YTTB Farg‘ona vodiysida sug‘orish samaradorligini oshirish uchun qariyb 200 mln dollar miqdorida kredit ajratdi. Ushbu mablag‘lar hisobidan 118 ta eskirgan nasos stansiyalari yangi jihozlar o‘rnatgan holda modernizatsiya qilinadi.
«Yashil makon» loyihasining bahorgi mavsumi boshlandi. Bu davrda poytaxtda 625 ming dona manzarali, mevali va boshqa turdagi daraxt hamda buta ko‘chatlarini ekish belgilangan. Shuningdek, yil davomida 100 gektar maydonda yangi bog‘ tashkil qilinadi.
Shu vaqtgacha O‘zbekistonga davlat kotiblaridan-da martabaliroq amerikalik amaldor kelmagan. 1992 yildan beri AQSh tashqi siyosatiga mas’ul Davlat departamentiga 11 kishi rahbarlik qilgan bo‘lsa, ularning to‘rt nafari O‘zbekistonga kelmagan. Entoni Blinken O‘zbekistonga tashrif buyurgan yettinchi davlat kotibidir.
Qozog‘iston o‘z hududidan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun foydalanishga yo‘l qo‘ymaydi, deya ma’lum qildi mamlakat TIV rahbari Muxtar Tleuberdi. Qozog‘iston hozircha Rossiyadan xavf yoki tahdidni sezayotgani yo‘q, dedi u Ostonada AQSh davlat kotibi bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Toshkentda jurnalistlarga bergan intervyusida tashqi propaganda va dezinformatsiyaga qarshi kurashishda mustaqil va ochiq OAV uchun sharoit yaratish zarur ekanini qayd etdi. «Odamlarga nima to‘g‘ri va nima noto‘g‘riligini o‘zlari hal qilish imkoniyatini berish kerak», — dedi u.
Xovos tumani va Yangiyer shahrida baliq ovlashga qarshi o‘tkazilgan reydda hayvonot dunyosiga 80 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazgan brakonerlar ushlandi. Ular elektr qarmoq bilan 8 turdagi 104 dona baliqlarni ovlagan.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenning O‘zbekistonga tashrifi TIV rahbari v.b. Baxtiyor Saidov bilan uchrashishdan boshlandi. U «Hast Imom» majmuasiga bordi va Access dasturi talabalari bilan ko‘rishdi. Qolaversa, Blinken Shavkat Mirziyoyev qabulida ham bo‘ldi, keyin esa OAV vakillari bilan uchrashdi.
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi qarori bilan «Turkistonbank» bankrot deb topildi. Bankni tugatish komissiyasi ham o‘z faoliyatini yakunladi.
Shavkat Mirziyoyev va AQSh davlat kotibi Entoni Blinken ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsion va innovatsion hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, Amerika yetakchi kompaniyalarining O‘zbekiston bozoridagi ishtirokini kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Tarmoqlarda piyodalar uchun sariq jiletlardan foydalanish tartibi joriy etilishi haqida xabarlar tarqaldi. IIV bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi, tartib tavsiyaviy ahamiyatga egaligini bildirdi.
Prokuror suddan Nukus voqealari bo‘yicha sudlanayotgan 37 nafar shaxsga 5 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 2 nafariga esa ozodlikni cheklash jazosi berishni so‘radi. Advokatlardan biri prokuraturaning ayblovlaridagi barcha moddalar ularni rad etuvchi dalillarga qaramay o‘zgarishsiz qolganini aytdi.
Rossiyadan O‘zbekistonga gaz importi 1-martdan boshlanmaydi, deb xabar qildi Energetika vazirligi. Ishchi guruhlar imzolangan “yo‘l xaritasi” doirasida o‘rganishni davom ettirmoqda. Hozircha aniq kelishuvga erishilmagan.
Gretsiyada yo‘lovchi va yuk poyezdlarining to‘qnashuvi oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi, 85 kishi jarohat oldi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Tojikiston va Qirg‘izistondan umumiy og‘irligi 56 kg bo‘lgan gashish va opiy olib kirilishi bilan bog‘liq holatlarning oldini oldi.
Prezident farmoni bilan Navro‘z bayramida haftasiga 5 kun ishlaydiganlar 5 kun, ya’ni 18−22 mart sanalarida, haftasiga 6 kun ishlaydiganlar 4 kun, ya’ni 19−22 mart sanalarida dam oladi. 23 martdan esa barcha yana ishga chiqadi.
Sirdaryo tumani hokimi Botirjon Mirzaqulov «Hayot maktabi» loyihasi tashkil etilgani haqida gapirib, o‘quvchi qizlarga non yopishni o‘rgatishni taklif qildi. «Non pishirishni o‘rgatadigan avlod yo‘qolib, non sotib olishga o‘tildi. Dalada hamma g‘o‘zapoya qolib ketdi», — deydi hokim.
OKMK Toshkentda chang paydo bo‘lishining asosiy sababi “Yoshlik I” konining yangi uchastkasida olib borilayotgan tozalash ishlari ekani haqidagi ma’lumotni rad etdi.
Soliq tekshiruvlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyati yaratiladi, 1 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlari faqat tender orqali ajratiladi, 6 ta yangi mahalliy yo‘nalishda aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi, tadbirkorlar soliq qarzini foizlarsiz bo‘lib to‘lashi mumkin bo‘ladi — 1 martdan nimalar o‘zgaradi?
Toshkent shahrida 28- va 155-sonli avtobus haydovchilari yo‘lovchi talashib mushtlashdi. Ularga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bloger Shahnoza Soatova holat bo‘yicha fikr bildirar ekan, haydovchilarni «potensial zo‘ravon va qotil» deya atadi.
Uzbekistan Airways Navro‘z bayrami munosabati bilan mahalliy aviaqatnovlar uchun 21% chegirma e’lon qildi. U 18 martdan 22 martgacha bo‘lgan sotuv davrida amal qiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting