinova quvonarli natijalarni qo‘lga kiritdi va Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanma oldi. Life Group Business ushbu sport turini qo‘llab-quvvatlaydigan kompaniyalardan biridir.
O‘zbekiston prezidenti Qozondan Moskvaga yetib bordi. Aeroportda tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti va hukumat rahbari bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti norvegiyalik yozuvchi, shoir va dramaturg Yun Fossega “aytib bo‘lmaydiganlarni so‘zlatadigan novatorlik pesalari va prozasi uchun” berildi.
O‘zbekiston prezidenti Qozon shahrida Tatariston rahbari Rustam Minnixanov bilan uchrashdi. Hamkorlik masalalari va ikki davlat hududlari forumi yakunlari muhokama qilindi. O‘zbekistonda Rossiyaning “Alabuga” va “Master” texnoparklari bilan sanoat parklarini tashkil etish ham kelishuvlar ro‘yxatidan o‘rin oldi.
Ukrainaning Xarkov viloyati Kupyanskiy tumanidagi do‘kon va kafega raketa zarbasi berilishi natijasida 50 ga yaqin odam, jumladan, bir bola halok bo‘ldi, yana yetti kishi jarohatlangan.
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida to‘y kortejining ikki ishtirokchisi 10 sutkaga hibsga olindi. Mashinalarni boshqarayotgan yoshlar to‘y marosimiga ketayotgan yo‘lda rulni qo‘yib yuborib, salondan to‘liq chiqib olishgan.
Xitoyda davom etayotgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar yana 3 ta oltin va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Boks bo‘yicha terma jamoa a’zolari Xasanboy Do‘smatov, Abdumalik Xalokov va Bahodir Jalolov oltin medalga sazovor bo‘ldi.
1-noyabrdan o‘zbekistonliklar oyiga 1000 kVtdan ko‘p elektr energiyasi sarflagani uchun tarifdan 2−4 baravargacha qimmatroq to‘lov qiladi. Bu tartib hukumatning yopiq qarori bilan tasdiqlandi. Energetika vazirligi esa o‘suvchan koeffitsiyent “aholining 98 foiziga umuman ta’sir qilmasligini” aytmoqda.
Britaniya hukumati “chekmaydigan avlod”ni yaratish maqsadida Angliyada 2008-yildan keyin tug‘ilganlarga tamaki mahsulotlarini sotishni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Bu 2040-yilga borib yoshlar orasida chekishni deyarli tamomila to‘xtatish imkonini beradi, — deyiladi xabarda.
Aprelda Captiva qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, Cobalt bilan to‘qnashib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘lgandi. YTHga aybdor shaxs sudda boshqaruv vaqtida hushini yo‘qotganini aytdi. Unga 3 yil muddatga transport boshqarish huquqidan mahrum qilish va 5 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
O‘zbekistonda oxirgi 10 yilda eng ko‘p sel-suv toshqin hodisalari 2022-yilda (171 ta) kuzatildi. “Eng achinarli holat — bundan insonlarning halok bo‘lishi qayd etilmoqda”, — dedi O‘zgidromet agentligi boshqarmasi boshlig‘i Qahramon Zahidov.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi barcha kasb-hunar ta’limi muassasalarini yaxlit tizim sifatida muvofiqlashtiradi, deya ta’kidlandi prezidentga qilingan taqdimotda. Kelgusi o‘quv yilidan boshlab ayrim texnikumlarda xalqaro dastur asosida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Green Card dasturi uchun onlayn anketani qanday to‘ldirish mumkin? Fotosuratlar bo‘yicha qanaqa talablar mavjud? Natijalarni-chi, qayerda va qanday tekshirsa bo‘ladi? “Gazeta.uz” mustaqil ravishda bepul ariza topshirish va uning natijasini tekshirish bo‘yicha qadam-baqadam qo‘llanmani taqdim etadi.
Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan forumda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida Toshkent viloyatida Wildberries logistika xabini qurish, Rossiyadan metro vagonlarini yetkazib berish, suv ta’minoti bo‘yicha tajriba almashish, shuningdek, Ozon marketpleysi bilan elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha hujjatlar imzolandi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga rasmiy tashrifining birinchi manzili — Qozon shahriga keldi. Bu uning Tataristonga ilk tashrifi hisoblanadi.
“Darakchi plyus” gazetasi jurnalisti Suriya Magdeyeva kasallikdan so‘ng 43 yoshida vafot etdi.
Kelayotgan qish mavsumida yanvar oyida kuzatilganidek anomal hodisalar bo‘lishi kutilgani yo‘q, deya ma’lum qildi Gidrometeorologik ta’minot boshqarmasi boshlig‘i Azimjon Narzullayev. — Biroq harorat −7…−12 darajagacha, shimolda −17…−22 darajagacha tushishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting