Jizzaxda ikki o‘zbekistonlik futzalchi yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi.
O‘zbekiston Gruziyaning Poti portida logistika markazi tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni AQSh, Kanada va Yaponiyaga soliq va Gruziyaning ushbu davlatlar bilan GSP+ dasturidan foydalangan xolda bojxona bojisiz re-eksport qilish imkonini beradi.
Toshkent viloyat sudi jihod va hijratga da’vat qiluvchi diniy mazmundagi nashidalarni 10 kishilik Telegram-guruhga yuborgani uchun 3 yilga qamalgan Jahongir Ulug‘murodovga nisbatan chiqarilgan sud hukmini o‘zgarishsiz qoldirdi.
Dushanba tongida Mirzo Ulug‘bek tumanida Nexia-3 TAPOiCh ko‘prikdagi beton to‘siqqa urildi. Voqeaga 21 yoshli fuqaroning boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan. Ikki yil avval ko‘prikdan Matiz ham qulab tushgandi.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov 17-iyuldan boshlab Turkiya hamda BMT ishtirokida Ukraina bilan tuzilgan don shartnomasi amalda tugatilganini ma’lum qildi. U bunga bitimdagi Rossiya talablari bajarilmaganini sabab sifatida keltirgan.
Ommaviy namoyishlardan so‘ng g‘oyib bo‘lgan “axloq politsiyasi” Eron ko‘chalariga qaytdi. Piyoda va avtomobil patrullari ayollarning hijob o‘rash majburiyatini nazorat qiladi.
O‘zbekistonda sezilgan inflyatsiya darajasi iyun oyida minimal darajaga — 12,9 foizga yetdi, bu rasmiy yillik inflyatsiyadan 3,9 foizga yuqori. Narxlar o‘sishi tarmoq va hududlar kesimida, shuningdek, turli daromadga ega aholi guruhlari o‘rtasida qanday qabul qilinayotgani haqida asosiy ma’lumotlar.
Dehqonobod tumanida Qizil kitobga kiritilgan 753 tup tojik kavragining ildizi kovlanib, kesib tashlandi. O‘simlik dunyosiga jami 372 mln 735 ming so‘m zarar yetgan. Holat bo‘yicha hujjatlar prokuraturaga yuborildi.
O‘zbekistonda hafta boshi biroz issiq — kunduz kunlari +35…+40 daraja, janubda +42…+44 daraja bo‘ladi. Hafta o‘rtasidan harorat foni +33…+38 darajagacha pasayishi, asosan quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Qrim ko‘prigida portlash sodir bo‘ldi va unda harakatlanish vaqtincha to‘xtatildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, bir nafar bola yaralangan.
Tijorat banklari 17-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 520−11 580 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 630−11 640 so‘m.
O‘zbekistonlik yengil atletikachilar Tailandda o‘tkazilgan Osiyo chempionatini 4 ta medal — 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza bilan yakunladi.
Beshariq tumanida to‘rt erkak oilali, ikki farzandi bor ayolni zo‘rlagani aytilgan video tarmoqlarda tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB holat to‘rt oy oldin sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Gumonlanuvchilar ushlangan.
Qorovulbozor tumanida reyd o‘tkazayotgan tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i Mirali Hojiyev xizmat vaqtida yaralandi. Unga hududda noqonuniy ov qilayotgan brakoner o‘q uzdi. Hozirda inspektorning ahvoli yaxshi, brakonerlar ushlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
11−15-iyul kunlari Qo‘qonda birinchi “Turkiy tilli yoshlar xalqaro festivali” o‘tkazildi. Unda Ozarbayjon, Turkiya, Qirg‘iziston va Qozog‘istondan yoshlar qatnashdi. Festival doirasida sport musobaqalari, mahorat darslari, B2B uchrashuvlar, davra suhbatlari va diqqatga sazovor joylarga sayohatlar tashkil etildi.
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida Lacetti va Cobalt to‘qnashishi oqibatida ikki haydovchi voqea joyida halok bo‘ldi. Mashinalarda bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchi shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.
Toshkent xalqaro aeroportida Chexiyadan sotib olingan birinchi LET L-410 samolyoti kutib olindi. U mahalliy aviaqatnovlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 19 nafar yo‘lovchini sig‘dira oladi. Ilk reys kelasi hafta Samarqand shahriga amalga oshiriladi.
Toshkent shahar hokimi qarori bilan “Paxtakor” futbol klubiga poytaxt budjetidan 7 mlrd so‘m ajratish belgilandi. Qaror jamoatchilik noroziligiga uchradi. Shundan so‘ng hokimlik qaror bo‘yicha izoh berdi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 18 yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnati taqiqlangan ishlar ro‘yxati tasdiqlandi. Ro‘yxatda novvoy, xamir qoruvchi, muzqaymoq tayyorlovchi, tibbiy mahsulotlarini taxlovchi kabi ishlar o‘rin olgan.
“Tez yordam”ning Andijon, Samarqand, Jizzax va Surxondaryo filialida “103 Med-data” avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi joriy etildi. Tizim tez yordam mashinalarini boshqarishni monitoring qilish, dispetcherlik xizmatini real vaqtda boshqarish, ma’lumotnoma hamda hisobotlarni avtomatik yaratish imkonini beradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting