Pokiston va O‘zbekiston bojxona ma’lumotlari almashinuvini yo‘lga qo‘yadi. Yil oxirigacha mamlakatlarning yagona darcha tizimlari o‘rtasida shartnomalar tuzish rejalashtirilgan.
Prezident O‘zbekistonning Qatar bilan investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish hamda daromad soliqlari bo‘yicha imzolangan iqtisodiy bitimlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.
Qoraqalpog‘iston adliya vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Elmurod Tursunov ushbu vazirlikka rahbar bo‘ldi. Amangeldi Prenov esa unga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi.
2024-yilda O‘zbekiston maktablarida 250 mingta o‘quvchi o‘rni tashkil etish rejalashtirilmoqda. Investitsiya dasturida maktablar qurilishiga 3 trln so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan. Yaqinda maktablarda 1,2 mln o‘quvchi o‘rni yetishmayotgani aytilgandi.
2024-yildan sertifikatsiyadan o‘tgan direktorlar oyligini 50 foizga, ularning o‘rinbosarlari ish haqini esa 30 foizga oshirish reja qilinyapti, deya ma’lum qildi prezident. Og‘ir maktablar uchun davlat granti asosida maqsadli pedagoglarni tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
30−31-avgust kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sababli O‘zbekistonning 7 ta viloyatida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Azur Air aviakompaniyasining Pxuketdan Moskvaga uchayotgan samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi. Bunga yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘ldi. U shifoxonaga yotqizilganidan so‘ng samolyot Moskvaga jo‘nab ketdi.
O‘zbekistonda o‘qituvchilarga malaka toifasini berish ikki bosqichda — dastlab pedagogning bilimi, so‘ngra metodikasini tekshirish orqali amalga oshiriladi. Oliy ta’lim vazirligida pedagogik ta’limga mas’ul vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi.
Bishkek prokuraturasi “Kloop Media” jamoat fondini (Kloop.kg sayti) tugatish to‘g‘risida sudga da’vo kiritdi. Da’vo arizasida aytilishicha, nashrning aksariyat materiallari “sof salbiy xarakterga ega” va “hozirgi hukumatning amaldagi siyosatini keskin tanqid qilishga” qaratilgan.
Doniyor Tashxodjayev Toshkent IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga qaytdi. U bungacha Toshkent viloyati IIBda ishlagan, Farg‘ona viloyati IIBga rahbarlik qilgan, IIV rahbari o‘rinbosari va poytaxt IIBB boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan edi.
31-avgust kuni Toshkentdagi Respublika bolalar kutubxonasining restavratsiyadan chiqqan tarixiy binosi ochiladi, poytaxt aholisi va mehmonlari ochiq eshiklar kuniga taklif etildi. Kitob fondi 21 ming jild bilan to‘ldirildi, kutubxonada kovorking maydoni va raqamli kontent bilan ishlash studiyasi paydo bo‘ldi.
Prezident dushanba kungi videoselektorda 6 mln so‘mdan 10 mln so‘mgacha maosh oladigan o‘qituvchilar soni 23 mingga yetgani, 10 mln so‘mdan yuqori oylik olayotganlar soni esa ming nafardan oshganini ma’lum qildi. “Bu ham yaxshi, lekin bu juda kam”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston maktablarida yuqori sinfda o‘qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqarishini ma’lum qildi. 10−11 sinf o‘quvchilari uchun esa qaysi oliygohga kirishiga qarab, tegishli fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladi. Kasb-hunar ham maktabning o‘zida o‘rgatila boshlanadi.
“O‘zbekneftgaz” rahbari Bahodirjon Sidiqov, mamlakat rasmiy statistikasida aks ettirilganiga qaramay, gaz qazib olish kamaymayapti, deb hisoblaydi. Ishlab chiqarishning pasayishi haqida energetika vaziri gapirgan, “O‘zbekneftgaz” esa ishlab chiqarish prognozini pasaytirgandi.
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetika vazirlari kuz-qish mavsumida o‘zaro elektr yetkazib berish, uning soatlik hisobini yuritish mexanizmini joriy etish, rejadan tashqari oqimlarni hisoblash bo‘yicha shartnomalarning amaldagi shartlarini qayta ko‘rib chiqish va boshqalar bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Kobulga tashrifi davomida Afg‘onistonga sarmoya kiritishni ko‘paytirish, bu mamlakat hududi orqali tranzitga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish va yuklarni Pokistonga olib o‘tishda tranzit to‘lovlarini kamaytirish, bojxona xizmatlari faoliyatini uzluksiz rejimga o‘tkazishni muhokama qildi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev yuzlab yuk mashinalari to‘planib qolgan qirg‘iz-qozoq chegarasidagi “vaziyatni tartibga solish” bo‘yicha topshiriq berdi. Qirg‘iziston Iqtisodiyot vazirligi avvalroq Qozog‘istonni tovarlar harakati erkinligini cheklayotganlikda ayblagandi.
Mustaqillik bayrami munosabati bilan sentabr uchun pensiya va nafaqa to‘lovlari (naqdsiz shaklda) 29−31-avgust kunlari plastik kartalarga o‘tkazib beriladi. Pullar naqd shaklda oluvchilarga 4-sentabrdan yetkazib beriladi.
Statistika agentligi yanvar-iyul oylarida elektromobillar importi qariyb 6 barobarga oshganini ma’lum qildi. Mamlakatga bunday transport vositalari eng ko‘p Xitoy va Gonkongdan olib kelinyapti.
Prezident mudofaa vaziri Bahodir Qurbonovni I darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotladi. Shuningdek, bosh prokurorning 2 nafar o‘rinbosari, Oliy sud raisi o‘rinbosari, prokuratura, IIV va boshqa idoralar xodimlari ham taqdirlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting