Xorazmda fermer xo‘jaligi rahbari 7,3 gektar sug‘oriladigan yerda noqonuniy sun’iy ko‘l tashkil qilganlikda gumonlanmoqda. Buning ortidan u nobudgarchilikka yo‘l qo‘yib, davlatga 1,8 mlrd so‘m zarar yetkazgan. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Ukrainaning favqulodda va muxtor elchisi Mikola Doroshenko bilan uchrashdi. Muloqotda turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston 2022 yilda 34 ta davlatdan yengil avtomobil import qildi. Statistika agentligiga ko‘ra, eng ko‘p mashina Xitoydan (11 159 dona) olib kelingan. Keyingi o‘rinlarda Koreya, Qozog‘iston va Rossiya qayd etilgan.
Prezident farmoni bilan O‘zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo‘yicha davlat komissiyasi tashkil etildi. U maxsus organlarni qurol-yarog‘, harbiy va maxsus texnika bilan ta’minlash bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbollarni belgilaydi, dasturlarni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi.
Tijorat banklari 3 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 225 — 11 315 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 350 so‘m.
O‘zbekistonda 45 mingdan ortiq shaxs OIV kasalligi bilan yashab kelmoqda. O‘tgan yilda infeksiyaga tekshiruvlar soni 700 mingdan 3,5 millionga yoki 5 barobarga ortgan.
To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Axsikent shahri xarobalaridan noyob tanga, Qoraxoniylar davriga oid devoriy suratlar va ming yillik Damashq qilichlari topildi. Restavratorlar buyumlarni ta’mirlamoqda.
Shvetsiyada bankrotga uchragan kompaniyalar soni rekord darajaga yetgani, AQSh Adliya vazirligining prezident Jo Bayden uyida rejali tintuv o‘tkazgani, shirin ichimliklarning erkaklarda kallikni keltirib chiqarishga aloqadorligi aniqlangani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida
Jasadi topilgan 12 yoshli qiz voqeasiga jamoatchilikning munosabati, yerosti gaz saqlash inshooti qayta ishga tushishini aytgan prezident, O‘zbekistonning demokratiya reytingidagi o‘rni, saqoqushni o‘ldirgan shaxs ushlangani, o‘zbekistonlikka qarshi sanksiya qiritgan AQSh va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan pushti saqoqushni o‘ldirgan erkakning shaxsi aniqlandi. U butun O‘zbekiston xalqidan kechirim so‘rab, bu holat boshqa qaytarilmasligini aytdi.
Kallixanovaning shartli hukmini zal olqishladi, Tajimuratov uning yelkasiga qoqib qo‘ydi. Tajimuratov hukmi oxirgi bo‘lib e’lon qilindi. U hukmni tinglayotganda hayron emasligini ko‘rsatib, boshini qimirlatdi va bir necha marta mushtini ko‘tardi. Hukm qanday chiqarilgani — «Gazeta.uz» reportajida.
Kallixanovaning shartli hukmini zal olqishladi, Tajimuratov uning yelkasiga qoqib qo‘ydi. Tajimuratov hukmi oxirgi bo‘lib e’lon qilindi. U hukmni tinglayotganda hayron emasligini ko‘rsatib, boshini qimirlatdi va bir necha marta mushtini ko‘tardi. Hukm qanday chiqarilgani — “Gazeta.uz” reportajida.
2022 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston EIU “Demokratiya indeksi"da bir pog‘ona ko‘tarilib, 167 davlat orasidan 149-o‘rinni egalladi. Mamlakatda demokratiyaga berilgan baho 2,12 ballni tashkil etadi va bu ketma-ket uch yildan beri o‘zgargani yo‘q.
Prezident Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida hokim yordamchisi bilan mahalladagi ishsizlik darajasini muhokama qildi. Mahalla aholisini ish bilan ta’minlash bo‘yicha ma’lumotlar aytildi, biroq ishsizlar bo‘yicha keltirilgan raqamlar band aholi soniga to‘g‘ri kelmayapti.
Muiba Ergasheva TBC Bank «Orzudagi kvartira» aksiyasida ishtirok etib, Toshkentda uch xonali kvartira yutib oldi. Ushbu yutuq haqida TBC Bank va g‘olibning o‘zi aytib berdi.
Toshkentda bedarak yo‘qolgan 12 yoshli qiz murdasi jinsiy zo‘rlash belgilari bilan topilgani odamlarni junbishga keltirdi. Jamoatchilik bunday jinoyatlar uchun jazo kuchaytirilishi lozim, degan fikrda. Ayni vaqtda, faollar «bolaning xavfsizligini ota-onaning bo‘yniga yuklashni mas’uliyatsizlik» deb baholamoqda.
1 fevral kuni Angliyadagi maktablarning yarmidan ko‘pida davomat pasayib ketdi yoki o‘qituvchilarning ish tashlashi davomida yopildi. 200 mingdan ortiq ta’lim xodimlari mehnat sharoitlarini yaxshilash va maoshlarni oshirishni talab qilib, ko‘chalarga chiqdi.
«Gazeta.uz» qutqaruv ishlari davomida Nukusdagi uy vayronalari ostidan jasadi topilgan yana bir insonning shaxsiga aniqlik kiritdi. U Nurzada Utambetova bo‘lib, uzoq yillar «Hududiy elektr tarmoqlari» kompaniyasining Qoraqalpog‘istondagi filialida faoliyat yuritgan va nafaqaga chiqqan bo‘lgan.
Hamma Nodirbek Abdusattorovning Gollandiyadagi o‘yini haqida gapirdi: jahon chempioni ustidan qozonilgan g‘alabadan xursand bo‘lishdi, musobaqadagi peshqadamlikni kuzatishdi, finaldagi omadsizlikni bir boshdan o‘tkazishdi. Shaxmat bo‘yicha murabbiy Georgiy Shvanov shaxmatchimizning natijasi haqida fikr yuritadi.
Human Rights Watch tashkiloti Dauletmurat Tajimuratovning hibsda qiynoqqa solingani haqidagi da’volari tekshirilishi kerakligini bildirdi. Inson huquqlari tashkiloti, shuningdek, «huquq-tartibot organlari asossiz o‘qotar quroldan foydalangani uchun» hanuz hech kim jazolanmaganini eslatib o‘tdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting