To‘raqo‘rg‘on tumanida erkak uyiga 27 mln so‘mlik bank krediti va boshqa qarzlarini undirish uchun kelgan MIB xodimiga pichoq bilan tashlandi. Xodim o‘zini himoya qilib, o‘ng qo‘l kaft sohasidan jiddiy jarohat oldi. Holat bo‘yicha fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Xo‘jayli tumanidagi 41-maktabda o‘quvchilarga berilgan shokolad ichidan qum, keks ichidan esa qizlar sochiga taqadigan vosita chiqdi. Bolalarga berilgan “Stel” shokoladi tashqi ko‘rinishidan “Step” shokoladiga juda o‘xshash va u kontrafakt mahsulot bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston XTV holat o‘rganilayotganini bildirdi.
O‘zbekiston Energetika vazirligining ishchi guruhi So‘x tumanidagi yerosti gaz saqlash inshootini tiklash loyihasi doirasida Qirg‘izistonning Qadamjoy tumanida bo‘ldi.
Qashqadaryo viloyati prokuraturasi Chiroqchi tumanida Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘ining o‘ldirilishi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Avvalroq jonivor ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining buyrug‘i bilan “aholi xavfsizligi uchun” otilgani xabar qilingandi.
Putin bilan telefonda gaplashgan Shavkat Mirziyoyev, Sirdaryoda avtomobil zavodi qurishni taklif qilgan prezident, yoshlar “yaxshi”, “o‘rta”, “ahvoli og‘ir” toifalariga ajratilishi, Toshkentda 8-sinf o‘quvchisi vafot etgani, import tovarlarga iste’mol krediti berilishi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Samarqandlik tadbirkor Xurshid To‘rayev Toshkent shahri markazidagi Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Aloqabank” binolarini sotib olgan kompaniyaga aloqador bo‘lishi mumkin. Bu yerda savdo va ko‘ngilochar majmua paydo bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
1-iyundan “Yoshlar daftari”dagi talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan stajirovka tizimi joriy qilinadi. Viloyatlarda “Kreativ park” tashkil etiladi. Shu maqsadda “Yangi O‘zbekiston yoshlari tashabbuslari” jamg‘armasi tuzilib, unga 100 mln dollar yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston prezidenti xitoylik hamkorlar bilan Sirdaryo viloyatida avtomobil zavodi qurishni taklif qildi. “Avtomobil zavodlari qancha ko‘p bo‘lsa, narx ham shunchalik arzon bo‘ladi, sifat ham o‘zgaradi”, deb hisoblaydi Shavkat Mirziyoyev. Shuningdek, Sirdaryoda yo‘l qurilishiga biznesni jalb qilish boshlanadi.
Markaziy bank uy xo‘jaliklari va korxonalarning inflyatsiya kutilmalari ma’lumotlarini e’lon qildi. Aholining inflyatsion kutilmalari yanvarda 18,9 foizga, tadbirkorlikda esa 18,7 foizga oshdi. Bu koronavirus pandemiyasi avjiga chiqqan 2020-yilning iyulidan beri kuzatilgan maksimal ko‘rsatkichdir.
Xorazmda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqada bo‘lganlikda ayblangan ikki nafar sobiq amaldorning ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga o‘tkazildi. Avvalroq Oliy sud ishni qayta ko‘rish uchun apellyatsiya instansiyasiga qaytargan edi.
O‘zbekiston xalq artisti Malika Ahmedova yashash uyidan 600 ming dollarga teng qimmatbaho taqinchoqlar o‘g‘irlab ketilganini aytmoqda. Uning fikricha, o‘g‘rilar topilgan, ammo qimmatbaho brilliant va tillalar qaytirilmagan. 11-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tumani prokurori Aliakbar Pulatov raqqosa bilan uchrashdi.
Toshkentga keltirilgan katta hajmli yangi avtobuslar taqdimotida transport vaziri voz kechilgan tramvay va trolleybuslar va poytaxt markaziga tezda qaytarishning iloji yo‘q tramvaylar to‘g‘risida gapirdi. Shuningdek u ko‘chalarni kengaytirish hamda yo‘l o‘tkazgichlar qurish xato ekanini aytdi.
O‘zbekistonda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlaridan kelib chiqib, “yaxshi” (4,4 mln), “o‘rta” (4,6 mln) va “ahvoli og‘ir” (396 ming) toifalariga ajratildi.
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqotda tovar ayirboshlash, qo‘shma kooperatsiya loyihalari va boshqa masalalarni muhokama qildi. Mamlakatlar rahbarlari madaniy-gumanitar almashinuv dasturi bo‘yicha hamkorlik sermahsul bo‘layotganini ham ta’kidladi.
Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston prezidenti bolalar va ayollarni himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan qonunni imzoladi, unda oiladagi zo‘ravonlik hamda tazyiqlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Mirobod tumanidagi 110-maktabning 8-sinf o‘quvchisi vafot etdi. Uning o‘limiga oshqozon osti beziga keng ko‘lamli qon quyilishi, o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg‘ona filialiga o‘qishga kirishda yuqori ball to‘plagan, ammo soxta natijalar tufayli o‘qishga qabul qilinmagan 145 nafar abituriyent ishi ko‘rib chiqilib, ular talabalikka tavsiya etildi. Oliygoh qabul komissiyasi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jarqo‘rg‘on tumanida Lacetti va Nexia ishtirokidagi YTHda 2 kishi vafot etdi, 6 nafari esa jarohatlandi.
O‘zbekistonda “Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasi tayyorlanishi kutilmoqda. Unga ko‘ra, banklar omonatlarni kafolatlash fondiga a’zo bo‘lishi talab etiladi, omonatchilarning bankdan ustuvor ravishda talab qilish huquqi fondga o‘tkaziladi.
IIV Namangan shahrida voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlangan erkakka nisbatan qidiruv e’lon qildi. Tarmoqlarda uni qo‘lga olish maxsus tadbiri aks etgan video tarqalgandi. Vazirlik erkakning ruhiy xastaligi va “nihoyatda tajovuzkorligi” sababli uni uchratganlardan ehtiyot bo‘lishlarini so‘radi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting