TDT sammitida Shavkat Mirziyoyev a’zo mamlakatlar bugungi kunda keskin geosiyosiy ziddiyatlar va global iqtisodiy inqiroz bilan bog‘liq sinovlarni boshdan kechirayotganini ta’kidladi. «Qiyinchiliklarni do‘stlik, hamkorlik va bir-birimizni qo‘llab-quvvatlash orqali yengib o‘tishga qodirmiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Markaziy bank 11 noyabr kungi dollarning rasmiy kursini 11 194,86 so‘m etib belgiladi. Shunga ko‘ra, tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.
«Gazeta.uz» va Dmitriy Povarov JCH-2022 arafasida «E» guruhi bilan tanishtiradi: Germaniya yangi murabbiyning yutuqlarini namoyish etishga, Ispaniya esa to‘liq nazoratni saqlab qolishga harakat qiladi, Kosta-Rika o‘zini sinovdan o‘tkazishga, Yaponiya esa tezlik va texnikasini to‘g‘ri yo‘naltirishga tayyorlanmoqda.
2023 yil 1 yanvardan moliyaviy hisobotlarni soliq va statistika organlariga har chorakda taqdim etish talabi bekor qilinadi. Bundan tashqari, yuridik shaxslar xodimlarining ish haqi va boshqa daromadlari haqidagi arxiv hujjatlarini saqlash va arxivlarga topshirishdan ozod qilinadi.
Adliya vazirligi E-qaror portalida Toshkent hokimligining shahar budjetiga oid hujjatlari avval “o‘chirilgani”, so‘ngra qayta tiklangani yuzasidan izoh berdi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, faqat hokimlar hujjatlarni e’lon qilish va ulardan foydalanishni cheklash huquqiga ega.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Turkiy davlatlar tashkilotini suverenitet, hududiy yaxlitlik va xavfsizlikka tahdidlarni yengish uchun birgalikdagi imkoniyatlarni oshirishga chaqirdi.
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an O‘zbekistonning «Oliy darajali Imom Al-Buxoriy» ordeni bilan taqdirlandi. Unga bu yuksak mukofotni davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev topshirdi.
19 noyabrdan 11 dekabrgacha Toshkentda Moskvaning “Svetnoy bulvar” xiyobonida joylashgan Nikulin sirki jamoasi Toshkentda bayram dasturini namoyish etadi.
Davlat OTMlarda to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 10-dekabrgacha uzaytirildi. O‘qishini ko‘chirayotgan talabalar uchun bir yillik o‘qitish qiymatining 50 foizini to‘lash va talabalar safiga qabul qilishning so‘nggi muddati ham 10-dekabr etib belgilandi.
O‘zbekiston TIV Ukraina elchisi bilan uchrashuvda, Ukraina Mudofaa vazirligining O‘zbekiston sanksiya cheklovlarini chetlab o‘tib, Rossiyaga ikki maqsadli mahsulotlar yetkazib bergani haqidagi «asossiz bayonoti» yuzasidan «jiddiy xavotir bildirdi».
Samarqand shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Vengriya biznes forumi yakunlari bo‘yicha avtomobilsozlik, transport-logistika xizmatlari, yengil sanoat, parrandachilik sohalarida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv va memorandumlar imzolandi.
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Orol dengizi hududida cho‘llanishning salbiy oqibatlari bilan kurashish maqsadida 1,6 mln dollar miqdorida mablag‘ ajratganini e’lon qildi. Tashabbus dengizning qurigan tubida ekotizimlarni qayta tiklash loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida amalga oshirilmoqda.
Avicennia International Prize xalqaro mukofotini topshirish marosimida Fransiya milliy tibbiyot akademiyasida Abu Ali ibn Sinoning bronza byusti ochildi.
Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda o‘qituvchilarni «xuddi yigirma yil oldingi kabi» xonadonlarni aylanib chiqishga va o‘quvchilar ro‘yxatini tuzishga majbur qilishayotgani haqida eshitib «juda xafa bo‘lgani»ni ma’lum qildi. U mutassaddilardan o‘qituvchilarni dars berishdan boshqa barcha vazifalardan ozod qilishni so‘radi.
Davaktiv agentligi «Poytaxt qurilish va xizmat» korxonasining 100% ulushi bo‘lgan Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi $87 mln evaziga xususiylashtirilganini ma’lum qildi. Xaridor Abu Dhabi Uzbek Investment QK bo‘lib, u obyektni rivojlantirish uchun qo‘shimcha $12 mln sarmoya kiritish majburiyatini oldi.
Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida O‘zbekiston va Vengriya yetakchilari uchrashuv o‘tkazdi. Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban muzokara sanoat, kimyo tarmog‘i, farmatsevtika, bank-moliya, transport va logistika sohalaridagi investitsiya loyihalari yuzasidan fikr almashdi.
O‘zbekiston-Vengriya biznes forumida nutq so‘zlagan bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev o‘zaro hamkorlikning muhim olti yo‘nalishiga to‘xtalib o‘tdi. «Sizlarning bugungi barcha kelishuvlaringiz alohida nazoratga olinishini va har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishiga kafolat beraman», — dedi u.
Saudiya Arabistonning madaniyati va tarixining qadimiy dunyosi bilan qulay sharoitlarda tanish uchun Asialuxe Travel eksklyuziv turlar taklif qilmoqda.
1-yanvardan boshlab xorijliklarga ayrim tovarlarni xarid qilishda to‘langan QQS summalarini qaytarishning Tax Free tizimi joriy etiladi. Tizim Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Urganch aeroportlarida tadbiq etiladi. 2024-yildan esa bosqichma-bosqich barcha chegara o‘tkazish punktlarida yo‘lga qo‘yiladi.
Navoiy viloyatida issiqxona qurish uchun mo‘ljallangan 2 gektar yerni sotmoqchi bo‘lgan uch nafar shaxs ushlandi. Hokimlik tomonidan ajratilgan yer uylar qurish uchun sotib yuborilishi oldi olindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting