Fransiyaning Rungis Semmaris kompaniyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga mahsulotlarning ulgurji savdosi bo‘yicha O‘zbekistonda sakkizta yirik agrologik markazlar tarmog‘ini yaratish va boshqarishni yo‘lga qo‘yishda yordam beradi. Ular mamlakatning yirik shaharlari atrofida quriladi. Markazlar orasida eng ixchamining maydoni 10 gektarni tashkil qiladi.
Nikohdan o‘tish, xorijga chiqish pasportini olish, transport vositasini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish va boshqalarda «propiska qaramligi»ni bekor qilish taklif etilmoqda.
Time jurnali AQSHning yangi saylangan prezidenti Jo Bayden va bo‘lajak vitse-prezident Kamala Xarrisni yil odami deb e’lon qildi.
Deputat Rasul Kusherbayev «snos"larga qarshi moratoriy e’lon qilish taklifi bilan chiqdi. Uning aytishicha, asossiz va ruhsatsiz «snos"larga yo‘l qo‘yish bu zulm bilan barobardir.
«O‘zeltexsanoat» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Mansur Hoshimov rossiyalik investorlarga «Foton»ning 85,15 foiz aksiyalar paketini taklif qildi. Shuningdek, u O‘zbekistonda elektronika va elektrotexnika sohasida rivojlanish strategiyasini birgalikda ishlab chiqish, telekom-uskunalar, maishiy va sanoat robotlarini yaratishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish taklifini ilgari surdi.
«Yuksalish» UMH raisi, deputat Bobur Bekmurodov Rossiya tomonidan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga nisbatan qo‘yilgan taqiqlar JSTga a’zolikni tezlashtirish lozimligini eslatayotganini ta’kidladi. «Bunday harakatlar tashqi bozorlarimizni diversifikatsiyalashga jiddiy e’tibor qaratish lozimligini yana bir bor eslatmoqda», — dedi quyi palata deputati.
Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining videoanjuman shaklida o‘tadigan sammitida qatnashadi. O‘zbekistonga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomini berilishi kutilmoqda.
Navoiy viloyati Xatirchi tumanida fermer hokim qarori ustidan sudga murojaat qilgach, o‘zi yashovchi hududdagi ariqdan jasadi topilgan. Uning yaqinlari bu ishda tuman hokimining qo‘li borligini aytmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
1 yanvardan boshlab, Toshkent shahar jamoat transportlaridan foydalanishda naqd pul orqali to‘lov qilish tizimi o‘rniga, yagona transport kartasi joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari qog‘oz shaklidagi oylik yo‘l chiptalari ham bekor qilinadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazadi. Unda turli sohalarda o‘zaro hamkorlik masalalari, qolaversa, jahon va Markaziy Osiyodagi vaziyat yuzasidan fikr almashish kutilmoqda. Ikki davlat yetakchilari koronavirusga qarshi kurashishga ham ham e’tibor qaratishadi.
Osiyo taraqqiyot banki bu yil mintaqadagi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun iqtisodiy o‘sish prognozlarini -0,7% dan -0,4% gacha yaxshiladi. Markaziy Osiyo YAIMining prognozi 2020 yilda 2,1% darajasida saqlanib qolinadi.
Sudya lavozimiga nomzodlar endilikda psixologik testlardan o‘tishi lozim bo‘ladi. Bundan tashqari ichkilik va korrupsiyaga moyilligi ham tekshirilishi ko‘zda tutilgan.
The Tower Mall Management Group pandemiya paytida ham ishlashga qodir bo‘lgan savdo markazini o‘ylab topdi va DEPO Mall loyihasini ishlab chiqdi. DEPO Mall bu ko‘cha chakana savdosi uchun juda qulay savdo markazi bo‘lib, savdo do‘konlarining barchasi ochiq maydonda, lekin bir xil sayr joylari bilan birga yaratilgan. DEPO Mall xozirdanoq sizga binolarni ijaraga olish yoki sotib olish imkonini beradi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga 16 ta zamonaviy avtomobil topshirildi. Ulardan butun mamlakat bo‘ylab bolalarning vaqtida emlangani monitoringini yuritish sifatini yanada yaxshilash uchun foydalaniladi.
Reper Morgenshtern “Merin” nomli Mercedes-Benz mashinasini yangi egasiga topshirish maqsadida Toshkentga keldi. Instagramdagi tanlovda uning avtomobilini buxorolik Azim Abdullayev yutib olgan edi. Hozircha ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan masala — bojxona to‘lovi qanchaga tushgani ma’lum emas.
Shavkat Mirziyoyev pandemiya sababli turizm sohasi uchun 2020-yil oxirigacha berilgan imtiyoz va preferensiyalarni 2021-yil oxiriga qadar uzaytirish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, aholining bor-yo‘g‘i 19 foizi jismoniy tarbiya va sport bilan qamrab olingani aytildi. Cport infratuzilmasini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbariyatining 20 ta ko‘ngilli oila a’zolari Xitoydan olib kelingan rekombinant vaksina bilan birinchi dozada emlangan.
Andijondagi ko‘p qavatli uylarning birida gaz portlashi oqibatida 30 kv. metr maydon yonib zararlangan. Xonadondagi uch kishi turli darajadagi kuyish tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Qashqadaryolik erkak turmush o‘rtog‘ini boshqa kishidan homilador bo‘lganlikda ayblab, qaynonasi, homilador xotini va ikki nafar bolani pichoqlab o‘ldirdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov UzAuto Motors`ga oid so‘nggi yangiliklar yuzasidan fikr bildirdi. U Jahon savdo tashkilotiga a’zolik orqali raqobat muhitini shakllantirishga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ta’kidladi. “Shu fikrga kelish uchun shuncha shovqin, shuncha populizm… Kimlardir mashhurroq bo‘lgandir, O‘zbekiston yutmadi”, — dedi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting