O‘zbekiston aholisining inflyatsiya bo‘yicha kutilmalari 6 oylik pasayishidan so‘ng avgustda keskin oshdi. Aholi va tadbirkorlarning xavfsirashida valyuta kursining o‘sishi omili kuchaydi. So‘rovnomada qatnashganlar orasida narxlar 9−12 foizdan ko‘proq oshishini kutayotganlar soni ko‘paydi.
Butunjahon sport o‘yinlarida qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi jami 8 ta medal (7 ta oltin, 1 ta kumush) bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Toshkent viloyatida olib borilgan qurilish-ta’mirlash ishlarida 15,8 mlrd so‘mlik sifatsiz ishlar hamda 6,3 mlrd so‘mlik qo‘shib yozish holatlari aniqlandi. Jiddiy qonun buzilishi holatlari bo‘yicha 63 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Amur viloyatidagi “Vostochniy” kosmodromida Kim Chen In bilan uchrashdi. Shimoliy Koreya yetakchisi Putin va Rossiya rasmiylarining qarorlarini doimo qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Bosh prokuratura Samarqand va Toshkent viloyatlarida mahalliy fuqarolar 2 ta tarixiy yodgorlikka 288 mln so‘m zarar yetkazganini aniqladi. Holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mirzo Ulug‘bek tumanida qurilish kompaniyasi 10 tup daraxtning qurib qolishiga sababchi bo‘ldi. Avvalroq ekologiya boshqarmasi maydondagi 30 tup daraxtni xatlovdan o‘tkazib, ularga zarar yetkazmaslik haqida ogohlantirgandi. Tabiatga 248 mln so‘m zarar yetgan.
Shavkat Mirziyoyev 14−15-sentabr kunlari Markaziy Osiyo besh mamlakati rahbarlarining maslahat uchrashuvi hamda besh yil deganda o‘tkazilayotgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammitida ishtirok etish uchun Tojikistonga boradi.
O‘zbekiston prezidenti kelgusi haftada AQShga boradi. Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nuqt so‘zlaydi, qolaversa, AQSh tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “C5+1” formatidagi AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvida qatnashadi.
Rossiya davlat dumasi deputati Yevgeniy Fyodorov Rossiya Sobiq Ittifoq davlatlari bilan urishishga majbur bo‘lishi, ular SSSRdan noqonuniy ajralib chiqqani haqida fikr bildirdi. O‘zbekistonlik deputatlar buni “nosog‘lom fikr” deya atab, bu so‘zlarga jiddiy munosabat bildirish shart emasligini ta’kidladi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov “Gazeta.uz” nashriga javoban, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni tashkil etish bandi kiritilmagan bo‘lsada, “topshiriq hech qayerga yo‘qolmagani”ni aytdi. Bu borada chora-tadbirlar va mexanizmlar belgilab berilgan, dedi u.
Apple kompaniyasi yangi qurilmalari taqdimotini o‘tkazdi. Unda iPhone 15 va yangi Apple Watch`lar namoyish etildi. Kompaniyaning yangi smartfonlarida Lightning o‘rniga USB-C porti bo‘ladi. iPhone 15 Pro esa titan korpus bilan chiqariladi. Yangi qurilmalar haqida batafsil ma’lumot.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Eronni mag‘lub etib, 2024-yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan 23 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Osiyo kubogining final bosqichiga chiqdi (video, foto).
AQShdan O‘zbekistonga 25 nafar ingliz tili o‘qituvchisi keldi. Ular mamlakatning 11 ta hududidagi maktab va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ish olib boradi hamda 10 oylik o‘qitish va malaka oshirish dasturlarini o‘tkazadi.
Yanvar-avgust oylarida 28 ming 207 nafar O‘zbekiston fuqarosi xorijiy davlatlarga manzilli va tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirildi. Bu davrda mehnat migrantlarining to‘lanmay kelinayotgan 676,3 ming dollarlik ish haqi va pulli kompensatsiyalari undirib berildi.
O‘zbekistondagi avtomobil bozorida sotuvlar avgust oyida iyulga nisbatan 2,3 foizga o‘sdi. Elektromobillar savdosidagi o‘sish esa 38 foizga yetdi.
Jo‘rabek Mirzamahmudov ba’zi gaz quyish shoxobchalari uchun imtiyozli narxlar borligi haqidagi savolga javob berdi. Davlat yetkazib beruvchilari barcha “zapravka”larga gazni yagona narxda sotadi, dedi energetika vaziri.
Yaponiyaning 2 mln dollarlik moliyaviy ko‘magida BMTTD Orolbo‘yida iqlimga chidamli qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihasini ishga tushirdi. Yaponiya, shuningdek, innovatsion texnologiyalardan foydalanish va qishloq joylaridagi aholi barqarorligini oshirishda ko‘maklashadi.
Prezident yo‘l qurilishi sohasidagi me’yorlar eskirgani, yo‘llar sifatsizligini tanqid qilib, sohani raqamlashtirish va xususiy sektorni jalb qilish vazifasini qo‘ydi. Endi ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash uchun budjet mablag‘lari faqat “Mening yo‘lim” dasturi orqali ajratiladi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Meksika bilan 3:3 hisobida durrang o‘ynadi. O‘yinning so‘nggi 10 daqiqasida 3 ta gol urildi.
“Andijon” aeroportining yangi aerodrom majmuasi uchun uzunligi 3400 m, eni 60 m bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi quriladi, shuningdek, tungi vaqtda va og‘ir ob-havo sharoitida barcha turdagi havo kemalarini qabul qilish va jo‘natish imkonini beruvchi yoritish moslamalari bilan jihozlanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting