Arxiv

Qashqadaryoda erkak asrab olgan 13 yoshli qizini zo‘rlagani aytilmoqda
5 aprel 2023, 17:31

Qashqadaryoda erkak asrab olgan 13 yoshli qizini zo‘rlagani aytilmoqda

Chiroqchi tumanida 52 yoshli erkak mehribonlik uyidan asrab olgan 13 yoshli qizni zo‘rlab, homilador qilib qo‘ygani aytilmoqda. Oliy sud holat bo‘yicha jinoyat ishi 7-aprel kuni yopiq sud majlisida ko‘rilishini ma’lum qildi.

Referendumda qatnashish uchun hozirgacha xorijdan 26 nafar kuzatuvchi akkreditatsiyadan o‘tgan — MSK
5 aprel 2023, 17:13

Referendumda qatnashish uchun hozirgacha xorijdan 26 nafar kuzatuvchi akkreditatsiyadan o‘tgan — MSK

Markaziy saylov komissiyasi referendum uchun xorijdan 26 nafar, jumladan, Gruziyadan 3 nafar, Ozarbayjondan 2 nafar, Indoneziya va Niderlandiyadan 1 nafardan kuzatuvchi akkreditatsiyadan o‘tganini ma’lum qildi.

Toshkent aeroportida mehmonxona ochiladi. Foto
5 aprel 2023, 17:04

Toshkent aeroportida mehmonxona ochiladi. Foto

Toshkent aeroportida sharqona ko‘rinishdagi mehmonxona ochiladi. Unga tashrif buyuruvchilar uchun ma’lumot tablosi, hammom va dush xonasi taqdim etiladi, qabulxona kechayu kunduz ishlaydi va har bir yo‘lovchiga samolyotga chiqish uchun individual taklifnoma taqdim etiladi.

O‘zbekistonda 1-maydan daromadi yetarli bo‘lmagan aholiga ham ipoteka kreditlari beriladi
5 aprel 2023, 16:54

O‘zbekistonda 1-maydan daromadi yetarli bo‘lmagan aholiga ham ipoteka kreditlari beriladi

1-maydan daromadi yetarli bo‘lmagan aholi ham ipoteka krediti olishi mumkin bo‘ladi. To‘lov qobiliyatini aniqlashda bank kartasidagi aylanma, ijara, kommunal va boshqa xarajatlarga to‘langan pullar hisobga olinadi. Aholiga hovlisini kengaytirish va uy sotib olish uchun 3,2 trln so‘m kredit ajratiladi.

Buyuk Britaniya O‘zbekistonda o‘tkaziladigan boks bo‘yicha jahon chempionatini boykot qildi
5 aprel 2023, 16:28

Buyuk Britaniya O‘zbekistonda o‘tkaziladigan boks bo‘yicha jahon chempionatini boykot qildi

Buyuk Britaniya boks federatsiyasi may oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatiga boykot e’lon qildi. Bunday qarorga Rossiya va Belarus sportchilarining o‘z mamlakat bayroqlari ostida musobaqada qatnashishi sabab bo‘lgan.

9 ta viloyatda qurilishga mas’ul “zamhokimlar” va MBning hududiy rahbarlari hayfsan oldi
5 aprel 2023, 16:23

9 ta viloyatda qurilishga mas’ul “zamhokimlar” va MBning hududiy rahbarlari hayfsan oldi

Prezident “Yangi O‘zbekiston” massivlari bo‘yicha uylarni topshirish ishlari cho‘zilib ketgani uchun 9 ta viloyatda hokimlarning qurilishga mas’ul o‘rinbosarlari va Markaziy bankning viloyat bo‘linmalari rahbarlariga hayfsan e’lon qildi.

Konstitutsiya bo‘yicha o‘tkaziladigan referendum byulleteni tasdiqlandi
5 aprel 2023, 15:40

Konstitutsiya bo‘yicha o‘tkaziladigan referendum byulleteni tasdiqlandi

30-aprelda bo‘ladigan referendumda ovoz berish byulletenining shakli va tavsifi tasdiqladi. Unda yangi “Konstitutsiyani qabul qilasizmi?” degan savolga “ha” yoki “yo‘q” javoblari aks etgan. Byulletenlarni ko‘zi ojiz ovoz beruvchilar tomonidan to‘ldirish uchun Brayl alifbosi asosida trafaretlar ham tayyorlanadi.

“Dmitriy Rilov O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tmagan” — Bosh prokuratura
5 aprel 2023, 15:03

“Dmitriy Rilov O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tmagan” — Bosh prokuratura

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Sankt-Peterburgdagi kafeda “harbiy ofitser” Maksim Fomin (Vladlen Tatarskiy) halok bo‘lgan portlashga aloqadorlikda gumonlangan Darya Trepovaning turmush o‘rtog‘i Dmitriy Rilov O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tmagani va shunga ko‘ra mamlakatda bo‘lishi mumkin emasligini ma’lum qildi.

Ispaniyalik opera xonandasi Plasido Domingo Toshkentda konsert beradi
5 aprel 2023, 15:00

Ispaniyalik opera xonandasi Plasido Domingo Toshkentda konsert beradi

26-aprel kuni Toshkentda afsonaviy Plasido Domingoning Alessandro Safina va boshqalar ishtirokidagi fusunkor opera kechasi bo‘lib o‘tadi.

Tramp moliyaviy hisobotlarni soxtalashtirishda ayblanmoqda
5 aprel 2023, 13:31

Tramp moliyaviy hisobotlarni soxtalashtirishda ayblanmoqda

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 4-aprel kuni Nyu-York sudiga keldi va u yerda hibsga olindi. Unga hisob-kitoblarni soxtalashtirish bo‘yicha 34 ta band bo‘yicha ayblov qo‘yildi. Tinglovdan keyin Tramp Floridaga qaytdi.

Indoneziyada to‘rt nafar o‘zbekistonlik terror tashkilotga aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olindi
5 aprel 2023, 13:03

Indoneziyada to‘rt nafar o‘zbekistonlik terror tashkilotga aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olindi

Indoneziyada 4 nafar o‘zbekistonlik “Tavhid va jihod katibasi” terror tashkilotining tashviqotini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi. Gumonlanuvchilarning buyumlari dalil sifatida olingan.

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisiga o‘rinbosar tayinlandi
5 aprel 2023, 12:53

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisiga o‘rinbosar tayinlandi

Shuxrat Dauletiyarov Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar qurilish sohasida bir qator lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Muddati o‘tgan, kontrafakt va yaroqsiz tovarlar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi
5 aprel 2023, 12:11

Muddati o‘tgan, kontrafakt va yaroqsiz tovarlar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Prezident qaroriga ko‘ra, saqlash muddati o‘tib ketgan, kontrafakt va iste’molga yaroqsiz tovarlar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi. Shuningdek, o‘zganing tovar, xizmat ko‘rsatish belgisidan yoki firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.

O‘zbekiston Hyundai, Kia, Toyota kompaniyalari uchun tayyor charm yetkazib berishi mumkin
5 aprel 2023, 11:54

O‘zbekiston Hyundai, Kia, Toyota kompaniyalari uchun tayyor charm yetkazib berishi mumkin

Janubiy Koreyadagi avtomobilsozlik korxonalariga charm yetkazib beruvchi JM kompaniyasi Toshkent viloyatida qo‘shma korxona ochishi mumkin. U yerdagi charm Koreya kompaniyalariga yetkaziladi. Shuningdek, kompaniya O‘zbekistondan tayyor va yarimtayyor charmni xarid qilishni boshlaydi.

BAA vaziri al-Gargaviyga “Do‘stlik” ordeni topshirildi
5 aprel 2023, 10:37

BAA vaziri al-Gargaviyga “Do‘stlik” ordeni topshirildi

O‘zbekiston prezidenti BAA hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad al-Gargaviy bilan texnologiyalar, sun’iy intellekt, raqamlashtirish, shahar infratuzilmasini modernizatsiya qilish, kadrlar tayyorlash bo‘yicha loyihalarni muhokama qildi. Vazirga “Do‘stlik” ordeni topshirildi.

O‘zbekistonda qizlar ko‘proq shifokor, yigitlar esa IT mutaxassisi bo‘lmoqchi — tadqiqot
5 aprel 2023, 10:14

O‘zbekistonda qizlar ko‘proq shifokor, yigitlar esa IT mutaxassisi bo‘lmoqchi — tadqiqot

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti o‘rganishlariga ko‘ra, 86 foiz ota-onalar farzandlarining kasb bo‘yicha tanlovini ma’qullamoqda. Qizlar ko‘proq shifokor va o‘qituvchi kasbini tanlagan bo‘lsa, yigitlar IT mutaxassisligi, shifokor va iqtisodchi kasblarini afzal ko‘rgan.

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 395 so‘mgacha tushdi
5 aprel 2023, 09:49

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 395 so‘mgacha tushdi

Tijorat banklari 5-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 325 — 11 370 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 395 — 11 460 so‘m.

Senatda ayollar va bolalar huquqi himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘riladi
5 aprel 2023, 09:43

Senatda ayollar va bolalar huquqi himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘riladi

Senatning o‘ttiz to‘qqizinchi yalpi majlisi 6-aprel kuni chaqiriladi. Unda davlat chegarasini qo‘riqlash, Ozarbayjon bilan harbiy hamkorlik, Qozog‘iston bilan mahkumlarni topshirish hamda xotin-qizlar va bolalar huquqlari haqidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi. Tashqi ishlar vazirligi va ombudsman hisoboti eshitiladi.

Jurnalist Sohibjon Alijonov 55 yoshida vafot etdi
5 aprel 2023, 09:16

Jurnalist Sohibjon Alijonov 55 yoshida vafot etdi

Taniqli jurnalist, MTRKda mas’ul lavozimlarda faoliyat olib borgan Sohibjon Alijonov 55 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Jaxongir Xidayxodjayev Migratsiya agentligi boshlig‘i bo‘ldi
5 aprel 2023, 00:10

Jaxongir Xidayxodjayev Migratsiya agentligi boshlig‘i bo‘ldi

Jaxongir Xidayxodjayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i etib tayinlandi. Agentlikning sobiq rahbari jinoyat ishi doirasida hibsga olingandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting