O‘zbekistonda 30 yanvardan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari faoliyati qayta tiklanishni boshladi. Gaz bosimi me’yoriga kelishiga qarab taxminan 2−3 kunda barcha metan «zapravka»lar odatdagi rejimda faoliyat yuritishni boshlaydi.
28 yanvardan «O‘zbekneftgaz» kompaniyasining UNG Petro AYOQSHlarida Rossiyaning AI-80 benzini sotuvi boshlandi. RFda bunday yoqilg‘i tadbirkorlarning maxsus buyurtmasi bilan ishlab chiqariladi.
Sanitariya epidemiologiya xizmati o‘zini SES xodimlari deya tanishtirib, kelib chiqishi noma’lum dorilarni sotayotgan firibgarlardan ogohlantirdi. Shunday holatlar yuz bersa, fuqarolar ulardan xizmat guvohnomasi, ish joyi va dorini sotishga asos so‘rashga haqli, deyiladi SES xabarida.
O‘zbekiston va Tojikistondan ishchi guruhlar davlat chegaralarining loyiha demarkatsiya chizig‘idan o‘tkazish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, chegaralarning alohida uchastkalarida dala o‘rganish ishlari ham o‘tkazildi.
Qizil kitobga kiritilgan Zarafshon qirg‘ovulini ovlagan brakoner aniqlandi. Undan 3,6 mln miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar undirildi va BHMning 5 baravari miqdorida jarimaga solindi.
Termizda 46 nafar Afg‘oniston fuqarosi Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturining qo‘shma loyihasi bo‘yicha haydovchilikka o‘qitildi. Shuningdek, yana 35 nafari tikuvchilikka tayyorlandi.
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida birinchi prezident haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Davlat rahbari majmuada Islom Karimov muzeyini tashkil etish ishlarining borishi bilan ham tanishdi.
Italiyaning «Roma» klubi hujumchisi bo‘lgan o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov ijara asosida «Spetsiya» klubiga o‘tdi. Rimliklar transferdan 1,5 mln yevro ishlab olishi kutilmoqda.
Namanganda jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning Sergek intellektual tizimi ishga tushirildi. Qozog‘istonlik mutaxassilar ishlab chiqqan tizim maxsus algoritmlardan foydalangan holda qoidabuzarliklarni aniqlaydi va IIBning vakolatli inspektoriga yuboradi.
O‘zbekistonning birinchi prezidenti yaqin va uzoq xorij mamlakatlariga qanday samolyotlarda uchardi? Viloyatlarga-chi? Favqulodda, og‘ir qo‘nishlardan so‘ng u o‘z uchuvchilariga nimalar derdi? Umuman, Islom Karimov qanday inson edi o‘zi? Bu haqda uning uchuvchisi Erkin Gulyamov gapirib berdi.
Pokistonning Peshovar shahridagi masjid xudkush tomonidan portlatildi. Qurbonlar soni 28 kishini, jarohatlanganlar 150 kishini tashkil etmoqda.
Respublikada 2022 yilda o‘rtacha nominal oylik ish haqi 21,1 foizga oshib, 3,89 million so‘mni tashkil qildi. Hududlar orasida Toshkent, faoliyat turi bo‘yicha — bank sohasi yetakchilikni saqlab qoldi. Shu bilan birga, poytaxt va hududlar o‘rtasidagi ish haqi bo‘yicha farq oshishda davom etmoqda.
Inson huquqlari bo‘yicha Human Rights Watch tashkilotining 2022 yilgi hisobotida Nukus voqealarida haddan tashqari kuch ishlatilgani, ko‘plab fuqarolar og‘ir jarohat olgani va ba’zilari vafot etgani aytilgan, shuningdek, parlament komissiyasi mustaqilligi shubha ostiga olingan. Komissiya HRWga javob qaytardi.
Uzbekistan Airways bahor mavsumidan boshlab Milan va Parij shaharlariga aviaqatnovlarni tiklaydi. Parvozlar haftada ikki marta — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
1 fevraldan O‘zbekistonga O‘rta dengiz hududlaridan nam va deyarli iliq havo massalari kirib keladi. Harorat hafta davomida kechalari −1…+4 darajani, kunduzi +5…+10 darajani tashkil etadi. Respublika bo‘ylab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.
O‘zbekistonda sel, ko‘chki va suv toshqinlari kabi favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha doimiy shtab tashkil etildi.
Nukusda ikki bola kemiruvchilarga qarshi doridan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi. Biroq ulardan biri reanimatsion chora-tadbirlarga qaramay vafot etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu holat tez tayyorlanadigan lapsha mahsulotidan zaharlanish deya tarqalgandi.
Nukus shahridagi ko‘p qavatli uy portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 nafarga yetdi. Avvalroq 5 yoshli qizaloq qutqarilib, shifoxonaga olib ketilgandi. Holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
«Gazeta.uz» qutqaruv ishlari davomida Nukusdagi uy vayronalari ostidan jasadi topilgan erkakning shaxsini aniqladi. U Salamat Raziyev bo‘lib, portlash sodir bo‘lgan kvartiraning pastki qavatida yashagan.
Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi Sochi — Buxoro — Sochi yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Qatnovlar haftada bir marta — yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting