Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahrom A’loyevning ma’lum qilishicha, Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan buyon 6030 nafar o‘zbekistonlik maxsus reyslar orqali evakuatsiya qilindi. Yil davomida xorijdagi fuqarolar uchun 200 mingdan ortiq konsullik operatsiyasi amalga oshirildi.
O‘zgidromet 8−11-aprel kunlari O‘zbekistonning 9 ta viloyatida hamda tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli haqida ogohlantirdi. Joylarda shamol kuchayib, ayrim hududlarda do‘l yog‘ishi ham mumkin.
Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi sessiyada Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga 2022-yil noyabr oyidan beri hokim vazifasini bajarib kelayotgan Akmal Mahmudaliyev nomzodi tasdiqlandi.
Toshkent viloyatidagi Chimyon tog‘larida 8−11-aprel kunlari qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyati aholisi farovonligini oshirish bo‘yicha 5 ta tashabbusni ilgari surdi. 20 ta yo‘nalishdagi loyihalarga imtiyozlar joriy etiladi, 11 ta tuman va shahar sanoatga ixtisoslashadi, viloyat yirik logistika xabiga, Guliston shahri esa “Innovatsion meditsina xabi”ga aylantiriladi.
Ellikqal’a tumanida kanaldan suv chiqishi oqibatida 8 gektar dalani suv bosgan. O‘rganishlar davomida mazkur hududdagi fermer kanalga noqonuniy suv olish trubasini o‘rnatgan va o‘sha trubalar qo‘yilgan qisimdan suv sizib chiqqan. Natijada, kanal qirg‘og‘i yemirilib suv chiqqan. Holat bo‘yicha o‘rganish boshlangan.
Senatorlar “Jinoyat kodeksiga korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi. Endi ushbu jinoyatlarda aybdor deb topilganlar jazo muddatidan ilgari ozod qilinmaydi va yengil jazoga almashtirilmaydi.
2023−2026-yillarda O‘zbekiston ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Xalqaro tashkilotlar uch yillik islohotlar uchun 580 mln dollardan ko‘proq ajratishni rejalashtirgan. “Gazeta.uz” O‘zbekiston rasmiylari va xalqaro tashkilotlar vakillaridan bu qanchalik samara berishi haqida so‘radi.
Samarqand shahrida AQSh va Kanadaga fuqarolarni noqonuniy ravishda jo‘natmoqchi bo‘lib, ulardan pul olgan shaxslar qo‘lga olindi.
Shanba va yakshanba kunlari O‘zbekistonning qator hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatiladi. Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Harorat kechalari +7…+12 daraja, kunduzi +22…+27 darajani tashkil etadi.
“Tashabbusli budjet” loyihasining 2023-yildagi 1-mavsumiga ovoz berish 7-aprelda yakunlandi. Jami 1666 ta loyiha g‘olib deb topildi va ularni amalga oshirish uchun 1,6 trln so‘mga yaqin mablag‘lar yo‘naltiriladi. Hududlarda odatdagidek odamlar bayram qilishni boshlab yubordi.
Sirdaryoni sanoat, tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va tibbiyot sohalarida “ilg‘or innovatsiyalar hududi”ga aylantirish rejalashtirilgan, dedi viloyatga tashrif buyurgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.
Jahon banki O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 2023-yilda 5,1 foizga o‘sishini prognoz qildi. Bu Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yuqori ko‘rsatkich. Rossiyaning Ukrainadagi urushi va sanksiyalarning oqibatlari oziq-ovqat va energiya narxlariga ta’sir qilishda davom etadi.
Tanzila Narbayeva bolalar va ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ilg‘or deb atadi, uni qabul qilishdagi qiyinchiliklarni qayd etib, faollarga minnatdorlik bildirdi. 2021−2022-yillarda ayol-qizlarga nisbatan 72 mingta zo‘ravonlik holatlari bo‘lgan, ularning 85 foizi oilada sodir etilgan.
Toshkent viloyatida avariya holatidagi 23 ta ko‘p kvartirali uy buzilib, o‘rniga yangisi qurilishi rejalashtirilmoqda. Yangi uylar bitgunga qadar xonadon egalari 11 oy tuman/shahar hokimligi va tashabbuskorlar mablag‘i hisobidan ijarada yashab turadi.
7-aprel kuni prezident Sirdaryo viloyatiga tashrif buyuradi. Davlat rahbari xalq deputatlari viloyat kengashining sessiyasida ishtirok etadi, korxonalar faoliyati bilan tanishadi.
Toshkentdan Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasigacha 154-sonli Isuzu avtobusi harakati yo‘lga qo‘yildi. Ish tartibi soat 6:00 dan 21:30 gacha etib belgilandi.
Qirg‘iziston Transport vazirligi vakili Nurmat Musabekovning ma’lum qilishicha, Xitoydan Qirg‘iziston va O‘zbekiston orqali o‘tadigan yangi temiryo‘l Yevropaga yuk tashish muddatini bir haftaga qisqartiradi.
Tijorat banklari 7-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 300 — 11 360 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 380 — 11 430 so‘m.
O‘zbekistonda mart oyida 79 mln kub metr (76,3 mlrd so‘m) hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bunday holatlarning eng ko‘pi Buxoro, Farg‘ona va Jizzax viloyatlarida qayd etilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting