Arxiv

Xususiy sektordagilar uchun “dekret” budjeti yana 2,5 baravar qisqartiriladi
19 dekabr 2024, 22:25

Xususiy sektordagilar uchun “dekret” budjeti yana 2,5 baravar qisqartiriladi

2025-yilda biznesdagi ayollarga budjet hisobidan to‘lanadigan “dekret” miqdorini yana 2,5 baravar — 40 mlrd so‘mgacha qisqartirish rejalashtirilmoqda (2024-yilda 3 baravar edi). Senator buni mablag‘lar past darajada o‘zlashtirilgani bilan izohladi va bu sur’atda dastur 3−4 yilda yakunlanishi mumkinligini aytdi.

Janubiy Koreyadagi siyosiy inqiroz uning ittifoqchilarini hayratda qoldirdi — Reuters
19 dekabr 2024, 22:00

Janubiy Koreyadagi siyosiy inqiroz uning ittifoqchilarini hayratda qoldirdi — Reuters

Janubiy Koreyaning prezident Yun Sok Yol tashqi siyosatini olqishlagan va mamlakat ichidagi siyosiy kelishmovchiliklarga unchalik ahamiyat bermagan ittifoqchilari uning harbiy holat joriy etish haqidagi qaroridan hayratda qoldi, deb yozdi Reuters.

Isroilning G‘azodagi aholini suvdan mahrum etishi genotsiddir — HRW
19 dekabr 2024, 20:21

Isroilning G‘azodagi aholini suvdan mahrum etishi genotsiddir — HRW

Human Rights Watch tashkilotining ta’kidlashicha, Isroilning G‘azo aholisini suvdan mahrum etishi genotsid va qirg‘in aktlariga teng keladi. Hisobotda G‘azodagi falastinliklarning suv bilan ta’minlangani yashab qolish uchun zarur bo‘lgan 15 litrlik chegaradan ancha past ekani aytiladi. Isroil ayblovlarni rad etdi.

Duyshonkul Chotonov Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi
19 dekabr 2024, 19:41

Duyshonkul Chotonov Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi

Sadir Japarov Duyshonkul Chotonovni Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinladi. Chotonov ilgari Koreya va Vetnamda ham elchi bo‘lgan.

“Suriya tinchlikka tahdid solmaydi” — Suriya isyonchilari yetakchisi
19 dekabr 2024, 19:16

“Suriya tinchlikka tahdid solmaydi” — Suriya isyonchilari yetakchisi

Suriya isyonchilari yetakchisi va mamlakatning amaldagi rahbari Ahmad al-Sharaa Suriya o‘z qo‘shnilari yoki G‘arb uchun xavf tug‘dirmasligini aytdi. U urushdan tinkasi qurigan mamlakatga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi va Suriya navbatdagi Afg‘onistonga aylanishi mumkinligi ehtimolini rad etdi.

Imtiyozlarni uzaytirish, mahalliylashtirish, jamg‘arma yaratish. Prezidentning farmatsevtika kompaniyalari bilan uchrashuvidan asosiy ma’lumotlar
19 dekabr 2024, 18:16

Imtiyozlarni uzaytirish, mahalliylashtirish, jamg‘arma yaratish. Prezidentning farmatsevtika kompaniyalari bilan uchrashuvidan asosiy ma’lumotlar

O‘zbekiston prezidenti farmatsevtika korxonalari rahbarlari bilan uchrashuvda bojxona imtiyozlari 2028-yilgacha uzaytirilishi, 100 mln dollarlik kapitalga ega Ilg‘or loyihalar investitsiya jamg‘armasi tashkil etilishini ma’lum qildi.

O‘zbekistonning Kiprdagi birinchi elchisi tayinlandi
19 dekabr 2024, 17:25

O‘zbekistonning Kiprdagi birinchi elchisi tayinlandi

Abat Fayzullayev O‘zbekistonning Kiprdagi birinchi elchisi etib tayinlandi. U bir paytning o‘zida Italiyadagi elchi ham hisoblanadi.

Ecobase membranasi Toshkent xalqaro aeroporti rekonstruksiyasida ishlatiladi
19 dekabr 2024, 17:00

Ecobase membranasi Toshkent xalqaro aeroporti rekonstruksiyasida ishlatiladi

Ecobase V-UV texnologik PVX membranasi Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroporti rekonstruksiyasida ballastli tom yopish uchun ishlatiladi.

Xitoyda “Temiryo‘lkargo”ning vakolatxonasi ochildi
19 dekabr 2024, 16:54

Xitoyda “Temiryo‘lkargo"ning vakolatxonasi ochildi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Temiryo‘lkargo” kompaniyasi Xitoyda ilk vakolatxonasini ochdi. U multimodal transportni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochishi kutilmoqda.

Abxaziya parlamenti yaqinida otishma ro‘y berdi, bir deputat halok bo‘ldi
19 dekabr 2024, 16:50

Abxaziya parlamenti yaqinida otishma ro‘y berdi, bir deputat halok bo‘ldi

Abxaziya parlamenti binosi yaqinida ro‘y bergan otishmada ikki deputat yaralanib, ularning biri vafot etdi. OAV parlamentning boshqa bir deputati otishmada gumonlanayotgani haqida xabar berdi, u voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan. Hodisa yuzasidan tergov boshlandi.

Leyli Seitova Qoraqalpog‘iston ekologiya vaziri bo‘ldi
19 dekabr 2024, 16:34

Leyli Seitova Qoraqalpog‘iston ekologiya vaziri bo‘ldi

Leyli Seitova Qoraqalpog‘iston ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimiga tayinlandi. U bungacha Nukus tumani moliya bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan.

Andijondan Suriyadagi terroristik tashkilotlarga pul jo‘natgan shaxs 10 yildan ko‘proqqa qamaldi
19 dekabr 2024, 15:36

Andijondan Suriyadagi terroristik tashkilotlarga pul jo‘natgan shaxs 10 yildan ko‘proqqa qamaldi

Andijon shahridagi oshxonada ishlagan fuqaro 2023-yilning avgust-dekabr oylarida Suriyadagi terroristik tashkilotlarga pul o‘tkazgan. U 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

YI davlatlari o‘t ochish to‘xtatilgan taqdirda, tinchlikparvar kuchlarini Ukrainaga yuborishni muhokama qilmoqda — Reuters
19 dekabr 2024, 15:21

YI davlatlari o‘t ochish to‘xtatilgan taqdirda, tinchlikparvar kuchlarini Ukrainaga yuborishni muhokama qilmoqda — Reuters

Yevropa davlatlari o‘t ochish to‘xtatilgan yoki tinchlik bitimi tuzilgan taqdirda, o‘n minglab tinchlikparvar kuchlarini Ukrainaga yuborishni muhokama qilmoqda, deb yozadi Reuters. Muzokaralar hali dastlabki bosqichda.

Toshkentda uch erkak homilador ayolga tegajog‘lik qilgani uchun 10 sutka qamoq jazosi oldi
19 dekabr 2024, 14:32

Toshkentda uch erkak homilador ayolga tegajog‘lik qilgani uchun 10 sutka qamoq jazosi oldi

Toshkentda uch nafar mast erkak ishdan qaytayotgan homilador ayolni haqoratlab, unga tegajog‘lik qilgan. Sud ularni mayda bezorilikda aybdor deb topib, 10 sutkadan qamoq jazosi tayinladi.

Energetika vazirining Otabek Bakirovga qarshi arizasi: Toshkent shahar IIBB jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etdi
19 dekabr 2024, 13:30

Energetika vazirining Otabek Bakirovga qarshi arizasi: Toshkent shahar IIBB jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etdi

Toshkent shahar IIBB energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning shikoyat arizasi bo‘yicha moliyachi Otabek Bakirovga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etdi. Boshqarmaning bu qaroriga, xususan, AOKAning shikoyat arizasida ko‘rsatilgan vajlar mavjud emasligi haqida tegishli ekspertiza xulosasi asos bo‘lgan.

Qishloq maktablarining isitish tizimini issiqlik nasoslariga o‘tkazish foydalimi? GEF KGD iqtisodiy tahlili
19 dekabr 2024, 12:42

Qishloq maktablarining isitish tizimini issiqlik nasoslariga o‘tkazish foydalimi? GEF KGD iqtisodiy tahlili

BMTTD 2023-yili Sirdaryodagi qishloq maktabida ko‘mirga muqobil isitish tizimini ishga tushirdi. Iqtisodchilar isitish mavsumi yakunlariga tayanib, yangi “yashil” texnologiya qanchalik foydali ekani va uning uchun qanday sharoitlar yaratilishi kerakligini o‘rgandi. Loyiha natijalari “Gazeta.uz” materialida.

Toshkentda bir sutka ichida ikkinchi Mercedes-Benz avtobusida yong‘in chiqdi
19 dekabr 2024, 12:41

Toshkentda bir sutka ichida ikkinchi Mercedes-Benz avtobusida yong‘in chiqdi

Sergeli tumanida 132-yo‘nalishda harakatlanadigan Mercedes-Benz avtobusida yong‘in sodir bo‘ldi. Kecha kechqurun Yunusobod tumanida ham xuddi shu rusumdagi avtobus yonib ketgandi.

Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev ishdan olindi
19 dekabr 2024, 12:38

Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev ishdan olindi

2017-yildan buyon Jizzax viloyati hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Ergash Saliyev ishdan olindi. Uning o‘rnini “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi raisi Ulug‘bek Mustafoyev egalladi.

Qashqadaryoda erkak va uning uch farzandi is gazidan halok bo‘ldi
19 dekabr 2024, 12:30

Qashqadaryoda erkak va uning uch farzandi is gazidan halok bo‘ldi

Qashqadaryoning Qarshi shahrida bir oilaning 4 nafar a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Foto: “O‘zbekkosmos” tomonidan yil boshidan buyon 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixona aniqlandi
19 dekabr 2024, 12:06

Foto: “O‘zbekkosmos” tomonidan yil boshidan buyon 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixona aniqlandi

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda umumiy maydoni qariyb 721 gektar bo‘lgan 1928 ta noqonuniy chiqindixona aniqlandi, deb xabar qildi “O‘zbekkosmos” agentligi. Eng ko‘p — 363 ta chiqindi poligoni Toshkent viloyatiga to‘g‘ri keladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting