27 yanvardan boshlab elektr energiyasidan qarzi bor iste’molchilar yana avtomatik tarzda tarmoqdan uziladi. Avvalroq o‘chirishlar anomal sovuq ob-havo sabab to‘xtatilgandi.
22 yanvarga o‘tar kechasi Mirzo Ulug‘bek tumanida tezlikni oshirib harakatlangan Tracker yo‘l chetidagi avtobusga urildi. Oqibatda Tracker`ning old qismida yong‘in chiqdi, undagi yo‘lovchilar turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.
IIOning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari huzurida «To‘maris izdoshlari» jamoaviy guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ular qizlarning huquq va manfaatlari buzilishi bilan bog‘liq masalalarni aniqlashda ko‘maklashadi. Guruh a’zolariga test sinovlarisiz kvota asosida o‘qishga kirish huquqi beriladi.
Zangiota tumanida 3 ta issiqxona 5000 ta xonadonning bir kunlik iste’moliga teng tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi. Oqibatda davlatga 87 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.
Qo‘qon shahrida viloyat YPX otryadi komandir o‘rinbosari Tracker avtomashinasini piyodalar o‘tish joyida qoldirdi. Viloyat IIB buning uchun xodim 600 ming so‘m jarimaga tortilganini ma’lum qildi.
2022 yilda O‘zbekistonning Xitoyga quvur orqali gaz yetkazib berish hajmi 1,07 mlrd dollarni tashkil etdi, bu 2021 yilga nisbatan 33,9 foizga ko‘pdir.
Andijon tumanidagi choyxonada yong‘in kelib chiqdi. Oqibatda 70 kvadrat metr maydonda tom, shift va jihozlar yonib zararlandi.
Kattaqo‘rg‘on tumanida chillasi chiqmagan kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi. Xonadon egalari ularni ko‘mgan va huquqni muhofaza qilish organlariga bu haqda xabar bermagan. Hozirda prokuratura holatni o‘rganmoqda.
Latent (yashirin) tuberkulyoz bo‘yicha skrining tekshiruvlari soni har yili 1 milliontaga, bemorlarni davolash qamrovi 21 ming nafargacha yetkaziladi. Mutaxassislar tomonidan o‘smirlar va kattalar rentgenologik, bolalar esa immunologik tekshiruvdan o‘tkaziladi.
«Gazeta.uz» kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan «Nima o‘qiymiz?» loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini har shanba sizga yetkazamiz.
O‘zbekistonda 2027 yilga borib OIV yuqtirib olgan shaxslarning 95 foizi o‘z maqomini bilishi, maxsus davolash kurslari bilan qamrab olinishi, 95 foizining qonida virus yuklamasi aniqlanmaydigan darajaga tushishi rejalashtirilmoqda. Shu vaqtga kelib, OIVning onadan bolaga yuqishiga barham berish ham ko‘zda tutilgan.
Pop tumanida to‘xtatilgan ikki mashinadan salkam 3 kilogramm opiy musodara qilindi. DXX ma’lumotiga ko‘ra, narkotik moddalar Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kirilgan. Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.
Ochiq rastalarda saqlanayotgan piyoz muzlab qolgan. Qishloq xo‘jaligi vazirligi narx oshishiga yonilg‘i yetishmasligi sababli yetkazib berishdagi uzilishlar ham ta’sir ko‘rsatganini bildirdi. Vazirlikka ko‘ra, mamlakatda piyoz zaxirasi mavjud va mahsulotni chetga sotish 4 oyga to‘xtatildi.
Karam barglaridan do‘lma, bedana tuxumli teftellar, qozonda pishirilgan qiymakabob, non-palov, pechda pishirilgan tovuq va kartoshka hamda boshqalar — Zira.uz mazali va to‘yimli issiq taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Rasul Kusherbayev internetda uni Toshkent hokimi etib tayinlash taklifiga javoban: «bu xalqning xohishi bo‘lishi mumkin, ammo rahbariyatning emas», — dedi. U bunga rozi bo‘lmasligini, chunki «noqonuniy topshiriqlar»ni bajarishni istamasligi, rahbariyat ham buni xohlamasligini bildirdi.
Andijonda fuqarolarni kaltaklab, keyin videoda uzr so‘rattirgan IIB xodimlari, o‘qituvchilardan uzr so‘ragan Angren shahar prokurori, Namanganda jarimaga tortilgan hokim haydovchisi, sovuq dam olish kunlari, gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Oliy ta’lim vazirligi OTM, kollej, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarda o‘qish 23 yanvardan boshlanishini ma’lum qildi.
Fransiyada payshanba kuni qariyb 1,12 mln kishi pensiya yoshini oshirishga qarshi namoyishga chiqdi. Rasmiylar sentabr oyidan boshlab har yili pensiya yoshini uch oyga ko‘tarish niyatida, 2030 yilga borib, u 64 yosh darajasigacha yetadi.
Asakada ichki ishlar xodimlari jamoat tartibini buzganlikda ayblab, fuqarolarga kuch ishlatdi. Tuman IIBga olib ketilgan fuqarolar uzr so‘rab, xodimlarga sovuqda tartibni saqlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi. Ularning kaltaklangani aks etgan videoni tarqatish esa yaxshi ish bo‘lmaganini aytdi.
O‘zbekistonda harakat tezligi 60 km etib belgilangan cheklov ko‘chalarda taqiqlovchi belgilar va moslashtirilgan tezlikni aniqlovchi moslamalar o‘rnatilgach kuchga kiradi. YHXX mas’uli haydovchilardan yangi tartibga hozirdan amal qilishni so‘radi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting