O‘zgidromet «Qamchiq» va «Taxtaqoracha» dovonlarida 9−11 yanvar kunlari qor yog‘ishi, tuman tushishi, yo‘llarda yaxmalak yuzaga kelishi hamda shamol tezligi kuchayishidan ogohlantirdi.
«Gazeta.uz» kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan «Nima o‘qiymiz?» loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini har shanba sizga yetkazamiz.
O‘zbekistonda qishki sport maktabi 2024/2025 o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlaydi. Qishki sport turlari bo‘yicha o‘quv yig‘inlari, musobaqalarni tashkil etish, xorijiy mamlakatlarning bunday sport turlari bo‘yicha maktab, klub va markazlari bilan hamkorlik qilish muassasaning asosiy vazifalari sanaladi.
Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy statistikaning yagona ma’lumotlar bazasi bo‘lgan O‘zbekistonning yangi statistik portalini (siat.stat.uz) ishga tushirdi.
G‘allaorol tumanida yuqori tezlikda harakatlanib kelayotgan Lacetti yo‘l chetidagi daraxtga urildi. Oqibatda bir kishi voqea joyida, biri shifoxonada vafot etdi. Haydovchi va yo‘lovchi esa jarohatlar oldi.
Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan «Antiterror» tozalash tadbirlarida 18 mingdan ortiq obyekt hamda 89 ming xonadon jamoatchilik faollari bilan birga ko‘zdan kechirildi va 132 nafar shaxs qo‘lga olindi.
Tijorat banklari 7 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 240 — 11 350 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 375 so‘m.
Sariosiyo tumanida Nexia, Spark va Gentra o‘zaro to‘qnashdi. Oqibatda Nexia haydovchisi shifoxonada vafot etdi.
Olmali, tvorogli pirojkalar, marmar keks, «qahva donalari» pechenesi, «San-Sebastyan» shokoladli chizkeyki, kokos qirindisi qo‘shilgan tvorogli toblatma, pistalik paxlava va boshqalar — Zira.uz mazali va noodatiy pishiriqlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Samarqand davlat tibbiyot universitetining Jizzax filiali tashkil etiladi. 2023/2024 o‘quv yilidan Jizzax davlat pedagogika universitetining ayrim ta’lim yo‘nalishlaridagi talabalariga o‘qishini ushbu filialda davom ettirishga ruxsat beriladi.
G‘ijduvon tumanidagi savdo majmuasida yong‘in kelib chiqdi. 8 ta qutqaruv ekipaji 2,5 soat davomida yong‘inni o‘chirdi. Hodisa oqibatida majmuaning 250 kvadrat metr maydoni yondi.
Qishki ta’til kunlari uzaytirilishi munosabati bilan 16−20 yanvar kunlari Toshkent — Termiz — Toshkent va Toshkent — Urganch — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.
Toshkent hokimi shahar xizmatlarining anomal sovuq kunlardagi faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. U asosiy faoliyatdan chalg‘itadigan majlislar o‘tkazishni taqiqladi. Ko‘chalar zudlik bilan qordan tozalanadi. Jamoat transportidan foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi kerak.
Xotini va 5 oylik bolasini o‘ldirib, o‘zini osgan erkak, zoopark xodimini tishlab o‘ldirgan ayiq, laboratoriya sinovidan to‘liq o‘tmagan «Dok-1 Maks» va «Ambronol», Qozog‘istondagi yanvar voqealarida qatnashgan o‘zbekistonliklar, anomal sovuqda uydan ishlash taklifi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Iqtisodiy rivojlanish vazirligi Departamenti boshlig‘i Azamat Fazilov O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi ijro apparati bosh maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qishki ta’til uzaytirilishidan oldin OTM yotoqxonalariga kelgan talabalarga uzaytirilgan ta’tilni ota-onalari bilan o‘tkazishni tavsiya qildi. Qaytishga imkoniyati bo‘lmaganlarga esa yotoqxonada sharoit yaratilishi mumkinligi aytildi.
Bishkekda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston energetika vazirlari Qambarota-1 GES qurilishi loyihasi bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni imzoladi. GES Markaziy Osiyo mamlakatlarini elektr energiyasi bilan ta’minlashi hamda mintaqaning suv ta’minotini barqarorlashtirishi kutilmoqda.
2023 yilda Tabiat resurslari vazirligiga qarashli 5 ta qo‘riqxonaning boshqaruv tizimi yaxshilanadi. Bu ishlar uchun davlat budjetidan 19,5 mlrd so‘m ajratilmoqda. «Mazkur mablag‘ga fotoqopqonlar, dronlar, kameralar sotib olinadi, ilmiy salohiyat va laboratoriyalar kuchaytiriladi», — dedi vazirlik vakili.
Uzun tumanida «VAZ 21011» avtomobili «KamAZ» bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida yo‘lovchi ayol va uning 2022 yil tug‘ilgan bolasi vafot etdi.
Zafarobod tumanidagi 30-son jazoni ijro etish manzil-koloniyasidan qochgan ikki mahkum bir kundan keyin Andijon viloyatining chegara hududlaridan birida ushlanib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting