O‘zbekistonlik ayol kurashchilar Iordaniyada o‘tgan sport kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 7 medal: 2 kumush va 5 bronzani qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi.
Abdulla Avloniy nomidagi malaka oshirish institutida prorektorga aloqadorligi aytilgan firmaga 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ortiqcha to‘lab berilgani aniqlandi. Antikorrupsiya agentligi manfaatlar to‘qnashuvi yuz bergani va holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini bildirdi.
Prezidentning yangi farmoniga ko‘ra, nafaqat davlat, balki xususiy va xorijiy OTMlar ham bakalavriat va magistraturaga yiliga faqat bir marta qabul qila oladi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda qabul tartibini xususiy OTMlarning o‘zi belgilashi ko‘rsatilgan. Ko‘p martalik qabul dunyo bo‘ylab keng tarqalgan.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga ko‘ra, umumta’lim maktablari uchun yuqori tezlikda va cheklovlarsiz kirish imkonini beradigan “New Education” tarif rejasi ishlab chiqiladi. Tarif bo‘yicha internet tezligi kamida 40 Mbit/s, o‘quvchilar soni 400 nafardan ko‘p bo‘lganlarda — kamida 100 Mbit/s bo‘ladi.
21-iyul kuni Alif kompaniyasi o‘tkazayotgan Alif Juma aksiyasi yakunlanadi. Aksiya davomida xaridlar uchun komissiya to‘lovi ikki baravar kamaytirilgani bilan birga onlayn buyurtmalarni yetkazib berish bepul.
Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi Parijda o‘tkazilgan jahon chempionatida 17 ta medal — 6 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida sakkizinchi o‘rinni egalladi. Sportchilar 2024-yilgi Paralimpiya o‘yinlariga 19 ta yo‘llanma oldi.
Toshkentdagi korxonalardan birining direktori Vladimir Srapionov nega hamkorlari to‘lamagan QQS uchun javobgar bo‘layotganiga javob izlarkan, korxonasining Kontragentlar reyestrini o‘rganib, qiziq detallarga duch kelmoqda. Nega tadbirkorlar haligacha o‘z kontragentlarining qarzlari bo‘yicha javobgar bo‘lmoqda?
Toshkentning Nurliyo‘l, Xonobod 1-tor va Qipchoq ko‘chalarining bir qismi 19-iyul kuni soat 15:00 dan 21-iyul 21:00 ga qadar yopiladi. Bu vaqtda metroning yer usti halqa liniyasida qurilish ishlari olib boriladi.
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) rahbari Umar Kremlev o‘zbekistonlik bokschi Rufat Risqiyevga Malibu-2 mashinasini topshirdi. Faxriy sportchi IBA prezidentining faxriylar masalasida maslahatchisi etib tayinlandi. Avvalroq unga tashkilot tomonidan umrbod 1000 dollarlik maosh tayinlangandi.
AQSh Rossiyaga qarshi cheklovlarni chetlab o‘tishda yordam bergani uchun Qirg‘izistonga qarshi sanksiyalar joriy etishga tayyorlanmoqda, deya xabar berdi The Washington Post. Mamlakat hududi orqali sanksiyalar ostidagi mahsulotlar, xususan, Xitoy dronlari Rossiyaga yetkazib berilayotgani ta’kidlangan.
Jinoyat kodeksining firibgarlik, tovlamachilik va boshqa moddalari bilan ayblanayotgan bloger Abduqodir Mo‘minov ishi bo‘yicha sud 25-iyulda bo‘lib o‘tadi. Ishda 14 nafar jabrlanuvchi mavjudligi va ularga jami 903 mln so‘m moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan.
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonning 9 ta hududida sezildi. Uning kuchi 2−3 ballni tashkil etdi.
Buxoro shahridagi “Hovli poyon” uyida O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi ishtirokida jadidchilik tarixiga bag‘ishlangan ilk muzey tashkil etilmoqda. Bu uy O‘rta Osiyo jadidchiligi yetakchilaridan biri Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayevga tegishli bo‘lgan.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, “Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi, futbol hakamlari markazi va professional futbol klublari 2026-yilgacha ijtimoiy soliqdan tashqari barcha soliqlarni to‘lashdan ozod etildi. Ular jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilari ham daromad solig‘i to‘lamaydi.
Exadot kompaniyasi biznes turidan qat’iy nazar qamrov ko‘lamini kengaytirish uchun mobil ilovalar yaratadi. Hozirgacha kompaniya InMovie, Finance App, Benny Rideshare va boshqa ilovalarni ommaga taqdim etgan.
Isroilda bahslarga sabab bo‘lgan sud islohoti loyihasiga qarshi yangi yirik norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Minglab namoyishchilar mamlakat bo‘ylab yo‘llarni to‘sib qo‘ydi, bir qancha shaharlarda politsiya bilan to‘qnashuvlar bo‘lmoqda.
Qoraqalpog‘istonning Beruniy davlat o‘rmon xo‘jaligi uchastkasida 2 ta Buxoro bug‘usining jasadi topildi. Ular brakonerlar tuzog‘iga tushib qolishi oqibatida halok bo‘lgan. Holat bo‘yicha gumonlangan 3 kishi qo‘lga olindi.
O‘zbekiston Henley & Partners konsalting kompaniyasining jahon pasportlari reytingida besh pog‘onaga yuqorilab, 78-o‘rinni egalladi. Yaponiya 5 yil ichida birinchi marta reytingda yetakchilikni yo‘qotdi, uning o‘rnini Singapur egalladi. Afg‘oniston pasporti esa eng kuchsiz deb topildi.
Tijorat banklari 19-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 530−11 610 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 650−11 665 so‘m.
O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Buyuk Britaniya elchisi Tim Torlou o‘rnini Timoti Smart egalladi. U faoliyatini avgust oyida boshlaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting