Samarqand-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Isuzu Sirdaryo yo‘l-patrul xizmati maskanida to‘xtatilganda unda iste’molga yaroqsiz salkam 2,6 tonna go‘sht borligi aniqlandi. Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Urgut tumanidagi maktabda direktor o‘quvchini urgani oqibatida bolaning quloq pardasi yirtilgandi. Sud hukmiga ko‘ra, sobiq direktorga nisbatan 2 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Shuningdek, uning 3 yilga ta’lim sohasida mansabdor sifatida ishlashi taqiqlandi.
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi. Davlat nazorati organlari o‘rtasida yuqori xavf tug‘diradigan mahsulot haqida tezkor xabar berish tizimi yaratiladi.
“O‘zbekiston” mehmonxonasi — Toshkentning asosiy diqqatga sazovor maskanlaridan biri. Ushbu inshoot qisqa vaqt ichida poytaxt ramziga aylanib ulgurdi. “Gazeta.uz” toshkentliklar erkalab “Uzbechka” deb ataydigan mehmonxona ramzlari va unga 50 yil davomida kiritilgan me’moriy o‘zgarishlar haqida hikoya qiladi.
«Oramizda bitta-yarimta shunaqa, yomon yaradek bema’ni odamlar ham bo‘lgan […] Xullas, sen tug‘ilguncha ana shunday oltinchi barmoqdek ortiqcha kishilarni oramizda qoldirmaslikka so‘z beramiz […] Bizdan va biz yashayotgan davrning eng yaxshi kishilaridan ulug‘ jamiyatning grajdanlariga salom ayt!»
Prezident qarori bilan AI-80 benzini uchun aksiz solig‘ini «nol» stavkada qo‘llash muddati 2023 yil 31 dekabrga qadar uzaytirildi. Shunga ko‘ra, benzin narxi mart oyidan oshmaydi.
28 fevral yovvoyi hayvon va qushlarni ovlashga ruxsat etilgan so‘nggi kun bo‘lib, 1 martdan ov mavsumi yakuniga yetadi. Ovchilardan ularga berilgan yo‘llanmalarni 10 kun muddatda tegishli tartibda topshirish so‘raldi.
UzAuto Motors yangilangan Chevrolet Malibu XL sotuvi boshlangani haqida xabar berdi. Redline liniyasi uslubida ishlab chiqilgan avtomobillar 3 ta komplektatsiyada taqdim etilib, 334,8 mln so‘mdan 374,1 mln so‘mgacha (QQSsiz) sotiladi.
Xo‘jaylidagi 21-maktab direktori xodimlardan komissiya uchun 20 ming so‘mdan yiqqani sababli ishdan bo‘shatildi. Mablag‘ bannerlarni yangilash maqsadida yig‘ilgani aytilmoqda, ammo xodimlar pul komissiyani ovqatlantirish uchun sarflanishini bildirdi.
DXX xodimlari prokuratura, sud, Milliy gvardiya va advokatura xodimlarini qo‘lga oldi. Ularga firibgarlik, pora olish kabi ayblovlar qo‘yilgan.
FIFA 2022-yilning eng yaxshilarini taqdirladi: Lionel Messi eng yaxshi futbolchi, Emiliano Martines eng yaxshi darvozabon, Lionel Skaloni esa eng yaxshi murabbiy bo‘ldi. Ularning barchasi 2022-yilda jahon chempioni bo‘lgan Argentina terma jamoasi a’zolaridir.
Nodavlat ta’lim tashkilotlarida axborot texnologiyalari sohasida o‘qiyotgan yoshlarga ta’lim kreditlari ajratiladi. Ular BHMning 65 baravarigacha bo‘lgan miqdorda 1 yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatgacha 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslarga beriladi.
Namangan tumanida Damas haydovchisi qoidalarga zid ravishda 25 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlandi. Unga ogohlantirish berilib, o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rildi.
Tijorat banklari 28 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 270 — 11 320 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 375 so‘m.
Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda 2023-yilda hududlarda 18 ta quyosh elektr stansiyasi barpo etilishi ta’kidlandi. Bu orqali xonadonlarga beriladigan elektr 50 foizga ko‘payadi, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Ohangaron shahri prokuraturasi tergovchisi va qorovuli $9 ming bilan qo‘lga tushgani aytilmoqda. Ular fuqaroga jinoyat ishini yengillashtirib, ijobiy hal qilib berishini bildirgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Martdan Ai-80 benzini narxi oshishi, davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar, kaltaklangan tez yordam mashinasi haydovchisi, yangi lavozimda ish boshlagan To‘ra Bobolov, Qatar amiriga prezident maktubini yetkazgan Sardor Umurzakov va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
28 fevraldan Toshkentdagi qator avtobus yo‘nalishlarining oraliq harakati o‘zgartiriladi. Ularning asosiy qismi yangi tashkil etilgan chorrahalar orqali o‘tadigan bo‘ldi.
Uzbekistan Airways 26 martdan Toshkentdan Londonga muntazam aviaqatnovlar sonini oshiradi. Toshkent — London — Toshkent aviaqatnovlari haftasiga uch marta amalga oshiriladi.
12-mart kuni “V International Tashkent Marathon” va O‘zbekistonning 14 ta shahrida bir vaqtda Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi. Professional va havaskor sportchilar 5-martgacha 42 km, 21 km, 10 km, 3 km masofa uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Bu yil ilk bor “Kids Run” poygasi ham bo‘lib o‘tadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting