“O‘zbekgidroenergo” AJ Fitch Rartings xalqaro reyting agentligida BB- (barqaror) darajasini saqlab qoldi va mustaqil kredit reytingini b+ darajaga ko‘tardi.
Xitoyning Alibaba texnologik korporatsiyasi Namangandagi IT Park`da o‘z mintaqaviy markazini ochishi mumkin. Tashkilot rasmiylari hudud tekstil, sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini yo‘lga qo‘yishda mintaqaviy markaz bo‘lishiga ishonch bildirgan.
Juma kuni Ural hududlaridan kirib keladigan salqin havo hisobiga dam olish kunlari harorat pasayadi. Yakshanba kuni kunduzgi harorat +30…+32, janubda +35 darajadan oshmaydi. Harorat tushishi kelgusi haftaning o‘rtasigacha davom etadi.
Tijorat banklari 11-avgust kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 990−12 070 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 12 100−12 135 so‘m.
Pastdarg‘om tumanida ohak ishlab chiqaruvchi sex mansabdorlari 4,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Uchtepa tumanida Yutong rusumli avtobus yo‘liga chiqib qolgan Spark avtomashinasi bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida hech kim jarohat olmadi. Bu poytaxtda yangi avtobuslar ishtirokidagi birinchi YTH emas.
“O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida aholi talabi va xalqaro andozalarga javob beruvchi ta’lim tizimini yaratish ko‘zda tutilmoqda. Qo‘yilgan maqsadlar har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun sharoit yaratish ustuvorligiga qay darajada mos? Kolumnist Komil Jalilov tahlil qiladi.
Qashqadaryoning Qarshi shahrida Yandex Go taksi agregatori ish boshladi. Bu O‘zbekistonning xizmat kirib borgan o‘ninchi shahri hisoblanadi.
Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan 1-sentabrdan 3-sentabrgacha bo‘lgan barcha mahalliy aviaqatnovlarga 50 foizlik chegirma e’lon qildi.
IIV rahbari 2011-yildan buyon birinchi marta avtomobillarga davlat raqam belgilarini berish bo‘yicha to‘lov miqdorini BHMning 2,3−3,5 baravari (1,15 mln so‘m)gacha oshirdi. Avtotransport vositalariga davlat raqam belgilarini berish va davlat raqamlarini almashtirish to‘loviga ham o‘zgartirish kiritildi.
Qirg‘izistonda 2027-yildan boshlab polimer plyonkadan tayyorlangan paketlar va plastmassa buyumlarni ishlab chiqarish, sotish hamda bepul tarqatish taqiqlanadi. Issiqko‘l kurort hududida taqiq avgust oyi oxiridanoq kuchga kiradi.
Qimmatlagan dollar kursi, Buxoroga ketgan prezident, qidiruvga berilgan bloger Sanjar Xo’ja va Sherali Komilov, 65 bolaning o‘limiga sababchi Marion Biotech dorilari, o‘zini osib o‘ldirgan andijonlik yosh ayol, faqat zararga ishlayotgan “Milliy elektr tarmoqlari” va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi blogerlar Sanjar Ikromov (Sanjar Xo’ja) va Sherali Komilovni (Detektiv Uz) qidiruvga berdi. Ular firibgarlikda, Komilov esa qo‘shimcha ravishda haqorat qilishda ham ayblanmoqda.
Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida bir guruh shaxslar soxta pul ishlab chiqarish bilan shug‘ullangani ma’lum qilindi. Ular 400 mln so‘mlik soxta pullarni sotmoqchi bo‘lgan vaqtda qo‘lga olindi.
Prezident topshirig‘i bilan tuzilgan ishchi guruh AQShda bo‘lib, “Ohangaronsement” va ta’sischisi Akkermann Cement CA`ga (Alisher Usmonovning USM xoldingidagi kompaniya tomonidan tashkil etilgan) qarshi sanksiyalar bo‘yicha o‘z e’tirozlarini bildirdi, deya ma’lum qildi Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov.
O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligini nishonlash maqsadida mamlakat bo‘ylab ommaviy Yangi Nafas yugurish musobaqasi tashkil etiladi. Toshkentda yuguruvchilarga ikkita masofa 3 va 10 km, boshqa shaharlarda bitta masofa — 3 km taqdim etiladi.
Uzbekistan Airports raisi Ra’no Jo‘rayeva misolida davlat tashkiloti rahbarining ishdan bo‘shatilishi turli his-tuyg‘ularga sabab bo‘lishi juda kam uchraydigan holat. 2,5 yil ichida u o‘n yillar davomida kutilgan ko‘plab o‘zgarishlarni amalga oshirdi. “Gazeta.uz” uning ishdan bo‘shatilish sabablarini o‘rganishga urindi.
O‘zbekistonda elektr energiyasi, gaz va suv narxlarining liberallashtirilishi va uning narxlar o‘sishiga ta’siri 2023-yil uchun inflyatsiya prognozida nazarda tutilgan, dedi Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev.
Ichki ishlar organlari narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega bo‘ldi.
“Yuksalish” harakatining monitoringi davomida 2022-yilda “Tashabbusli budjet”da yutgan 50 dan ortiq loyihada ishlar sifatsiz qilingani, to‘liq moliyalashtirilmagani va yakuniga yetmagani aniqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting