Arxiv

Toshkent hokimi v.b. bekatlarni tartibga solishga va’da berdi
8 aprel 2023, 21:55

Toshkent hokimi v.b. bekatlarni tartibga solishga va’da berdi

Toshkent shahri hokimligi rahbari Shavkat Umurzoqov va IIV o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev poytaxtga keltirilgan yangi avtobuslardan birida harakatlandi. Hokim v.b. tez orada bekatlar tartibga keltirilishi, ularning oldida suv to‘planib qolmasligini bildirdi. “Salgina sabr qiling”, — dedi u.

Toshkentga 233 ta avtobus va elektrobus olib kelindi. Foto
8 aprel 2023, 21:23

Toshkentga 233 ta avtobus va elektrobus olib kelindi. Foto

Toshkentga Xitoyda ishlab chiqarilgan 233 ta avtobus va elektrobus keltirildi. Shundan 203 tasi Yutong elektrobus va avtobuslari, 30 tasi esa o‘ta katta sig‘imli (18 metrli) King Long avtobuslaridir.

Activist loyihasi muallifi Hojiakbar Nosirov 15 sutkaga qamaldi
8 aprel 2023, 20:46

Activist loyihasi muallifi Hojiakbar Nosirov 15 sutkaga qamaldi

Tarkibida karmin moddasi mavjudligi sababli ayrim yogurtlar harom ekanini aytib chiqqan Activist loyihasi muallifi Hojiakbar Nosirov 15 sutkaga qamaldi. U “diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallar tarqatish” va “ichki ishlar xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”da ayblangan.

O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov vafot etdi
8 aprel 2023, 19:53

O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov uzoq davom etgan qand kasalligidan so‘ng 74 yoshida vafot etdi.

Akademik Habibulla Akbarov vafot etdi
8 aprel 2023, 17:58

Akademik Habibulla Akbarov vafot etdi

Fanlar akademiyasi akademigi Habibulla Akbarov 87 yoshida vafot etdi. U fan arbobi, geologiya sohasida yirik olim hisoblanadi.

Buxoroda fuqaro tomorqasiga zarar yetkazgan eshakning quloqlarini kesib tashladi
8 aprel 2023, 13:52 1

Buxoroda fuqaro tomorqasiga zarar yetkazgan eshakning quloqlarini kesib tashladi

Peshku tumanida fuqaro qo‘shnisining eshagi tomorqaga zarar yetkazgani uchun uning quloqlarini kesib tashladi. Jonivor ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida nobud bo‘ldi. Fuqaro 3 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin.

Toshkentda ayol va uning 8 oylik o‘g‘li vafot etdi
8 aprel 2023, 12:44

Toshkentda ayol va uning 8 oylik o‘g‘li vafot etdi

Mirobod tumanidagi uylarning birida 25 yoshli ayol va uning 8 oylik o‘g‘li vafot etdi. Ularning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

Yanvar-mart oylarida “Tez yordam”ga 3 milliondan ortiq murojaat kelib tushdi
8 aprel 2023, 12:29

Yanvar-mart oylarida “Tez yordam”ga 3 milliondan ortiq murojaat kelib tushdi

O‘zbekistonda so‘nggi 3 oyda “Tez yordam” xizmatiga 3 mln 90 mingta chaqiriq kelib tushdi. Ularning eng ko‘pi Farg‘ona, Andijon viloyatlari hamda Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi.

Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
8 aprel 2023, 12:15

Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Shayxontohur tumanida Lacetti, Captiva va 2 ta Nexia avtomashinalari to‘qnashdi. Bir yo‘lovchi jarohat oldi.

“Monedan Kandinskiygacha”. Toshkentda modernist rassomlarning multimedia ko‘rgazmasi davom etmoqda
8 aprel 2023, 11:01

“Monedan Kandinskiygacha”. Toshkentda modernist rassomlarning multimedia ko‘rgazmasi davom etmoqda

“O‘zekspomarkaz”da “Monedan Kandinskiygacha. San’atdagi inqilob” multimedia ko‘rgazmasi davom o‘tmoqda. Jahon san’ati durdonalarining animatsiyali ekspozitsiyasi tashrif buyuruvchilarni XIX asr oxiri va XX asr boshidagi badiiy oqimlar va ularning asosiy vakillari bilan tanishtiradi.

Toshkentning 4 ta tumanidagi ayrim hududlarda 2 kun suv bo‘lmaydi
8 aprel 2023, 10:55

Toshkentning 4 ta tumanidagi ayrim hududlarda 2 kun suv bo‘lmaydi

Yakkasaroy, Sergeli, Yangihayot va Mirobod tumanlaridagi ayrim joylar 10-apreldan 12-aprelgacha ichimlik suv tarmog‘idan uziladi.

Samarqandda soliq boshqarmasi bosh inspektori 15 ming dollar olganlikda gumonlanib ushlandi
8 aprel 2023, 10:34

Samarqandda soliq boshqarmasi bosh inspektori 15 ming dollar olganlikda gumonlanib ushlandi

Samarqandda soliq boshqarmasi soliq nazorati bo‘limi bosh inspektori fuqaroning qarzdorligini kamaytirib berish evaziga undan 15 ming dollar olgani aytilmoqda. Namanganda esa advokat sud ishini ijobiy hal qilib berish uchun fuqarodan 7 ming dollar olgani gumon qilinmoqda.

Nima tayyorlaymiz: Iftorlik uchun taomlar
8 aprel 2023, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Iftorlik uchun taomlar

Karam barglaridan golupsi, qovurma lag‘mon, frikadelkali turkcha sho‘rva, klassik lazanya, mampar va boshqalar — Zira.uz iftorlik uchun tayyorlash mumkin bo‘lgan mazali taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Urgutda 19 yoshli ayolning o‘z joniga qasd qilishi holati qayta tergov qilinadi
7 aprel 2023, 22:34

Urgutda 19 yoshli ayolning o‘z joniga qasd qilishi holati qayta tergov qilinadi

Samarqand viloyati prokuraturasi Urgut tumani prokuraturasining 19 yoshli kelinning fotosurati “Telegram” tarmog‘idagi behayo kanalga chiqarib yuborilgani sababli o‘zini o‘zi osib qo‘ygan bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atishni rad etish haqidagi qarorini bekor qildi.

Vayner Farhod Mannopovning o‘limi bo‘yicha jinoyat ishi qayta malakalandi
7 aprel 2023, 22:18

Vayner Farhod Mannopovning o‘limi bo‘yicha jinoyat ishi qayta malakalandi

Prokuratura vayner Farhod Mannopovning o‘limi bo‘yicha jinoyat ishini qayta malakaladi. Qalampir ma’lumotlariga ko‘ra, Mannopov operatsiya qilingan Toshkentdagi xususiy klinikada plastik jarroh, laborant va UZI-mutaxassisi malaka toifasini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eta olmagan.

7-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
7 aprel 2023, 22:00

7-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yomg‘irli o‘tadigan dam olish kunlari, “Tashabbusli budjet” loyihasining g‘oliblari, Toshkent viloyatida buziladigan 23 ta eski “dom”, Toshkentdan Zangiota shifoxonasiga yangi avtobus, Sirdaryo viloyatining yangi hokimi, Qoraqalpog‘istonda 8 gektar dalani suv bosgani va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

O‘zbekistonda yana bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish masalasi ko‘tarildi
7 aprel 2023, 21:51

O‘zbekistonda yana bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish masalasi ko‘tarildi

Prezident 2022-yil aprelida O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish haqidagi qarorini bekor qilgan edi. Biroq oradan bir yil o‘tib, yangi qaror bilan ushbu yo‘nalishda takliflar kiritish bo‘yicha ishchi guruh tuzishni topshirdi.

SHHT MATT 2023-yilda aksilterror mashqlari va axborot operatsiyasi o‘tkazadi
7 aprel 2023, 21:29

SHHT MATT 2023-yilda aksilterror mashqlari va axborot operatsiyasi o‘tkazadi

Toshkentda SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tashkilot a’zolari Qirg‘izistonda aksilterror mashqlari hamda internetdan terroristik, separatistik va ekstremistik maqsadlarda foydalanishning oldini olish bo‘yicha birinchi qo‘shma axborot operatsiyasini o‘tkazishga kelishib olindi.

Xorazm ishi: mehribonlik uyi rahbari qizlarni fohishalikka majburlagan bo‘lishi mumkin
7 aprel 2023, 21:14

Xorazm ishi: mehribonlik uyi rahbari qizlarni fohishalikka majburlagan bo‘lishi mumkin

Xorazmdagi oilaviy mehribonlik uyi rahbari o‘quvchilarni tungi klublarda fohishalik yo‘li bilan pul ishlashga majburlagan bo‘lishi mumkin, deya ma’lum qildi qizlar o‘qigan maktab direktori. Maktab o‘qituvchisi jabrlanuvchilardan birini asrab olmoqchi bo‘lgan, biroq rasmiylar unga ruxsat bermagan.

Fransiya prezidenti Xitoyni urushni to‘xtatish uchun Rossiyaga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi
7 aprel 2023, 20:51

Fransiya prezidenti Xitoyni urushni to‘xtatish uchun Rossiyaga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi

Xitoyga tashrif buyurgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakat yetakchisi Si Szinpinni Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini to‘xtatishga yordam berishga chaqirdi. XXR rahbari tinchlik muzokaralari erta boshlanishiga umid bildirib, tomonlarni vazminlikni saqlash, tinch aholiga hujumlardan qochishga chaqirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting