Arxiv

Talabaning onasini haqorat qilgan O‘zMU prorektori ishdan vaqtincha chetlatildi
5 oktabr 2023, 10:20

Talabaning onasini haqorat qilgan O‘zMU prorektori ishdan vaqtincha chetlatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Milliy universiteti prorektori talabaning onasini haqorat qilayotgani aks etgan video paydo bo‘ldi. Universitet xabar qilishicha, surishtiruv ishlari boshlangan va u lavozimidan vaqtincha chetlashtirilgan.

Jahongir Aminov O‘zbekistonning Isroildagi yangi elchisi bo‘ldi
5 oktabr 2023, 10:17

Jahongir Aminov O‘zbekistonning Isroildagi yangi elchisi bo‘ldi

Jahongir Aminov O‘zbekistonning Isroildagi yangi elchisi bo‘ldi. U bu lavozimda 2020-yildan buyon ishlab kelgan Feruza Mahmudovaning o‘rnini egalladi.

Odam savdosida gumonlangan ayol Ummondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
5 oktabr 2023, 09:45

Odam savdosida gumonlangan ayol Ummondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Qizlarni BAA va Ummonda fohishalik qilishga majburlashda gumonlangan ayol O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Uni qo‘lga olish Toshkent va Maskat Interpol Milliy markazi byurolari hamkorligida amalga oshirildi.

Ustyurtda yangi quduqdan kuniga 1 mln kubometr miqdorida gaz olish boshlandi
4 oktabr 2023, 22:13

Ustyurtda yangi quduqdan kuniga 1 mln kubometr miqdorida gaz olish boshlandi

Ustyurtda “Quyi Sharqiy Berdaq” konidagi yangi 5-izlov-qidiruv qudug‘idan kuniga 1 mln kub metr gaz olinmoqda. “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi mazkur hududda yil oxiriga qadar yana 36 ta yangi gaz qudug‘ini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

4-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
4 oktabr 2023, 22:00

4-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning kutilayotgan Rossiyaga rasmiy tashrifi, Samarqandda to‘rt kishi bir qizni zo‘rlagani voqeasi, elektr energiyasini hisoblash bo‘yicha yangi billing tizimi, poyezd chiptalari narxi oshishiga faollarning munosabati, 9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Qirg‘izistonda taniqli “qonundagi o‘g‘ri” Kamchi Kolbayev maxsus operatsiya vaqtida o‘ldirildi
4 oktabr 2023, 21:48

Qirg‘izistonda taniqli “qonundagi o‘g‘ri” Kamchi Kolbayev maxsus operatsiya vaqtida o‘ldirildi

Qirg‘izistonlik mashhur “qonundagi o‘g‘ri” Kamchi Kolbayev Bishkek markazida o‘tkazilgan maxsus operatsiya chog‘ida o‘ldirildi. AQSh Kolbayevni “Qirg‘izistondagi eng nufuzli jinoiy guruh rahbari” deb atagan va uni dunyodagi eng yirik giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchilar ro‘yxatiga kiritgan.

O‘zbekiston futbolchilari Osiyo o‘yinlari yarim finalida Janubiy Koreyaga mag‘lub bo‘ldi
4 oktabr 2023, 19:47

O‘zbekiston futbolchilari Osiyo o‘yinlari yarim finalida Janubiy Koreyaga mag‘lub bo‘ldi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo o‘yinlari yarim finalida Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Milliy terma jamoa bronza medali uchun Gonkongga qarshi bahs olib boradi.

O‘zbekiston terma jamoasi Xitoydagi Osiyo o‘yinlarida yana 3 ta medalni qo‘lga kiritdi
4 oktabr 2023, 19:36

O‘zbekiston terma jamoasi Xitoydagi Osiyo o‘yinlarida yana 3 ta medalni qo‘lga kiritdi

Xitoyda davom etayotgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar yana 2 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Germaniya olti davlat, jumladan, O‘zbekiston bilan noqonuniy migrantlarni qaytarish bo‘yicha kelishuv tayyorlamoqda
4 oktabr 2023, 19:25

Germaniya olti davlat, jumladan, O‘zbekiston bilan noqonuniy migrantlarni qaytarish bo‘yicha kelishuv tayyorlamoqda

Germaniya olti davlat, jumladan, O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi. Bu, jumladan, noqonuniy migrantlarning o‘z vatanlariga tezroq qaytishlariga imkon beradi.

Toshkent viloyatida taksichi o‘ldirilib, mashinasi yoqib yuborildi
4 oktabr 2023, 18:39

Toshkent viloyatida taksichi o‘ldirilib, mashinasi yoqib yuborildi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida taksi haydovchisi bo‘lib ishlagan 24 yoshli yigit o‘ldirilgan, mashinasi esa yoqib yuborilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lda yonayotgan mashina videosi paydo bo‘ldi.

Chirchiqdagi qiyshaygan ko‘p qavatli uy bo‘yicha rasmiy izoh berildi
4 oktabr 2023, 17:34

Chirchiqdagi qiyshaygan ko‘p qavatli uy bo‘yicha rasmiy izoh berildi

Chirchiq shahridagi ko‘p qavatli uy og‘ishiga bino poydevoriga kirgan yomg‘ir suvlari oqibatida vertikal seysmik choklarning loyihaviy holatidan ko‘chishi sabab bo‘lgani ma’lum qilindi. Qurilish vazirligi bino holati o‘rganilib, pudratchiga “zudlik bilan chora ko‘rish” talabi qo‘yilganini qayd etdi.

Bosh prokuraturadan Samarqandda to‘rt kishi bir qizni zo‘rlagan voqeani nazoratga olish so‘ralmoqda
4 oktabr 2023, 17:20

Bosh prokuraturadan Samarqandda to‘rt kishi bir qizni zo‘rlagan voqeani nazoratga olish so‘ralmoqda

Nemolchi.uz loyihasi Samarqandning Kattaqo‘rg‘on tumanida bir qiz 4 nafar qo‘shnisi tomonidan zo‘rlanganini ma’lum qildi. Qizning qarindoshlari aytishicha, ekspertiza tuman IIB xodimining harakatsizligi sababli voqeadan 3 kun o‘tib o‘tkazilgan, jinoyat ishi esa faqat bitta gumonlanuvchiga nisbatan qo‘zg‘atilgan.

Qozon shahrida O‘zbekiston va Rossiya mintaqalararo hamkorlikning uchinchi forumi bo‘lib o‘tadi
4 oktabr 2023, 16:50

Qozon shahrida O‘zbekiston va Rossiya mintaqalararo hamkorlikning uchinchi forumi bo‘lib o‘tadi

4-oktabr kuni Tatariston poytaxti Qozon shahrida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlikning uchinchi forumi bo‘lib o‘tadi.

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti kvant nuqtalarini kashf etgan olimlarga berildi
4 oktabr 2023, 16:41

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti kvant nuqtalarini kashf etgan olimlarga berildi

2023-yilgi kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti kvant nuqtalarini kashf etgan va sintez qilgan olimlar — Mungi Bavendi, Lui Bryus va Aleksey Ekimovga berildi.

O‘zbekistonda elektr energiyasini hisoblash bo‘yicha yangi billing tizimi 2024-yil oxirigacha joriy etiladi
4 oktabr 2023, 16:03

O‘zbekistonda elektr energiyasini hisoblash bo‘yicha yangi billing tizimi 2024-yil oxirigacha joriy etiladi

O‘zbekiston prezidenti 2024-yil oxirigacha “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonalarida aholiga yetkazib beriladigan elektr energiyasini hisobga olishning yangi billing tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi.

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Rossiyaga boradi
4 oktabr 2023, 15:33

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Rossiyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning taklifiga binoan 5−7-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi. Shuningdek, u Tataristonga ham tashrif buyuradi.

“Faqat ish haqi 100 foizga oshmaydi, xolos”. Faollar — poyezd chiptalari narxi oshishi haqida
4 oktabr 2023, 15:24

“Faqat ish haqi 100 foizga oshmaydi, xolos”. Faollar — poyezd chiptalari narxi oshishi haqida

O‘zbekistonda 20-oktabrdan mahalliy poyezd chiptalari narxlarining tarif qismi 50 foizga, “Afrosiyob” chiptasi narxi 100 foizga oshadi. Tarmoqlar foydalanuvchilari esa “bir faqat oylik 100 foizga oshmasligini” kinoya qilib, narsh oshsa ham “chipta bemalolroq bo‘lib qolsa go‘rga edi”, demoqda.

Sentabrda 111,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
4 oktabr 2023, 15:22

Sentabrda 111,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

O‘zbekistonda sentabr oyi davomida 111 mlrd 428 mln so‘mlik elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bunday holatlarning eng ko‘pi Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
4 oktabr 2023, 14:47

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

6−7-oktabr kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

Uzbekistan Airways senatorning aviakassalardagi byurokratiya haqidagi tanqidiga javob qaytardi
4 oktabr 2023, 14:28

Uzbekistan Airways senatorning aviakassalardagi byurokratiya haqidagi tanqidiga javob qaytardi

O‘tgan hafta Senatda Uzbekistan Airways kassalarida chipta sotib olishda pasportning asl nusxasi talab qilinishini tanqid qilindi. Kompaniyaning qayd etishicha, bunday talab yo‘q, biroq xorijga chiptalar sotilayotganda yo‘lovchi va aviakompaniyaga jarima sanksiyalari qo‘llanmasligi uchun vizali pasport so‘raladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting