Arxiv

Jizzaxda 17 bosh toychoq yonib ketdi
29 noyabr 2022, 15:26

Jizzaxda 17 bosh toychoq yonib ketdi

Sharof Rashidov tumanida o‘g‘il otasining mol-mulkni noto‘g‘ri taqsimlaganidan norozi bo‘lib, otxonasini yoqib yubordi. Oqibatda 102 mln so‘mlik 17 bosh toychoq va 145 mln so‘mlik beda g‘arami hamda otxonaning tom qismi yonib ketdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda 10 oyda YTHlar oqibatida 226 nafar bola halok bo‘ldi
29 noyabr 2022, 15:23

O‘zbekistonda 10 oyda YTHlar oqibatida 226 nafar bola halok bo‘ldi

O‘zbekistonda 2022 yil yanvar-oktabr oylarida yuz bergan 7636 ta yo‘l-transport hodisasi oqibatida 1931 kishi halok bo‘ldi, ularning 226 nafari — bolalar. Avvalroq SSV O‘zbekistonda YTHlar oqibatida 5−14 yoshli bolalar o‘limi darajasi Yevropa mamlakatlariga qaraganda 4 baravar yuqoriligini ma’lum qilgan edi

Jarima ballarini hisoblash tizimi 1-dekabrdan boshlab test rejimida ishga tushiriladi — YHXX
29 noyabr 2022, 15:01

Jarima ballarini hisoblash tizimi 1-dekabrdan boshlab test rejimida ishga tushiriladi — YHXX

1-dekabrdan haydovchilar qoidabuzarligi uchun jarima ballarni hisoblash test rejimida ishga tushiriladi. Test rejimi vaqtida aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha ballar hisobga olinmaydi.

Ketma-ket o‘sishdan so‘ng koronavirus yuqtirganlar soni biroz kamaydi
29 noyabr 2022, 13:05

Ketma-ket o‘sishdan so‘ng koronavirus yuqtirganlar soni biroz kamaydi

O‘zbekistonda dushanba kuni 131 kishining koronavirusga qarshi topshirgan testi musbat natijani qayd etdi (bir kun avval 137 kishi). Kasallanishlarning aksariyati Toshkent shahrida ekani ma’lum bo‘ldi.

Toshkentdagi aholi gavjum hududlarda 170 ta mini-poliklinika ish boshlaydi
29 noyabr 2022, 12:47

Toshkentdagi aholi gavjum hududlarda 170 ta mini-poliklinika ish boshlaydi

Poytaxtning 12 ta tumanidagi ko‘p qavatli uylar hududida 170 ta mini-poliklinika tashkil etiladi. SSV bu aholini oddiy ko‘riklar uchun ham poliklinikaga qatnash ovoragarchiligidan xalos qilishini ta’kidlamoqda. Loyiha natijalari tahlil qilingach, 6 oydan so‘ng boshqa hududlarga tatbiq etiladi.

Gap «uch tomonlama gaz ittifoqi» haqida edi — Toqayevning matbuot kotibi
29 noyabr 2022, 12:22

Gap «uch tomonlama gaz ittifoqi» haqida edi — Toqayevning matbuot kotibi

Qozog‘iston prezidenti matbuot kotibining ta’kidlashicha, Qasim-Jomart Toqayev va Vladimir Putin «uch tomonlama gaz ittifoqi» (Rossiya + Qozog‘iston + O‘zbekiston) tuzish masalasini muhokama qilgan.

JCH-2022: Pley-off bosqichiga kimlar yo‘l oladi? Ehtimoliy ssenariylarni ko‘rib chiqamiz
29 noyabr 2022, 12:00

JCH-2022: Pley-off bosqichiga kimlar yo‘l oladi? Ehtimoliy ssenariylarni ko‘rib chiqamiz

JCH-2022`da guruh bosqichining 2-tur o‘yinlari yakuniga yetdi. Fransiya, Braziliya va Portugaliya terma jamoalari keyingi bosqichga chiqish masalasini oldindan hal qilib qo‘yishdi. «Gazeta.uz» so‘nggi tur oldidan qaysi terma jamoalarda pley-off bosqichiga chiqish uchun imkoniyatlar yuqoriroq ekanligini tahlil qiladi.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq va cheklovlar ro‘yxati belgilandi
29 noyabr 2022, 10:50

Davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq va cheklovlar ro‘yxati belgilandi

Ko‘chmas mulkka doir yangi qonun bilan yer uchastkasi, bino, inshoot va qurilish jarayonidagi obyektlar, shuningdek, ko‘p yillik daraxtlar va mulkiy majmua sifatidagi korxonalarga 13 turdagi huquqlar yoki cheklovlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish belgilandi. Qonun e’lon qilingandan 3 oy o‘tib kuchga kiradi.

Qashqadaryoda «KamAZ» urib ketishi sabab 9 yoshli qiz vafot etdi
29 noyabr 2022, 10:44

Qashqadaryoda «KamAZ» urib ketishi sabab 9 yoshli qiz vafot etdi

Qamashi tumanida «KamAZ» piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 2013 yilda tug‘ilgan qizni urib ketdi. Jabrlanuvchi og‘ir jarohat olib vafot etdi.

Turdanov Tajimuratovga qarshi ko‘rsatuv berdi
29 noyabr 2022, 10:42

Turdanov Tajimuratovga qarshi ko‘rsatuv berdi

Ayni vaqtda Buxoro viloyati sudida ayblanuvchilar Nukus voqeasi bo‘yicha o‘z fikrini bildirmoqda. Birinchi bo‘lib so‘zga chiqqan Azamat Turdanov Dauletmurat Tajimuratov bilan tortishib qoldi va unga qarshi ko‘rsatuv berdi.

Buxoroda Cobalt haydovchisi IIB xodimi mashinasini urib qochdi
29 noyabr 2022, 10:15

Buxoroda Cobalt haydovchisi IIB xodimi mashinasini urib qochdi

Qorako‘l tumanida Cobalt haydovchisi yo‘lini to‘sgan IIB xodimi mashinasini urib qochdi. U avtomashinani Olot tumanida tashlab ketgani aniqlandi. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.

Banklarda dollar kursi bir necha kunlik o‘sishdan so‘ng tushdi
29 noyabr 2022, 09:39

Banklarda dollar kursi bir necha kunlik o‘sishdan so‘ng tushdi

Tijorat banklarida 1 AQSh dollari 11 285 so‘mdan sotilmoqda, sotib olish kursi esa 11 210 — 11 270 so‘m oralig‘ida.

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etiladi
29 noyabr 2022, 09:33

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etiladi

Prezident farmoni bilan Bosh prokuratura akademiyasi negizida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etiladi. Muassasada 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab tergov faoliyati va huquqni muhofaza qilish faoliyatining boshqa sohalarida bakalavriat va magistratura o‘quv jarayoni yo‘lga qo‘yiladi.

Toshkent hokimligi hindistonlik tadbirkorning Jahongir Ortiqxo‘jayevga nisbatan aybloviga munosabat bildirdi
29 noyabr 2022, 08:32

Toshkent hokimligi hindistonlik tadbirkorning Jahongir Ortiqxo‘jayevga nisbatan aybloviga munosabat bildirdi

Minerva city, Lake city va boshqa qator loyihalarni amalga oshirayotgan hindistonlik tadbirkor Murari Lal Jalan Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni shantajda aybladi. Hokimlik buni davlat xizmatchisini obro‘sizlantirishga urinish deb e’lon qilib, Bosh prokuraturaga ariza berilayotganini bildirdi.

JCH-2022: Braziliya va Portugaliya terma jamoalari 2-turdayoq pley-offga chiqish masalasini hal qilishdi
29 noyabr 2022, 07:11

JCH-2022: Braziliya va Portugaliya terma jamoalari 2-turdayoq pley-offga chiqish masalasini hal qilishdi

G va H guruhlaridan joy olgan Braziliya — Shveysariya, Portugaliya — Urugvay bahslari favorit jamoalarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Braziliya va Portugaliya terma jamoalari ikkita turda ham g‘alaba qozonib, pley-off bosqichiga chiqish masalasini hal qilishdi.

Putin Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida «qandaydir uch tomonlama ittifoq» tuzishni taklif qildi — Toqayev
28 noyabr 2022, 23:03

Putin Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida «qandaydir uch tomonlama ittifoq» tuzishni taklif qildi — Toqayev

Vladimir Putin Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida «qandaydir uch tomonlama ittifoq» tuzishni taklif qildi, deya ma’lum qildi Qozog‘iston prezidenti Kremldagi muzokaralardan so‘ng. U mazkur taklifni ko‘rib chiqishga tayyorligini va Putin bu borada Shavkat Mirziyoyevga qo‘ng‘iroq qilmoqchi ekanini aytdi.

Imtiyozlardan voz kechish, import to‘siqlarini olib tashlash: samarali pul-kredit siyosati uchun Markaziy bank shartlari
28 noyabr 2022, 22:47

Imtiyozlardan voz kechish, import to‘siqlarini olib tashlash: samarali pul-kredit siyosati uchun Markaziy bank shartlari

O‘zbekiston MB pul-kredit siyosati samaradorligini oshirish uchun hukumatni import yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, xususiy tadbirkorlik subyektlarini temir yo‘l va havo transportiga jalb qilish, ulgurji savdoni naqd pulsiz shaklga o‘tkazish, imtiyozli va yo‘naltirilgan kreditlardan voz kechishga chaqirmoqda.

28 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
28 noyabr 2022, 22:00

28 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Nukus voqealari bo‘yicha gumonlanuvchilarga qo‘yilgan ayblovlar, tartibsizliklar natijasida yetkazilgan 6,7 mlrd so‘m moddiy zarar, sovuq ob-havo, har payshanba OAV bilan muloqot qiladigan IIV, NKMKda halok bo‘lgan mashinist, o‘zini otib o‘ldirgan IIB xodimi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Toshkentdan Nukusga 7 soatda, Urganchga esa 6 soatda yetib borish mumkin bo‘ladimi?
28 noyabr 2022, 21:42

Toshkentdan Nukusga 7 soatda, Urganchga esa 6 soatda yetib borish mumkin bo‘ladimi?

Prezident Nukusgacha bo‘lgan temir yo‘lni elektrlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Buning natijasida Toshkent bilan Nukus o‘rtasidagi qatnov vaqti 7 soatgacha qisqarishi kerak. Ma’lum qilinishicha, tezyurar elektr poyezdi Urganchga 6 soatda yetib boradi (ilgari 8 soat deyilgandi).

Chimyon hududida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi
28 noyabr 2022, 21:29

Chimyon hududida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi

29−30 noyabr va 1 dekabr kunlari Chimyon tog‘lari bo‘ylab qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Shuningdek, kuchli yog‘ingarchilik sababli Qamchiq dovoni hududidagi avtoyo‘lda qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting