Navoiy viloyati hokimi farmoyishi bilan G‘ozg‘on shahri, Qiziltepa va Xatirchi tumanlari hokimlariga hayfsan berildi, Karmana tumani hokimiga jarima jazosi qo‘llanildi.
Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida zilzila qayd etildi. Viloyatda yer silkinishi 2−3 ballni tashkil etdi.
Jizzax viloyatidagi “Zomin” sayyohlik-rekreatsion zonasida dor yo‘li ochildi. 133,3 mlrd so‘mlik loyiha Shveysariyaning Bartolet kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Zonada “Suffa platosi. 2400” xalqaro umummavsumiy kurorti va “O‘riklisoy” turizm majmuasi ham tashkil etilmoqda.
2023-yilning dastlabki 7 oyida O‘zbekistonga 3,7 mln nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda keldi. O‘tgan yilning ushbu davrida ko‘rsatkich 2,4 millionni tashkil etgandi.
Shavkat Mirziyoyev energetika, neft-gaz va bank sohalarida faoliyat olib borayotgan 8 nafar xorijiy investorni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi.
“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.
O‘zbekistonlik kanoechi Artur Guliyev Germaniyada baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston uchun JCHning ushbu oltini so‘nggi 13 yil ichida birinchisi bo‘ldi.
Tvister sendvichi, sendvich-toblatma, kruassanli yoki bulg‘or qalampiri ichidagi sendvich va boshqalar — Zira.uz mazali va foydali, qolaversa, tez tayyor bo‘ladigan sendvichlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Oltinsoy tumanida avtomobil yo‘lini kengaytirish maqsadida 67 tup daraxt noqonuniy kesildi. Avvalroq tuman hokimligi mas’uli ularni kesishga ruxsat so‘ragan, ammo ekologiya bo‘limi bunga ruxsat bermagan. Bu harakat orqali o‘simlik dunyosiga salkam 300 mln so‘m zarar yetdi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekiston va YUNESKO tomonidan sun’iy intellekt sohasida etikani targ‘ib qilish orqali ilmiy muloqotni rag‘batlantirish maqsadida Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etildi.
COVID-19 pandemiyasi boshida vafot etgan britaniyaliklarning oilalari hukumatni, shuningdek, bir qator qariyalar uylari va kasalxonalarni sudga berishdi. Ularning ta’kidlashicha, rasmiylar o‘z yaqinlarini virusdan himoya qilish uchun yetarlicha harakat qilmagan.
Qozog‘iston Fan va oliy ta’lim vazirligi kelgusi yildan mamlakat universitetlarida talabalarning sun’iy intellekt bo‘yicha asosiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlari uchun ushbu yo‘nalish bo‘yicha majburiy kurslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
AQSh Senatining Milliy xavfsizlik va hukumat ishlari qo‘mitasi raisi Geri Piters O‘zbekiston prezidenti, Senat raisi va TIV rahbari tomonidan qabul qilindi. Muzokaralarda iqtisodiy hamkorlik, mintaqaviy kun tartibi, parlamentlar o‘rtasidagi munosabatlar, inson huquqlari va boshqalar muhokama qilindi.
Prezident administratsiyasining yangi tarkibi, Turkmanistondan O‘zbekistonga 2mlrd kub metr gaz, prezident yordamchisi etib tayinlangan Saida Mirziyoyeva, keshbek haqidagi fikri ortidan ishdan olingan imom-xatib, Ukrainani bayram tabriklagan O‘zbekiston elchixonasi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
Germaniya hukumati mamlakat pasportini 5 yilda olishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Shuningdek, fuqarolik til bilish, volontyorlik ishlaridagi faollik va professional sifatlar kabi omillarga qarab 3 yilda ham berilishi mumkin. Boshqa fuqaroliklardan voz kechish talab etilmaydi.
Sentabrda o‘rtacha oylik havo harorati +18… +25 daraja bo‘lishi kutilmoqda. oktabrda +12 darajagacha, noyabrda esa +8 darajagacha tushadi, biroq kechalari sovuq bo‘ladi. sentabrda yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kamroq, qolgan oylarda esa me’yorga yaqin bo‘lishi kutilmoqda, ammo janubda kam bo‘lishi mumkin.
Google xaritada Toshkentdagi qator maktablarning nomi mashhur shaxslar va internet-memlar: Gosling, Pitt, Steytem, Lamar, Jostar, Navalniy, ulug‘bekozavr va boshqalar sharafiga qayta nomlandi. Ta’lim boshqarmasi bunga raddiya berishiga to‘g‘ri keldi.
KPMG xalqaro auditorlik kompaniyasi O‘zbekistondagi elektron tijorat bo‘yicha hisobotida bu bozor hajmi 2027-yilga borib 6−7 baravarga kengayishini va 1,8−2,2 mlrd dollarga yetishi mumkinligini prognoz qildi. Shuningdek, kompaniya bozor kengayishiga yordam beruvchi va to‘sqinlik qiluvchi omillarni sanab o‘tdi.
Toshkent shahrida ayrim yonilg‘i quyish shoxobchalari yopilgani sababli avtobuslar boshqa shoxobchalarga borishiga to‘g‘ri kelmoqda. Ular joylarda katta navbatlarni yuzaga keltirgan. Bu masalani hal etish uchun “Toshshahartransxizmat” “Hududgazta’minot” bilan poytaxt hokimligida tezkor ishchi guruh tuzdi.
Shavkat Mirziyoyev Prezident administratsiyasining yangilangan tarkibini tasdiqladi. Saida Mirziyoyeva prezident yordamchisi, sobiq energetika vaziri Alisher Sultanov energetika xavfsizligi bo‘yicha maslahatchi, Komil Allamjonov axborot siyosati departamenti boshlig‘i etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting