Prezident qarori bilan Toshkent tibbiyot akademiyasida “Sport shifokori” va “Sport diyetologiyasi” bo‘yicha magistratura mutaxassisliklari joriy etiladi. Shuningdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzurida tashkil etilgan tibbiyot fakulteti TTAning Chirchiq filialiga aylantiriladi.
Prezident Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i Olim Saidovga hayfsan berdi va uch viloyat YHXB rahbarlarini ishdan bo‘shatdi. Uning ta’kidlashicha, hokimliklar va “O‘zavtoyo‘l” yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga e’tibor bermay, faqat asfalt yotqizish bilan ovora.
Shavkat Mirziyoyev IIVning kengaytirilgan yig‘ilishida qator huquq-tartibot idoralari rahbarlarini ishdan oldi. Ular orasida MFY raislari va fermerlarni haqoratlagan audiosi bilan tanilgan Bandixon tumani prokurori Soatmurod Maxmanov ham bor.
Neft konlari kompaniyasi menejeri Rustam Yunusov 2023-yilda Malayziyaning Petronas universitetiga o‘qish uchun jo‘nab ketdi. “Xorijiy diplom” loyihasi doirasida u universitetni tanlash jarayoni, qat’iy dars jadvali va milliy ta’lim tizimi, bepul davolanish va arzon yashash xarajatlari xususida so‘zlab berdi.
Qorao‘zak tumanida Qozog‘istonda ishlovchi turmush o‘rtog‘i bilan janjallashishi oqibatida farzandini urib haqorat qilgan ayolga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bolalar ota qaramog‘iga topshirildi.
Milliy gvardiya qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Inamjon Ibragimov lavozimidan ozod etildi. U 2021-yil noyab oyida ushbu lavozimga tayinlangandi.
O‘zbekiston prezidenti yaqinda Farg‘onada 11 yoshli qizchaning murdasi zo‘rlash va qotillik alomatlari bilan topilganini tilga oldi. “Bu holat vaziyat qanchalik og‘irligini ko‘rsatib turibdi”, deya ta’kidlagan Mirziyoyev ayrim mahallalarda xotin-qizlar faollari instituti kutilgan natijani bermayotganini qayd etdi.
Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Mahmudaliyev o‘z o‘rinbosarlari, tuman va shahar hokimlariga 4 mlrd so‘m evaziga 16 ta Tracker xarid qilinayotganiga izoh berdi. “Ayrim tumanlarda hokimlar klasterlarning mashinasida yuribdi. Ulardan talab qilishim uchun, avvalo, shart-sharoit yaratib berish kerak”, — dedi hokim.
O‘zbekistonda 2024-yildan bosqichma-bosqich aholining barcha tezkor va shoshilinch murojaatlarini hal qilish maqsadida yagona 112 tezkor raqami (AQShdagi 911 kabi) va dispetcherlik tizimi ishga tushiriladi.
Prezident 15 ta tuman (3 tasi poytaxtda) IIB boshliqlari va 5 ta tuman prokurorlarini lavozimidan ozod qildi. Bosh prokuror birinchi o‘rinbosari va IIV rahbarining ikki o‘rinbosariga hayfsan berildi, raqamlashtirish uchun mas’ul o‘rinbosar Najmiddin To‘raxojayev egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Prezident Farg‘onadagi yig‘ilishda “Nima ish qilish kerakligini bilmagan ayrim profilaktika inspektorlari bog‘chalarga borib, 3−4 yoshli bolakaylarga „oq-qorani farqlash“ bo‘yicha ma’ruza o‘qish bilan band”, deya yaqinda bolalar bog‘chasida sodir bo‘lgan voqeani esladi. U kadrlar tanlash tizimini qoniqarsiz deb atadi.
Prezident Farg‘onada IIVning kengaytirilgan yig‘ilishida ishtirok etmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan 6 oy davomida oldini olish mumkin bo‘lgan 12 mingga yaqin jinoyat sodir etilgan. “Ayrim huquq-tartibot idoralari rahbarlari jinoyatchilikni oldini olishda jilovni qo‘yib yuborgan”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Toshkentda pochtachi bo‘lib ishlagan 32 yoshli Olga Leonteva 24-iyul kuni xatlarni o‘z manziliga yuborganidan so‘ng uyiga qaytmagan. Uning jasadi 28-iyulga o‘tar kechasi yangi binolardan birining liftidan topildi. Bosh prokuratura holatni o‘rganmoqda.
Bunyodkor shohko‘chasidagi 16 qatordan iborat yo‘ldan o‘tkazilgan xavfli piyodalar o‘tish joyi 250 metr uzoqroqqa ko‘chirildi. Mutasaddilar uning o‘rnida yerusti piyodalar o‘tish joyini qurishni taklif qilmoqda.
Yarim yil davomida Toshkent viloyatida OIV infeksiyasi bilan kasallangan shaxslar infeksiyani qasddan o‘zga shaxsga yuqtirish bilan bog‘liq 20 ta holat aniqlandi, deya xabar qilmoqda viloyat IIBB.
Toshkent shahrining Istirohat ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan 147-yo‘nalishdagi Yutong avtobusiga “ZIL” haydovchisi uni o‘ng tomondan quvib o‘tmoqchi bo‘lganida shikast yetdi.
Prezident Farg‘onada ishlab chiqarish bo‘lgan davlat obyektlari xususiylashtirilib, o‘rnida yakka tartibdagi uy-joylar qurilayotganini tanqid qildi. Shu sababdan endi sanoat maqsadlari uchun mo‘ljallangan yerlar toifasi faqat Hukumat komissiyasi roziligi bilan o‘zgaradi.
Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi O‘zbekistonda 2,3 milliondan ziyod it va 46 mingdan ortiq mushuk yashashini ma’lum qildi.
Ekologiya vazirligi Surxondaryo va Buxoroda 50−70 ming atrofida daraxtni kesishga ruxsat berish bo‘yicha murojaat kelib tushgani, biroq bunga rad javobi berilganini ma’lum qildi. Hokimliklarga yuborilgan javoblardan so‘ng Buxorodagi qurilish kompaniyasi vakillari loyihani o‘zgartirishlarini bildirdi.
Hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha kuzatilgan juda issiq ob-havodan so‘ng, payshanba kuni nisbatan salqin havo kirib kela boshladi. Dam olish kunlarida Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlari va Farg‘ona vodiysining ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting