Mirobod tumanidagi poliz mahsulotlarini qadoqlash sexida gazdan noqonuniy foydalanib, tizimga 824 mln 417 ming so‘m zarar yetkazgan fuqaro aniqlandi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Fuqarolar uchun budjet” nashrida O‘zbekistonning 10 ta eng yirik soliq to‘lovchilari haqida ma’lumot berdi. Davlat budjeti soliq tushumlarining 16,3 foizi Navoiy KMK, 8,6 foizi esa Olmaliq KMK ulushiga to‘g‘ri kelgan.
O‘zbekiston prezidenti daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jazoni kuchaytirish bo‘yicha parlament tomonidan qabul qilingan qonunni rad etdi. Hujjat jarimalar miqdori kam bo‘lgani tufayli rad etilgan bo‘lishi mumkin.
Qashqadaryoda fuqaroni 15 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani aytilmoqda. U 5 ming dollar olayotgan paytda qo‘lga olindi.
Tojikiston Ichki ishlar vazirligi rahbarining aytishicha, Rossiya qamoqxonalarida jazo o‘tayotgan 100 ga yaqin davlat fuqarolari Rossiya armiyasiga jalb qilinib, Ukrainadagi urushga yuborilgan.
Sud Marion Biotech dorilari, jumladan, “Dok-1 Maks” siropini ichishi oqibatida 65 bola vafot etgani bilan bog‘liq ishni ko‘rib chiqishni boshladi. Jabrlanganlardan birining otasi farzandi nogiron bo‘lib qolgani, yura va gapira olmasligini aytdi. Dori-darmonlarni o‘z pulimizga oldik, deydi u.
Toshkentda qulagan to‘sinlar haqida reportaj tayyorlamoqchi bo‘lganida kaltaklangan Zo‘r TV jurnalistlari ishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” telekanal xodimlariga hujum qilgan ish boshqaruvchi ishdan olinganini ma’lum qilgandi.
Ohangaron tumanida Matiz o‘zi bilan bir yo‘nalishdagi yuk mashinasining orqa qismiga urildi. Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi halok bo‘ldi.
Zo’r TV muxbiri va operatori Toshkent aeroporti yaqinidagi yo‘l o‘tkazgich to‘sinlari qulagani haqida reportaj tayyorlamoqchi bo‘lganida kaltaklandi. Operator burni singan holda kasalxonaga yotqizilgan. AOKA mazkur hujumni qoraladi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” esa zo‘ravon ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi.
Mashina shartnomalari bo‘yicha UzAuto Motors va’dalari, 2022-yilgi budjet ijrosi, “gaz ittifoqi” bo‘yicha bayonotlardan xavotir olayotgan Turkmaniston, IIBBdan o‘ligi chiqqan fuqaro bo‘yicha jinoyat ishi, Zo’r TV jurnalistiga tashlangani uchun ishdan olingan O‘TY xodimi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Qozog‘iston Energetika vazirligi uch tomonlama gaz ittifoqi tuzilayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan bergan izohida na Rossiya, na O‘zbekiston tomonidan rasmiy takliflar bo‘lmaganini ma’lum qildi. Avvalroq Turkmaniston bu boradagi xavotirlarini bildirgan edi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi fuqarolar uchun 2022-yilgi budjet ijrosi yuzasidan ma’lumotlarni e’lon qildi. Foyda solig‘i o‘tgan yilgidan kamaydi, bilvosita soliq tushumlari prognozga nisbatan past bo‘ldi. “UzGasTrade”ga gaz narxi o‘rtasidagi tafovutni qoplash uchun 6,6 trln so‘m ajratildi.
Sergeli tumanida 184-sonli avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avval stolbaga, so‘ng beton to‘siqqa urildi. “Toshshahartransxizmat” hodisa oqibatida faqat haydovchi, YHXB esa jami 4 kishi jarohatlanganini ma’lum qildi.
Ohangaron tumanida somondan bo‘shagan yerlar yoqib yuborilganini o‘rganish uchun borgan inspektor kaltaklandi. Xodimga kuch ishlatgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Inspektorning ahvoli yaxshi deb baholanmoqda.
Toshkent shahar Yunusobod tumanida mebel ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor ikki dona chinor daraxtini kestirib tashladi. Oqibatda tabiatga 204 mln 105 ming so‘m zarar yetkazildi.
UzAuto Motors kompaniyasi Lacetti, Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun barcha shartnomalar to‘langani, yil oxirigacha 50 mingdan ortiq avtomobil egalariga topshirilishini ma’lum qildi. 2024-yildan esa avtomobillar shartnoma tuzilgan kundan boshlab uch oy ichida yetkazib berilishi va’da qilinmoqda.
O‘zbekiston qiynoqqa qarshi o‘zining mustahkam pozitsiyasiga ega, dedi ombudsman Toshkent shahri IIBBda gumonlanuvchining o‘lganiga munosabat bildirarkan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoyat uchun jazo muqarrar, lekin bu jazo sud orqali tayinlanishi kerak.
Qirg‘iziston suv kamayishi fonida Qozog‘istonning Jambil viloyatiga sug‘orma suvni yetkazib berishni to‘xtatdi. Qozog‘iston Ekologiya vazirligi hudud dalalarida suv taqchilligi sababli “noqulay vaziyat” yuzaga kelgani, mamlakatda sug‘oriladigan yerlar inventarizatsiyadan o‘tkazilishi haqida xabar berdi.
Veolia Energy Tashkent kompaniyasi poytaxtdagi issiqlik tarmoqlarida texnik audit o‘tkazmoqda. Bu ma’lumotlar issiqlik tarmoqlarining texnik holatini aniqlash imkonini beradi va Toshkent shahridagi issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiya dasturini optimallashtiradi.
Turkmaniston Rossiyaning O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan “gaz ittifoqi” bo‘yicha bayonotlardan xavotirda. Ularda ittifoq kengayishi mumkinligi aytilgan, ammo kimlar hisobiga ekani tushunarsiz, Turkmaniston quvurlari orqali esa boshqa davlat gazi tranziti rejalashtirilmagan, dedi “Turkmangaz” rasmiysi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting