Xalqaro arbitraj besh yillik jarayondan keyin Rossiyaning MTS kompaniyasining Turkmaniston ustidan kiritgan da’vosini rad etdi. Mobil operator mamlakat hukumati 2017-yilda kompaniya litsenziyasini uzaytirishdan bosh tortib, uning investorlik huquqlarini buzganini da’vo qilgan.
O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina Singapurda sport gimnastikasi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi. Abdulaziz Mirvaliyev ham jamoa hisobiga yana bir kumush medalni qo‘shdi.
O‘zbekistonda Qurbon hayitining birinchi kuni 28-iyun — chorshanba kuniga to‘g‘ri keladi va fuqarolar 2-iyulgacha ketma-ket 5 kun dam oladi.
O‘zbekistonda Qurbon hayitining birinchi kuni 28-iyunda nishonlanadi, deya ma’lum qildi Musulmonlar idorasi.
18-iyun kuni Yangihayot tumanida yuk tashuvchi liftning nosozlik tufayli tezlashib ketishi oqibatida 13 kishining hayoti xavf ostida qoldi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, may oyida foydalanishga topshirilgan uyning aholiga mo‘ljallangan 2 ta lifti nosoz bo‘lgan. Shu bois ular yuk tashuvchi liftdan foydalanib kelishgan.
Central Asian Expo Uzbekistan UFI Yevropa konferensiyasida yangi ko‘rgazma maydonini taqdim etdi. Tadbir Niderlandiyada 14−16-iyun kunlari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston transport vaziri va Eron yo‘l va shaharsozlik vaziri Eron-O‘zbekiston logistika markazini tashkil etish, shuningdek, Eronning Chobahor va Bandar-Abbos portlarida o‘zbekistonlik tadbirkorlar ishtirokida terminallar va omborlar qurishga kelishib oldi.
O‘zbekiston Energetika vazirligi “Gazprom” bilan gaz kelishuvi tafsilotlarini e’lon qildi. Hujjat ikki yilga tuzilgan, yetkazib berish hajmi kuniga 9 million kub metrni, yillik hajm deyarli 2,8 milliard kub metrni tashkil etadi. Avvalroq “Kommersant” hajm bundan ikki baravar ko‘proq bo‘lishi haqida yozgandi.
Seshanba kunidan boshlab O‘zbekistonga Kavkazdan nisbatan sovuqroq havo kirib kelishi hisobiga issiq pasaya boshlaydi. Ish haftasi oxirigacha havo harorati +33…+38 daraja atrofida bo‘ladi.
13-iyun kuni Oltinko‘l tumanidagi Qoradaryoga 13 va 12 yashar qarindosh bolalar cho‘kib ketdi. Ulardan birining jasadi topilgan. Bolalarning yaqinlariga ko‘ra, voqea ular baliq tutishga borganida sodir bo‘lgan. Olti kundan buyon 12 yashar bola qidirilmoqda.
O‘zbekiston hukumati qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanib jismoniy shaxslar va tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan ortiqcha elektr energiyasini sotish tartibini tasdiqladi.
DXX xodimlari tomonidan Qiziltepa tumanida 195 dona mayning qurilmalarini o‘rnatgan ferma aniqlandi. Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish oqibatida ferma davlatga 9,6 mlrd so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.
Tijorat banklari 19-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 405−11 460 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 490−11 520 so‘m.
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini tashabbusli budjetlashtirish orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tanqidlarga uchradi. Nizomga ko‘ra, dasturlar bo‘yicha faqat mahalla raisi loyihalar to‘plamini kiritish huquqiga ega, fuqarolar esa bunday qilolmaydi.
O‘zbekiston prezidenti Tehronda Eron oliy diniy rahbari Oyatulloh Sayyid Ali Xomanaiy bilan uchrashdi. Hamkorlik masalalari va mintaqaviy kun tartibi muhokama qilindi. Shavkat Mirziyoyev Eron innovatsiyalar va texnologiyalar ko‘rgazmasini ham borib ko‘rdi.
Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli uyda pastga tushayotgan lift nosozlik sababli tezlashib, birinchi qavatga yetganda tormoz tizimi ishlab to‘xtadi. 11 kishi jarohat oldi, ulardan 3 nafari shifoxonada qolmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tehronda Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan muzokaralar o‘tkazdi. Davlat rahbarlari ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladilar. Shuningdek, hukumatlar, idoralar va viloyatlar darajasida 15 ta hujjat qabul qilindi.
Turkiya Markaziy bankining tarixdagi ilk ayol rahbariga aylangan Hafiza Erkan dunyo bo‘ylab markaziy banklarni boshqarayotgan kam sonli ayollar qatoridan o‘rin oldi. Prinston bitiruvchisi va AQSh bank-moliya sohasida katta nufuzga ega bo‘lgan Erkan xonim o‘z faoliyatida ilk bor davlat sektorida ish boshladi.
Toshkentdagi Qo‘yliq ko‘prigi ustida 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisada hech kim jabrlanmadi.
Yakshanba kuni Ostonadagi Kaspi bankka qurolli shaxs bostirib kirib, odamlarni garovga oldi. U bankning barcha aktivlarini nogiron bolalar, kambag‘allar va muhtojlar fondiga o‘tkazishni talab qildi. Oradan vaqt o‘tib, bosqinchi politsiya tomonidan qo‘lga olindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting