Arxiv

Prezident sanoat korxonalarini elektrdan ogohlantirishsiz uzmaslik bo‘yicha topshiriq berdi
9 sentabr 2023, 10:07

Prezident sanoat korxonalarini elektrdan ogohlantirishsiz uzmaslik bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident Energetika vazirligiga sanoat korxonalarini ogohlantirmasdan elektrdan uzib qo‘yish amaliyotiga “qat’iy chek qo‘yish” bo‘yicha topshiriq berdi. Bosh vazir boshchiligidagi komissiya qo‘shimcha ishlab chiqarish hajmlarini hisobga olgan holda har oyda hududlar bo‘yicha energiya balansini ishlab chiqishi kerak.

Nima tayyorlaymiz: Kotletlar
9 sentabr 2023, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Kotletlar

Kiyevcha yoki g‘ijduvoncha qiymadan qilingan kotletlar, pomidor va pishloqli hamda baliqli kotlet, ismaloq solib pishirilgan tovuqli yoki kartoshka kotleti — Zira.uz turli mahsulotlar solib pishiriladigan kotletlarni tayyorlab ko‘rishni taklif qiladi. Retseptlar.

Gonkongda so‘nggi 140 yildagi eng kuchli yog‘ingarchilik ro‘y berdi, 130 dan ortiq kishi jabrlandi
8 sentabr 2023, 23:41

Gonkongda so‘nggi 140 yildagi eng kuchli yog‘ingarchilik ro‘y berdi, 130 dan ortiq kishi jabrlandi

Gonkongda so‘nggi 140 yil ichidagi eng kuchli yog‘ingarchilik kuzatildi. Shahar ko‘chalari, vokzal va savdo markazlari suv ostida qoldi. Suv toshqinlari oqibatida 130 dan ortiq kishi jarohatlandi, kamida ikki kishi halok bo‘lgan.

8-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
8 sentabr 2023, 22:00

8-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Xorazmda zaharlab o‘ldirilgan 13 ta it, “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha ushlangan Samarqand Sog‘liqni saqlash boshqarmasi sobiq boshlig‘i, Toshkentda elektrobus “avariyasi” sabab jarohatlangan 6 kishi, FAOning qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tashabbusiga qo‘shiladigan O‘zbekiston va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

Ravnaq-bank o‘z nomini Octobank deb o‘zgartirmoqda
8 sentabr 2023, 21:54

Ravnaq-bank o‘z nomini Octobank deb o‘zgartirmoqda

Ravnaq-bank xususiy banki mulkdori o‘zgargach, o‘z nomini Octobank deb o‘zgartirishga qaror qildi.

Issiqlik to‘lqinlari havo sifatini yomonlashtirib, atrof-muhitni ifloslantirmoqda — JMT
8 sentabr 2023, 21:28

Issiqlik to‘lqinlari havo sifatini yomonlashtirib, atrof-muhitni ifloslantirmoqda — JMT

Iqlim o‘zgarishi keltirib chiqargan issiqlik to‘lqinlari havo sifati, inson salomatligi va ekotizimlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Qanday qilib issiqlik ozon ifloslanishini oshiradi va shahar issiqlik orollari nimasi bilan xavfli — Jahon meteorologiya tashkiloti hisobotida.

Lenovo Markaziy Osiyodagi faoliyatini kengaytirmoqda
8 sentabr 2023, 19:00

Lenovo Markaziy Osiyodagi faoliyatini kengaytirmoqda

Lenovo kompaniyasi O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘istonda ehtiyot qismlar omborlari tarmog‘i ochilganini e’lon qildi.

Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etiladi
8 sentabr 2023, 15:48

Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etiladi

Prezident qarori bilan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallari tashkil etiladi. Ularda irsiy kasalliklari bor bolalar maxsus dori vositalari va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.

O‘zbekistonda samolyotlar importini soddalashtirish rejalashtirilmoqda
8 sentabr 2023, 15:39

O‘zbekistonda samolyotlar importini soddalashtirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda xususiy aviakompaniyalarni rivojlantirish uchun ishlab chiqarilgan kundan boshlab 25 yildan ortiq vaqt o‘tmagan lizingga olingan havo kemalarini olib kirishda davriy bojxona to‘lovlaridan ozod qilish rejalashtirilmoqda.

RSHTYOIM Namangan filiali direktori yurak kasalligidan vafot etdi
8 sentabr 2023, 15:06

RSHTYOIM Namangan filiali direktori yurak kasalligidan vafot etdi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali direktori Xamidullo Ustabayev 50 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.

Qobul Berdiyev FVV akademiyasi rahbari lavozimini tark etdi
8 sentabr 2023, 14:42

Qobul Berdiyev FVV akademiyasi rahbari lavozimini tark etdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi rahbari Qobul Berdiyev egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu lavozimni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Ravshan Xaydarov egalladi.

“Zarafshon” milliy bog‘ida noqonuniy ravishda dam olish maskani qurilgani aniqlandi
8 sentabr 2023, 14:20

“Zarafshon” milliy bog‘ida noqonuniy ravishda dam olish maskani qurilgani aniqlandi

Bosh prokuratura “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i hududidagi 39,8 gektar yerning noqonuniy ijaraga berilganini aniqladi. Ushbu hududda ijarachilar 8015 metr kvadrat maydonda butalar va o‘simlik dunyosini nobud qilib, dam olish maskani qurgan.

Samarqand Sog‘liqni saqlash boshqarmasining sobiq boshlig‘i “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha hibsga olindi
8 sentabr 2023, 14:15

Samarqand Sog‘liqni saqlash boshqarmasining sobiq boshlig‘i “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha hibsga olindi

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha Toshkentda o‘tayotgan sud majlisida sudya Muso Yusupovning ma’lum qilishicha, Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining sobiq boshlig‘iga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va qo‘shimcha jinoyat ishi doirasida tergov qilinmoqda.

Banklarda dollar kursi 12 150−12 210 so‘m etib belgilandi
8 sentabr 2023, 12:37

Banklarda dollar kursi 12 150−12 210 so‘m etib belgilandi

Tijorat banklari 8-sentabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 12 075−12 130 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 12 150−12 210 so‘m.

Toshkentda elektrobus YTHga uchrashi oqibatida 6 kishi jarohatlandi
8 sentabr 2023, 12:15

Toshkentda elektrobus YTHga uchrashi oqibatida 6 kishi jarohatlandi

Bektemir tumanida 13-sonli elektrobus 2 yo‘nalishli yo‘lda ketayotganda harakatiga boshqa mashinalar xalaqit bergani ortidan beton ustunga urildi. 5 yo‘lovchi va haydovchi jarohat oldi. Yo‘lovchilar shifoxonaga yuborilgan. Elektrobusga texnik shikast yetdi.

Dam olish kunlari ko‘p hududlarda havo issiq bo‘ladi, ayrim joylardagina yomg‘ir yog‘adi
8 sentabr 2023, 11:37

Dam olish kunlari ko‘p hududlarda havo issiq bo‘ladi, ayrim joylardagina yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekistonning katta qismida shanba va yakshanba kunlari havo issiq bo‘ladi. Harorat 37 darajaga isishi mumkin. Ammo Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Navoiy hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

So‘nggi uch yilda kiberjinoyatchilik qariyb 25 barobar oshgan — bosh prokuror
8 sentabr 2023, 11:32

So‘nggi uch yilda kiberjinoyatchilik qariyb 25 barobar oshgan — bosh prokuror

O‘zbekistondagi 1,7 mingga yaqin mahallada kriminogen vaziyatni yaxshilash kerak, oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarning 45 foizdan ortig‘i bevosita mahallalarda sodir etilgan. Co‘nggi uch yilda kiberjinoyatchilik esa qariyb 25 barobar oshgan. Bu haqda bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevning murojaatida aytiladi.

Xorazmda 13 ta it xodimlar tomonidan zaharlab o‘ldirildi
8 sentabr 2023, 11:19

Xorazmda 13 ta it xodimlar tomonidan zaharlab o‘ldirildi

Hazorasp tumani obodonlashtirish bo‘limi xodimlari aholining egasiz itlar tufayli bolalari maktabga borolmayotgani bo‘yicha qilgan shikoyati sababli 13 ta egasiz va daydi itni zaharli xo‘rak yordamida o‘ldirdi.

2023-yil yozi kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yoz bo‘ldi
8 sentabr 2023, 10:37

2023-yil yozi kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yoz bo‘ldi

Ortda qolgan yoz kuzatuvlar tarixidagi eng issiq fasl, avgust esa eng issiq oy bo‘ldi. Olimlar Antarktidada dengiz sathining rekord darajada yuqori harorati va dengiz muzlari darajasining pasayishini kuzatdi. “Sayyora qaynoq mavsumni boshdan kechirdi. Iqlim inqirozi boshlandi”, — deydi BMT rahbari.

Toshkent shimoliy vokzaliga kirish soddalashtirildi
8 sentabr 2023, 10:19

Toshkent shimoliy vokzaliga kirish soddalashtirildi

Toshkent shimoliy vokzalida bir bosqichli nazorat punkti joriy etildi — hujjatlarni tekshirish va bagajni ko‘zdan kechirish endi bir joyda amalga oshiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting