Abduqodir Mo‘minov ishi yuzasidan prokuror sudyadan sudlanuvchiga nisbatan uzil-kesil 11 yil ozodlikdan mahrum etish, 3 yil davomida jurnalistik faoliyatni cheklash va BHMning 400 barobari miqdorida jarima jazosini tayinlashni so‘radi.
Stajga ega bo‘lmaganlar uchun nafaqa miqdori 33 ming so‘mga oshadi, ota-onalarning farzandi ta’limi uchun to‘lagan puli daromad solig‘idan ozod qilinadi, rahbarlar raqamli texnologiyalar bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qiydi, isitish tizimlarini modernizatsiya qilish boshlanadi — 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?
Hindistonda o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 11 ta medalni qo‘lga kiritdi. Musobaqa 5-avgustga qadar davom etadi.
Markaziy bank raisi narx pufaklari yorilayotgan vaqtida banklarga bo‘ladigan salbiy ta’sirning oldini olish uchun ipoteka kreditlari ajratishda maksimal chegaralar belgilanganini aytdi. Avvalroq Toshkent shahridagi uy-joy narxlarining bozor va fundamental qiymatlari o‘rtasidagi farq 210 mln so‘mga yetgandi.
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari tarmoqdan uzilgan fuqaroni unga qayta ulab berish evaziga 5 mln so‘m talab qilib, pullarni olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Baxram Mansurov “O‘zatom” agentligi direktori, Ilxom Nimatullayev esa “O‘zneftgazinspeksiya” rahbari etib tayinlandi.
Tijorat banklari 1-avgust kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 560−11 615 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 650−11 675 so‘m.
Tunda Buxoro shahridagi ikki qavatli savdo majmuasida sodir bo‘lgan yong‘in sabab 15 ta do‘kon va majmua yaqinidagi bozorning 8 ta do‘koni yonib ketdi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Qamashi tumani hokimi Botir Tog‘ayev qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari, Alisher Shukurov esa vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.
Imtihon sabab Toshkentdagi ayrim avtobuslar erta ish boshlashi, chaqalog‘ini $10 mingga sotmoqchi bo‘lgan farg‘onalik ayol, Toshkentda o‘zini 5-qavatdan tashlagan hujra o‘quvchisi, “O‘zbekiston-2030” strategiyasi, dollar kursiga bosim o‘tkazayotgan importning o‘sishi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
Toshkentda IIO xodimlari bolalarga “oq bilan qorani ajrata olish” haqida gapirib, ma’ruza o‘qigan bog‘cha mudirasi va uslubchisiga intizomiy chora qo‘llanildi. Maktabgacha ta’lim agentligiga ko‘ra, bolalar bilan mashg‘ulotlar maydonchada o‘tkazilmay, guruhda tashkil etilgani noto‘g‘ri bo‘lgan.
Endilikda O‘zbekistondagi barcha bankomatlar ham Uzcard, ham Humo kartalarini qabul qiladi. To‘lov terminallarini integratsiyalashni yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.
Xitoy sentabrdan harbiy maqsadlarda qayta jihozlanishi mumkinligidan xavotirlanib, fuqarolik dronlari eksportiga cheklovlar kiritmoqda. Dronlarning ayrim butlovchi qismlarini ruxsatsiz eksport qilish ham taqiqlanadi.
2023/2024 o‘quv yilida 17 mingta magistratura kvotasi uchun 20 ming abituriyent ariza yubordi. Ularning 13,2 ming nafari — xotin-qizlar. Hujjat topshirganlarning 4 foizida davlat mukofoti bor yoki nomdor stipendiya sohibi. 3 foizi esa nogironlik imtiyoziga ega.
Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Krivoy Rog shahriga raketa hujumi uyushtirdi, to‘qqiz qavatli turar joy binosi va universitet o‘qqa tutildi. Kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 40 dan ortiq kishi jarohat oldi.
O‘zini 15 yoshli qiz bola maktab o‘quvchisi deb tanishtirgan erkak 10 yoshli qizga pornografik xarakterdagi video va suratlarni yuborib, undan ham shunday suratlarini yuborishni talab qilgan. Toshkent viloyati sudi erkakni 4,5 yilga manzil-koloniyaga hukm qildi.
1-avgustdan 13-avgustga qadar OTMlarga kirish testlari o‘tkazilishi munosabati bilan poytaxtda ayrim avtobuslar soat 5:00 dan ish boshlaydi.
Bog‘chada IIO xodimlari o‘tkazgan “tarbiyaviy soat” ko‘plab savollar tug‘dirdi. Hatto prezident ham ushbu masalaga to‘xtaldi. “Gazeta.uz” psixolog Zulayho Shermatovadan vaziyatga izoh berishni so‘radi. U bolalarning yoshini hisobga olish va bolalar bilan muloqot qiladigan odamlarni tayyorlash muhimligini ta’kidladi.
2023-yilning ilk 6 oyida 6 nafar maktab o‘quvchisida erta tug‘uruq aniqlandi. Holatlarning 2 tasi Qashqadaryoda kuzatilgan, Qoraqalpog‘iston, Samarqand, Sirdaryo va Surxondaryoda 1 tadan qayd etilgan. “Bularning aksariyati yozgi ta’til yoki o‘qishdan tashqari paytda sodir bo‘lgan”, — deydi Maktab vazirligi vakili.
O‘zbekistonda avgust oyining dastlabki besh kunida harorat +40 daraja atrofida bo‘ladi, so‘ngra +33…+38 darajagacha pasayadi. Oyning ikkinchi yarmida harorat qisqa muddatga yanada pasayishi mumkin. Faqat tog‘li hududlarda yomg‘ir kutilmoqda. Umuman olganda, oy davomida o‘rtacha issiq kuzatiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting