Arxiv

Toshkent viloyatida erkak ikki fuqaroni pichoqlab, yoqib yubordi
25 mart 2023, 12:38

Toshkent viloyatida erkak ikki fuqaroni pichoqlab, yoqib yubordi

Yangiyo‘l tumanida erkak ijaraga berilgan yer maydonlari uchun haq talab qilgan ikki nafar firma xodimini pichoqlab o‘ldirib, yoqib yubordi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlandi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga auksionda yer sotib olish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi
25 mart 2023, 12:27

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga auksionda yer sotib olish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi

Hukumat qarori bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarga auksion orqali yer sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi tasdiqlandi. Xarid xarajatlariga qarab ular BHMning 100 baravarigacha miqdorda kompensatsiya olishi mumkin.

Bektosh Sayipov Qashqadaryo viloyati prokurori bo‘ldi
25 mart 2023, 11:55

Bektosh Sayipov Qashqadaryo viloyati prokurori bo‘ldi

Namangan viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Bektosh Sayipov Qashqadaryo viloyatiga prokuror etib tayinlandi.

Nima tayyorlaymiz: Ko‘katli yeguliklar
25 mart 2023, 10:44

Nima tayyorlaymiz: Ko‘katli yeguliklar

Ko‘k somsa, bichak, qatlamali xamirdan qilingan pishloq va ko‘katli o‘ramalar, qatlama, «Piramida» somsasi va boshqalar — Zira.uz bahoriy mavsum uchun oson tayyorlanadigan ko‘katli pishiriqlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Banklarda dollar kursi ko‘tarildi
25 mart 2023, 10:33

Banklarda dollar kursi ko‘tarildi

Tijorat banklari 25 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 280 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 425 — 11 470 so‘m.

Samarqandda fuqaroni $50 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan erkak ushlangani aytilmoqda
25 mart 2023, 09:57

Samarqandda fuqaroni $50 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan erkak ushlangani aytilmoqda

DXX va IIB Samarqandda fuqaroni $50 ming evaziga Toshkent-Yevropa Ittifoqi-Meksika yo‘nalishi orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan erkakni ushlagani aytilmoqda.

Diyora Keldiyorova Tbilisidagi «Katta dubulg‘a» turnirida oltin medalni qo‘lga kiritdi
25 mart 2023, 09:55

Diyora Keldiyorova Tbilisidagi «Katta dubulg‘a» turnirida oltin medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik dzyudochi Diyora Keldiyorova Tbilisida dzyudo bo‘yicha «Katta dubulg‘a» turnirida Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Distriya Krasnichini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston baxtli mamlakatlar reytingida 54-o‘rinni egalladi
25 mart 2023, 09:36

O‘zbekiston baxtli mamlakatlar reytingida 54-o‘rinni egalladi

2023 yil uchun baxtli mamlakatlar reytingida (World Happiness Report) O‘zbekiston 1 pog‘ona pastlab, 54-o‘rinni egalladi. Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlari orasida reytingda 44-o‘rinni qayd etgan Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda. Finlyandiya oltinchi yildirki dunyoning eng baxtli mamlakati bo‘lib turibdi.

24 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
24 mart 2023, 22:00

24 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Ro‘zaga oid savol-javoblar, 3 kunlik magnit bo‘roni, «O‘zavtosanoat»ga rahbarlikka qaytgan Ulug‘bek Rozuqulov, O‘zbekistonda gaz qazib olish ikkinchi oy ketma-ket pasaygani, Qoraqalpog‘istonda qulab tushgan yangi qurilayotgan ko‘prik, 2023 yil uchun fidya miqdori va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Saida Mirziyoyeva BMTda «Orol madaniyati sammiti» loyihasini taqdim etdi
24 mart 2023, 20:32

Saida Mirziyoyeva BMTda «Orol madaniyati sammiti» loyihasini taqdim etdi

Prezident Administratsiyasi sho‘’ba mudiri Saida Mirziyoyeva BMTning suv resurslari bo‘yicha konferensiyasida so‘zga chiqib, «Orol madaniyati sammiti» loyihasini taqdim etdi. «San’at, dizayn va madaniyat Orolbo‘yidagi muammolardan xabardorlikni oshirishda hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin», — dedi u.

Toshkent aholisi — zilzilalar haqida
24 mart 2023, 20:30

Toshkent aholisi — zilzilalar haqida

O‘zbekistonda 21 mart kuni 5−6 balli va 23 martga o‘tar kechasi 4−5 balli yer silkinishlari sezildi. Hattoki ko‘p qavatli uylar aholisi aftershokdan havotirlanib, bir necha soat ko‘chada qolishdi. «Gazeta.uz» zilzila vaqtida poytaxt aholisi nimalarni his qilgani va qanday yo‘l tutgani bilan qiziqdi (video).

Asosiy stavkaning tushirilishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir qiladi?
24 mart 2023, 19:54

Asosiy stavkaning tushirilishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir qiladi?

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy bankining asosiy stavkani 1 foiz bandga tushirishi ortidan aholi iste’moli oshishi, kredit hajmi o‘sishi kutilmoqda. Buning natijasida bazaviy ssenariyga nisbatan mamlakat YAIM 0,55 foizga ko‘payadi.

O‘zbekistonda gaz qazib olish ikkinchi oy ketma-ket pasaymoqda
24 mart 2023, 18:46

O‘zbekistonda gaz qazib olish ikkinchi oy ketma-ket pasaymoqda

O‘zbekistonda gaz qazib olish ikkinchi oy ketma-ket pasaymoqda. Yanvar-fevral oylarida ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yil boshiga nisbatan 8,2 foizga ozaygan. Elektr va issiqlik ishlab chiqarish ham kamaydi.

Ulug‘bek Rozuqulov yana «O‘zavtosanoat» rahbari bo‘ldi
24 mart 2023, 17:46

Ulug‘bek Rozuqulov yana «O‘zavtosanoat» rahbari bo‘ldi

Ulug‘bek Rozuqulov yana «O‘zavtosanoat» kompaniyasi boshqaruvi raisi bo‘ldi. U avval bosh vazir o‘rinbosari va milliy aviakompaniya rahbari lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.

2023 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori e’lon qilindi
24 mart 2023, 17:45

2023 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori e’lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2023 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdorini e’lon qildi.

IFC O‘zbekistonga Sirdaryoda quvvati 1,6 GVt bo‘lgan IES qurishda yordam beradi
24 mart 2023, 17:26

IFC O‘zbekistonga Sirdaryoda quvvati 1,6 GVt bo‘lgan IES qurishda yordam beradi

Xalqaro moliya korporatsiyasi Sirdaryoda 1580 MVtli IESni qurish uchun 150 mln dollar ajratdi va 1 mlrd dollardan ortiq xususiy moliyalashtirishni jalb qildi. Stansiya gazda ishlaydi va butun mamlakat bo‘ylab elektr energiyasiga bo‘lgan talabning 17 foizini qondirishi kutilmoqda.

Toshkent metrosining Qo‘yliq-Sergeli yo‘nalishidagi bekatlarda sinov qatnovi boshlandi
24 mart 2023, 17:23

Toshkent metrosining Qo‘yliq-Sergeli yo‘nalishidagi bekatlarda sinov qatnovi boshlandi

Toshkent metrosi Yer usti halqa yo‘lining Qo‘yliq-Sergeli yo‘nalishida qurib bitkazilgan 5 ta bekatda sinov tariqasida poyezdlarning texnik qatnovi boshlandi.

Asaka tumani sobiq hokimiga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi
24 mart 2023, 17:12

Asaka tumani sobiq hokimiga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi

Andijon viloyati Asaka tumani sobiq hokimi Mansur Alixonovga nisbatan 3 yil 1 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Shuningdek, tumanning ikki mansabdoriga ham sud hukmi o‘qildi.

UzAuto: bozor sharoitida daromadli ishlab chiqarish
24 mart 2023, 17:00

UzAuto: bozor sharoitida daromadli ishlab chiqarish

UzAuto mutaxassislari kompaniyaning iqtisodiy muvaffaqiyatlari haqida gapirib berdi.

Yashash joylaridan tashqaridagi yo‘llarda qoidabuzarlikni aniqlash uchun drondan foydalanilishi mumkin
24 mart 2023, 16:43

Yashash joylaridan tashqaridagi yo‘llarda qoidabuzarlikni aniqlash uchun drondan foydalanilishi mumkin

O‘zbekistonda aholi punktlaridan tashqaridagi yo‘llarda qoidabuzarliklar, qidiruvdagi mashinalarni aniqlash uchun drondan foydalanish va uni saqlash bo‘yicha jahon tajribasini o‘rganish taklif qilindi. IIV va boshqa qator tashkilotlar uni o‘rganib, 1 oktabrgacha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting