Arxiv

Iqtisodiyot vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
16 dekabr 2024, 23:17

Iqtisodiyot vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

IMVda qator tayinlovlar amalga oshirildi: MHTI direktori Umid Abidxadjayev va DXSH loyihalari departamenti direktori Ilhom Umrzakov vazir o‘rinbosarlari bo‘ldi. G‘aznaqo‘m raisi Murod Bekberganovich Pensiya jamg‘armasiga rahbar etib tayinlandi, uning o‘rnini esa vazir o‘rinbosari Abdulaziz Xaydarov egalladi.

Toshkent viloyati hokimiga oila va ayollar bo‘yicha yangi o‘rinbosar tayinlandi
16 dekabr 2024, 21:48

Toshkent viloyati hokimiga oila va ayollar bo‘yicha yangi o‘rinbosar tayinlandi

Nilufar Normirzayeva Toshkent viloyati hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. U bungacha Yangiyo‘l tumani hokimiga o‘rinbosar bo‘lgan.

Toshkent viloyatida erkak va ayol noma’lum moddadan zaharlanib vafot etdi (manba aniqlanmoqda)
16 dekabr 2024, 20:47

Toshkent viloyatida erkak va ayol noma’lum moddadan zaharlanib vafot etdi (manba aniqlanmoqda)

Ijtimoiy tarmoqlarda yangi turmush qurganlar nikoh to‘yining ertasiga is gazidan vafot etgani haqida ma’lumot tarqaldi. Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, birga yashagan juftlik noma’lum moddadan zaharlanib vafot etgan.

SSP va RTV tungi biznesni rivojlantirish uchun hududlar ajratishni taklif qildi
16 dekabr 2024, 20:39

SSP va RTV tungi biznesni rivojlantirish uchun hududlar ajratishni taklif qildi

Strategik islohotlar agentligida tungi iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. IMV vakili tungi vaqtda ishlashning yagona standartlarini ishlab chiqish, IIV uni nazorat qiluvchi alohida organ tuzish, SSP va RTV vakillari esa buning uchun ixtisoslashtirilgan hududlar ajratishni taklif qildi.

Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi prezidentga impichment ishini ko‘rishni boshladi
16 dekabr 2024, 20:05

Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi prezidentga impichment ishini ko‘rishni boshladi

Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi prezident Yun Sok Yolga harbiy holat joriy etishga uringani uchun impichment masalasini ko‘rib chiqishni boshladi. Sudyalar uni lavozimidan chetlashtirish yoki qayta tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak. Huquq organlari Yunni isyon ko‘tarish ishi bo‘yicha so‘roqqa chaqirdi.

Tumanlarda mahalla bankirlari ish boshlaydi
16 dekabr 2024, 19:43

Tumanlarda mahalla bankirlari ish boshlaydi

Prezident tumanlarda mahalla bankirlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifini ma’qulladi. Ular mahalla biznes imkoniyatlarini o‘rganadi, aholi g‘oyalarini loyihalarga aylantiradi. Banklar, shuningdek, rezidentlarni kredit olish, qaytarish, biznes ochish va mahsulotini sotishga o‘rgatadi.

Davlat banklari oilaviy tadbirkorlik uchun $1 mlrd kredit jalb qiladi
16 dekabr 2024, 19:25

Davlat banklari oilaviy tadbirkorlik uchun $1 mlrd kredit jalb qiladi

O‘zbekistonda 9 ta davlat bankiga 2025-yilda oilaviy tadbirkorlik dasturini amalga oshirish uchun 1 mlrd dollar miqdorida kredit jalb etish tavsiya etildi. Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash maqsadida banklar tomonidan 300 mln so‘m miqdorida shartsiz kreditlar ham ajratiladi.

“Boshpana so‘rash yoki iste’fo haqida o‘ylamaganman”. Bashar Asad Moskvadan maktub yo‘lladi
16 dekabr 2024, 19:18

“Boshpana so‘rash yoki iste’fo haqida o‘ylamaganman”. Bashar Asad Moskvadan maktub yo‘lladi

Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad Moskvadan maktub e’lon qilib, u “oxirigacha Suriyani tark etmoqchi bo‘lmagani, bu voqealar paytida iste’foga chiqish yoki boshpana so‘rash haqida o‘ylamagani”ni aytdi. Asadning ta’kidlashicha, aynan Moskva uni mamlakatdan zudlik bilan evakuatsiya qilishni so‘ragan.

Banklarga harakatsiz mulklarni bozor qiymatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishga ruxsat beriladi — prezident
16 dekabr 2024, 18:07

Banklarga harakatsiz mulklarni bozor qiymatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishga ruxsat beriladi — prezident

Prezident banklarga harakatsiz mulklarni bozor qiymatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishga ruxsat berilishini ma’lum qildi. Shavkat Mirziyoyev hozirda banklar balansida 3 mingta harakatsiz mulk borligi, ulardan tezroq qutilsa, qo‘shimcha resurs va 150 ming ish o‘rni yaratish uchun zaxira paydo bo‘lishini aytdi.

Besh nafar bolani urib yuborgan (ikkitasi halok bo‘lgan) haydovchiga axloq tuzatish jazosi berildi
16 dekabr 2024, 17:28

Besh nafar bolani urib yuborgan (ikkitasi halok bo‘lgan) haydovchiga axloq tuzatish jazosi berildi

Cobalt haydovchisi Yangiyo‘lda 5 nafar bolani urib yubordi, ulardan 2 nafari halok bo‘ldi. Sudya uning jazosini yengillashtirib, qamoqdan ozod qildi. Bir haftadan keyin aynan shu sudya o‘lim bilan bog‘liq YTH sodir etgan boshqa haydovchiga ikki yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 15-sanksiyalar paketini qabul qildi
16 dekabr 2024, 16:54

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 15-sanksiyalar paketini qabul qildi

Yevropa Ittifoqi kengashi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 15-paketini ma’qulladi. 54 nafar jismoniy shaxs va 30 ta, jumladan, Xitoy, Hindiston, BAA va boshqa mamlakatlar tashkilotlari cheklovlarga uchradi. Yangi choralar Rossiyaning “soyadagi floti”ga ham qaratildi.

Shavkat Ayupov Fanlar akademiyasiga prezident bo‘ldi
16 dekabr 2024, 16:53

Shavkat Ayupov Fanlar akademiyasiga prezident bo‘ldi

Fizika-matematika fanlari doktori, senator Shavkat Ayupov Fanlar akademiyasi prezidenti etib saylandi. U bunga qadar akademiyaning Matematika instituti direktori bo‘lib ishlagan.

Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
16 dekabr 2024, 16:33

Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Zebo Saidova Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari bo‘ldi. U bunga qadar shahar hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

O‘zbekiston iqtisodiy kompleksidagi 297 nafar rahbar ishdan olindi
16 dekabr 2024, 16:24

O‘zbekiston iqtisodiy kompleksidagi 297 nafar rahbar ishdan olindi

O‘zbekiston iqtisodiy kompleksidagi 297 nafar rahbar mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlarda sustkashlik va mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olindi. “Mahallaga tushib, odamlarimiz va tadbirkorlar muammosini hal qilmagan rahbar ishlamaydi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekistonda 2025-yilda 600 ming kishiga ijtimoiy karta beriladi
16 dekabr 2024, 16:15

O‘zbekistonda 2025-yilda 600 ming kishiga ijtimoiy karta beriladi

Prezident keyingi yilda 600 ming kishi ijtimoiy karta bilan ta’minlanishini ma’lum qildi. Ushbu karta bilan elektr, gaz va o‘qish xarajatlariga kompensatsiya olish mumkin bo‘ladi.

Deputatlar chiqindi qarzlari uchun elektr to‘lovlarini cheklash masalasini muhokama qila boshladi
16 dekabr 2024, 14:46

Deputatlar chiqindi qarzlari uchun elektr to‘lovlarini cheklash masalasini muhokama qila boshladi

Qonunchilik palatasi chiqindi xizmatlaridan qarz mavjud bo‘lganda elektr energiyasi uchun to‘lovni cheklashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqishga kirishdi. Deputat ikki yilda barcha kommunal xizmatlarni va qarzdorlikni birlashtiradigan yagona billing tizimi yaratilishini ma’lum qildi.

Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi tasdiqlandi
16 dekabr 2024, 14:39

Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi tasdiqlandi

Ichki audit xizmati tashkil etilgan vazirlik va idoralar hamda hokimliklar mas’ul xodimlari faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi. Jarayon ichki audit xizmati rahbari tomonidan har chorakda amalga oshiriladi.

Qirg‘iziston hukumati rahbari ishdan bo‘shadi
16 dekabr 2024, 12:10

Qirg‘iziston hukumati rahbari ishdan bo‘shadi

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi va prezident administratsiyasi rahbari Akilbek Japarov “boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga ko‘ra” lavozimidan ozod etildi. Japarovning vazifalarini vaqtincha bajarish Adilbek Kasimaliyevga yuklatildi.

O‘zbekistonda onlayn qimor o‘yinlari va bukmekerlikni tashkil etish bo‘yicha talablar tasdiqlandi. Asosiy qoidalar
16 dekabr 2024, 12:06 1

O‘zbekistonda onlayn qimor o‘yinlari va bukmekerlikni tashkil etish bo‘yicha talablar tasdiqlandi. Asosiy qoidalar

Hukumat O‘zbekistonda qimor o‘yinlari, lotereya va bukmekerlik faoliyatini tashkil etish uchun talab va shartlarni tasdiqladi. Tashkilotchilar uchun litsenziya muddati 5 yil etib belgilandi, ularning ustav kapitali kamida 56,25 mlrd so‘m bo‘lishi shart. Shuningdek, bir qator taqiq va cheklovlar ham belgilangan.

Haftaning birinchi yarmida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi
16 dekabr 2024, 11:49

Haftaning birinchi yarmida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi

O‘zbekistonda haftaning birinchi yarmi yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda. Harorat kechasi -2, kunduzi +7 darajagacha ko‘tariladi. Juma kuni ba’zi joylarda qor va yomg‘ir yog‘adi. O‘zgidromet sharhi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting