Yevropa parlamenti sun’iy intellektdan foydalanishni tartibga soluvchi qonun loyihasini qabul qildi. Hujjat SI yordamida yuzni tanishni taqiqlaydi va ChatGPT kabi chat botlarga kontentni kompyuter yaratayotganidan ogohlantirish talabi qo‘yiladi.
Davlatobod tumanida sof quyma oltinlarni 20 ming dollarga sotayotgan ikki shaxs ushlandi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, oltin bahosi 222,8 mln so‘mga baholangan.
BBC rus xizmati Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolarining Rossiya qamoqxonalaridan Ukrainadagi urushga yollangani bo‘yicha tekshiruvni e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday yollanganlar orasida kamida 93 kishi halok bo‘lgan, ulardan 34 nafari o‘zbekistonlik.
So‘nggi yillarda siyosiy va iqtisodiy inqiroz davom etayotganiga qaramay, yangiliklarga bo‘lgan qiziqish doimiy ravishda pasayib bormoqda. Reuters Institute`ning OAV rivojlanishi haqidagi hisobotiga ko‘ra, televideniye va bosma nashrlar ham o‘z o‘rnini yo‘qotmoqda.
Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev Qonunchilik palatasi oldidagi hisobotida vazirlik suvni sarflash madaniyati, uni o‘lchash va yetkazib berish bo‘yicha keskin takliflar tayyorlayotganini ma’lum qildi. Takliflar 2024-yilning budjet loyihasida ko‘rsatiladi.
O‘zbekistonda 2021-yil 1-maydan buyon 16 655 nafar yoshning 28,8 mlrd so‘mlik imtihon xarajatlari qoplab berildi. Ularning 9 053 nafarini ayol-qizlar tashkil etadi.
Ekobloger “O‘rikguli” Toshkent shahrida noto‘g‘ri sug‘orilayotgan yashil hududlar aks etgan navbatdagi tasvirlarni e’lon qildi. U sug‘orish favvoralarini ta’mirlashga, daraxtlarni sug‘orishga ortiqcha suv sarflamaslikka chaqirmoqda.
O‘zbekistonning 16 dzyudochisi yangilangan Olimpiya reytingiga kiritildi. Ular orasida tarixda birinchi marta ayollar terma jamoasining olti nafar vakili ham bor.
Andijondagi tergov hibsxonasida mahkumning kaltaklanib, o‘ldirib qo‘yilgani bo‘yicha 12 nafar IIO xodimiga sud hukmi o‘qildi. Ulardan 6 nafari qamaldi, qolgani uy qamog‘iga hukm qilindi. Marhumni kamerada kaltaklagan bir nafar mahbusning jazo muddati uzaydi.
Toshkentdagi “To‘qimachilik haftaligi” doirasida Better Cotton O‘zbekistonda paxtachilik sohasini yanada yaxshilash borasidagi yo‘l xaritasini taqdim etdi va u manfaatdor tomonlar ishtirokida imzolandi.
Hindistonning Indira Gandi xalqaro aeroportida qiymati 125 ming dollardan ziyod bo‘lgan 16,5 kg oltinni olib o‘tayotgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
Buxoro-Urganch avtomobil yo‘lida UzAuto Motors avtovozi va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi. Oqibatda kompaniya mashinasida bo‘lgan ikki haydovchi halok bo‘ldi.
Xorazmda “fuqaroni tinchini buzmaslik uchun” undan deyarli bir yil mobaynida 58 mln so‘m olib kelgan va yana 10 ming dollar talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi.
2022-yil davomida Rossiyadan 8,5 ming nafar dollar millioneri ko‘chib ketdi. Henley & Partners kompaniyasi ko‘rsatkich 15 ming nafar bo‘lishini prognoz qilgandi. Kompaniya bu farqni urush oqibatida joriy etilgan cheklovlar ko‘plab millionerlarning mamlakatni tark etishini qiyinlashtirgani bilan izohladi.
Yakkabog‘ tumanida elektr ta’minoti korxonasi mas’ullari VI-XII asrlarga oid “Chillamazortepa” arxeologiya obyekti hududiga transformator punkti o‘rnatgani aniqlandi. Buning oqibatida yodgorlikka 93 mln so‘mlik zarar yetgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Silk Avia kompaniyasi 27-iyundan 2-iyulgacha aviachiptalarga 30% gacha chegirma e’lon qildi. Shuningdek, kompaniya bayram kunlari arzon tarifdagi chiptalar soni ko‘paytirilishini bildirdi.
Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston prezidenti sayloviga doir saylov byulletenini to‘ldirish uchun Brayl alifbosi asosida tayyorlanadigan trafaret namunasi tasdiqlandi hamda ushbu trafaretlar bilan har bir saylov uchastkasini ta’minlash choralari belgilandi.
Chilonzordagi mis quvurlari ishlab chiqarish sexida texnologik jarayonning buzilishi oqibatida portlash va yong‘in ro‘y berib, 1 kishi halok bo‘lgani aniqlandi. 16 kishi shifoxonaga olib ketilgan. Dastlab 6 kishi jarohatlangani xabar qilingandi.
“Gazeta.uz” materialiga javoban “O‘zagroeksportbank” ustav kapitalini 32 mlrd so‘mdan 105 mlrd so‘mga oshirganini va litsenziya bekor qilinmasligi uchun uni 1-sentabrgacha 200 mlrd so‘mga yetkazish niyatida ekanini ma’lum qildi.
Chilonzor tumanidagi mis quvurlari ishlab chiqarish sexida portlash ro‘y berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 6 nafar fuqaro jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting