O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qo‘shilmaslik harakati sammitidagi nutqida tashkilot a’zolarining BMT Xavfsizlik kengashida doimiy o‘rni bo‘lishi kerakligi haqida gapirdi.
Senatorlar tibbiyot xodimlari faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlikni joriy etishni ma’qulladi — BHMning 5−10 miqdorida jarima yoki 15 sutkagacha qamoq. Avvalroq SSV shifokorlarga qilingan hujumni jinoiy javobgarlikka tortishni taklif qilgandi.
Qoraqalpog‘istonda Jo‘qorg‘i Kenes tomonidan jamoat transportlarining anomal sovuq davrida (12−31 yanvar kunlari oralig‘ida) metan o‘rniga Ai-80 markali benzin foydalangani bo‘yicha yuzaga kelgan xarajatlar qoplab beriladi. Bunda transport xizmatini ko‘rsatuvchi 81 korxona o‘z hujjatlarini topshirgan.
Toshkentdagi barcha maktablarga ichki ishlar xodimlari biriktiriladi. Ular kun davomida muassasa hududi va uning atrofidagi ko‘chalarda patrullik qiladi. Poytaxt IIBBning qayd etishicha, bu ota-onalarning bola o‘g‘irlash haqidagi mish-mishlar bo‘yicha xavotirlariga javoban profilaktik chora hisoblanadi.
Toshkentda avtobus haydovchilari yo‘lovchi talashib mushtlashgandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi qarori bilan fuqarolar osoyishtaligini buzib, mayda bezorilik sodir qilgani uchun ularning har biriga 7 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov 24 fevralda «O‘zbekkonsert»da yig‘ilish o‘tkazdi. U o‘z chiqishida xonandalarning madaniyatsizligi va saviyasiz ijodini tanqid qilgan, Umra ziyoratidan piar yo‘lida foydalanayotgan va farzandini hujraga topshirgan san’atkorlar haqida gapirgan.
O‘zbekistonda 1 iyuldan boshlab tadbirkorlarga nisbatan yangi jazo turlarini joriy etishga 3 yillik moratoriy o‘rnatiladi. Savdo qoidalarini buzishni dekriminallashtirish rejalashtirilmoqda.
2024 yildan o‘z vaqtida olinmagan pensiya pulini olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi 24 oy davr uchun pul to‘lab beriladi. Qonunchilikka ko‘ra, avval bu muddat 12 oydan oshmasdi.
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Ostonada bergan intervyusida aytishicha, AQSh Markaziy Osiyo mamlakatlariga xavfsizlik, iqtisodiy farovonlik va jamiyat barqarorligini oshirish imkoniyatlarini yaratishda yordam bermoqda. Buning uchun kuchli institutlar, jumladan erkin OAV va fuqarolik jamiyati kerak, deydi u.
ISH.UZ mutaxassislari xodimlar bilan ishlash jarayonida nimalarga e’tibor berish kerakligi va asosiy muammolarni hal qilish usullari haqida so‘zlab berdilar.
Shahrisabz shahrida 2 fuqaro ichki ishlar xodimlarining maxsus kiyimini kiyib, video suratga oldi. Unda YPX xodimi pora olayotgan jarayon aks etgan. Sud yigitlarga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.
Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahri va Farg‘ona, Namangan viloyatlarida korrupsiya va firibgarlikda gumonlangan mansabdorlarni qo‘lga oldi. Ular fuqarolardan 5−10 ming dollar olayotgan vaqtlarida ushlangani aytilmoqda.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Rossiya-Ukraina urushi Putinning birgina qarori bilan yakunlanishi mumkinligini bildirdi. Shuningdek, Xitoyni Rossiya tashviqotini ilgari surib, xalqaro tashkilotlarda uning manfaatlarini himoya qilishda aybladi.
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida savdoni diversifikatsiya qilish va hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi. U, shuningdek, mintaqa davlatlari Rossiyaning sanksiyalarni aylanib o‘tishi borasidagi harakatlarini oldini olish borasidagi faoliyatini e’tirof etdi.
O‘zbekistonda mart oyi iliq ob-havo bilan boshlanadi. Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida harorat kechalari +5…+12 daraja, kunduzi +10…+25 darajagacha o‘zgarib turadi. Ayrim kunlarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Tijorat banklari 2 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 280 — 11 345 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 405 so‘m.
Jarqo‘rg‘on tumanidan oqib o‘tuvchi Zang kanaliga yuk mashinasi tushib ketdi. Mashina FVBning yong‘in qutqaruv otiryadi yordamida chiqarib olindi.
«O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘ining 15% dan 12% ga tushirilishi narxlarning tegishli ravishda tushishiga olib kelmagan», — demoqda PMTI ekspertlari. Bunga yashirin iqtisodiyot ulushi kattaligi, raqobat shakllanib ulgurmagani va boshqa omillar sabab sifatida keltirildi.
1 martdan nimalar o‘zgarishi, bankrot bo‘lgan «Turkistonbank», piyodalar uchun sariq jilet haqidagi yolg‘on xabarlar, Nukus voqealarining navbatdagi figurantlariga qo‘yilgan ayblar, Toshkentga kelgan AQSh davlat kotibi, tezlik 60 km/soatga tushiriladigan hududlar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Radisson Hotel Group kompaniyasi Metropol Group bilan Toshkentda o‘z mehmonxonasini qurish bo‘yicha bitim imzoladi. 22 qavatli majmua «Brodvey»da, DXXning sobiq binosi o‘rnida barpo etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting