Arxiv

Dam olish kunlari kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib qoladi
15 sentabr 2023, 11:25

Dam olish kunlari kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib qoladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari kuz uchun xos bo‘lgan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Kechasi va ertalab kuzgi salqinlik sezilib, harorat +13…+18 daraja, kunduzi esa +25…+30 daraja bo‘ladi.

Uzcard`ning boshqaruv paketini IMC-Capital qo‘lga kiritdi
15 sentabr 2023, 11:13

Uzcard`ning boshqaruv paketini IMC-Capital qo‘lga kiritdi

Yagona umumrespublika protsessing markazining (Uzcard) uch nafar ta’sischisiga tegishli 75% aksiyasi IMC-Capital kompaniyasiga o‘tdi.

O‘zbekistonda Germaniya haftaliklari o‘tkazilmoqda
15 sentabr 2023, 11:05

O‘zbekistonda Germaniya haftaliklari o‘tkazilmoqda

O‘zbekistonda Germaniya haftaliklari bo‘lib o‘tmoqda. Unda Germaniyada o‘qishga oid ko‘rgazmalar, ochiq eshiklar kuni va taqdimotlar rejalashtirilgan.

Angrenda ovqatdan zaharlangan 24 nafar bog‘cha bolasi shifoxonaga yotqizildi
15 sentabr 2023, 10:34

Angrenda ovqatdan zaharlangan 24 nafar bog‘cha bolasi shifoxonaga yotqizildi

Angren shahridagi 10-sonli bog‘chadan 24 nafar bola ovqatdan zaharlanish bilan shifoxonaga yotqizildi, yana 7 nafariga tibbiy yordam berilib, uyiga jo‘natildi. Avvalroq 14 nafar bola shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingandi. Bog‘cha vaqtincha yopildi. Shifokorlar 240 nafar bolani ko‘rikdan o‘tkazdi.

Mamanbiy Omarov transport vaziriga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi
15 sentabr 2023, 10:16

Mamanbiy Omarov transport vaziriga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi

2022-yil oxiridan beri Qoraqalpog‘iston transport vaziri sifatida ishlab kelayotgan Mamanbiy Omarov O‘zbekiston transport vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

O‘zbekistonliklar 2-oktabrda ham dam oladi
15 sentabr 2023, 10:05

O‘zbekistonliklar 2-oktabrda ham dam oladi

2023-yil 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi tufayli o‘zbekistonliklar 2-oktabr, dushanba kuni ham dam oladi. Bu yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida belgilab qo‘yilgan.

Kollej va akademik litseylarning C1 sertifikatiga ega o‘qituvchilariga 50 foiz ustama to‘lanadi
15 sentabr 2023, 09:46

Kollej va akademik litseylarning C1 sertifikatiga ega o‘qituvchilariga 50 foiz ustama to‘lanadi

O‘zbekistondagi kasb-hunar maktabi, kollej, texnikum va akademik litseylarning C1 sertifikatiga ega o‘qituvchilariga 50 foiz ustama beriladi.

Ermak yangi mahsulot segmenti — sarxil mevalardan sharbatlarini taqdim etdi
15 sentabr 2023, 09:00

Ermak yangi mahsulot segmenti — sarxil mevalardan sharbatlarini taqdim etdi

Ko‘pchilikka sevimli bo‘lgan Ermak brendi yangi mahsulot segmenti — mevalarning barcha foydali xususiyatlarini o‘zida saqlab qolgan tabiiy sharbatlarni taqdim etdi.

WhatsApp kanallarni ishga tushirdi
14 sentabr 2023, 22:59

WhatsApp kanallarni ishga tushirdi

WhatsApp messenjerda kanallar funksiyasi ishga tushirilganini e’lon qildi — ular Telegram kanallari tamoyili asosida ishlab chiqilgan. Funksiya hozirda 150 ta davlatda mavjud, biroq kompaniya yaqin oylarda barcha foydalanuvchilar kanal yaratish imkoniyatiga ega bo‘lishini va’da qilmoqda.

Prezident “svetoforsiz estakadalar” qurish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi
14 sentabr 2023, 22:26

Prezident “svetoforsiz estakadalar” qurish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi

O‘zbekiston prezidenti yo‘l-transport hodisalari sonini kamaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda ularga tez-tez tirbandlik va avariyalar kuzatiladigan yo‘llarda “svetoforsiz estakadalar” qurishni o‘z ichiga olgan uch yillik dasturni kiritish bo‘yicha topshiriq berdi.

14-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
14 sentabr 2023, 22:00

14-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonning muzokaralari, Jizzax va Qashqadaryoda aniqlangan salkam 15,5 kg narkotik modda, Toshkentda 39 kishiga sotilgan 9 ta xonadon mojarosi, uy-joy bozoridagi sotuvlar sharhi, qayta tiklanishi kutilayotgan Chevrolet Captiva sotuvi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Angrendagi uchta bolalar bog‘chasida 18 nafar tarbiyalanuvchi diareya bilan shifoxonaga yotqizildi
14 sentabr 2023, 21:20

Angrendagi uchta bolalar bog‘chasida 18 nafar tarbiyalanuvchi diareya bilan shifoxonaga yotqizildi

Toshkent viloyatining Angren shahrida uchta bolalar bog‘chasining 18 nafar tarbiyalanuvchisi ich buzilishi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vaziyatni nazoratga oldi.

Bosh vazirning amaldorlarga yo dinni, yoki davlat ishini tanlashi talabini qo‘ygani rad etildi
14 sentabr 2023, 20:49

Bosh vazirning amaldorlarga yo dinni, yoki davlat ishini tanlashi talabini qo‘ygani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston bosh vazirining amaldorlarga yo dinni, yoki davlat ishini tanlash talabini qo‘ygani haqidagi xabarlar tarqaldi. Hukumat rahbari matbuot xizmati ushbu xabarlarni rad etib, tarmoq foydalanuvchilaridan bunday xabarlarga ishonmaslikni so‘radi.

“Markaziy Osiyo transport xabi vazifasini yana zimmasiga olmoqda” — Shavkat Mirziyoyev
14 sentabr 2023, 20:00

“Markaziy Osiyo transport xabi vazifasini yana zimmasiga olmoqda” — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammitida imkon qadar tezroq mintaqada to‘laqonli erkin savdo zonasini tashkil etish, transport va tranzit bo‘yicha kelishuvni ishlab chiqish, energetika infratuzilmasini birgalikda barpo etish va xavfsizlik bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazishni taklif qildi.

Yevroparlament Lukashenkoni Rossiyaning Ukrainadagi jinoyatlariga sherik deb tan oldi
14 sentabr 2023, 17:58

Yevroparlament Lukashenkoni Rossiyaning Ukrainadagi jinoyatlariga sherik deb tan oldi

Yevroparlament Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni Ukrainadagi jinoyatlari, xususan, ukrainalik bolalarni deportatsiya qilishda Rossiyaning sherigi deb tan oldi va Gaagadagi sudni uni hibsga olishga order berishga chaqirdi. Shunga o‘xshash hujjat avval Rossiya prezidentining hibsga olinishi uchun chiqarilgandi.

Toshkentda haydovchi 5 yilga qamaldi, u mashinasida urib yuborgan 12 yoshli qiz vafot etgandi
14 sentabr 2023, 17:41 1

Toshkentda haydovchi 5 yilga qamaldi, u mashinasida urib yuborgan 12 yoshli qiz vafot etgandi

Toshkentda haydovchi Matiz mashinasida 12 yoshli o‘quvchi qizni urib yuborgandi. Qiz og‘ir jarohat olib, vafot etgan. Sud erkakni 3 yilga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etib, 5 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qildi.

O‘zbekistonda uy-joy bozoridagi sotuvlar 2021-yildan buyon rekord darajaga yetdi
14 sentabr 2023, 17:15

O‘zbekistonda uy-joy bozoridagi sotuvlar 2021-yildan buyon rekord darajaga yetdi

Avgust oyida O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida 28 mingta uy-joy oldi-sotdisi shartnomasi ro‘yxatga olingan. Bu 2021-yildan beri rekord ko‘rsatkichdir. Oy davomida bitimlar soni 12,8 foizga, Toshkent shahrida 10 foizga oshgan. Aksariyat hududlardagi ikkilamchi bozorda narxlar tushdi.

O‘zbekistonda Chevrolet Captiva sotuvi qayta tiklanishi mumkin
14 sentabr 2023, 17:08

O‘zbekistonda Chevrolet Captiva sotuvi qayta tiklanishi mumkin

UzAuto Motors O‘zbekistonda Chevrolet Captiva 5 avtomobillari savdosini qayta boshlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Avtomobil savdosi 2021-yil noyabr oyida to‘xtatilgandi.

Tojikistonda Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon muzokara o‘tkazdi. Foto
14 sentabr 2023, 16:39

Tojikistonda Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon muzokara o‘tkazdi. Foto

Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda tojikistonlik hamkasbi Emomali Rahmon bilan uchrashib, ittifoqchilik masalalarini muhokama qildi. Qolaversa, ular Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammitiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Banklar uchun avtokreditlar bo‘yicha talablar kuchaytirilmoqda
14 sentabr 2023, 16:15

Banklar uchun avtokreditlar bo‘yicha talablar kuchaytirilmoqda

Markaziy bank riskli kreditlar miqdori o‘sib borayotgani sababli banklarga avtokreditlar bo‘yicha qo‘yiladigan talablarni kuchaytirmoqda. Endilikda avtokreditlarning banklar kredit portfelidagi ulushi 25 foizdan oshmasligi talab etiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting