DSQ taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kompaniyalar 44,8 mlrd so‘m soliq to‘lagani ma’lum bo‘ldi. Bunda, to‘langan soliqlarning 98 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Axborot kodeksi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgach faollarning e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Jumladan, Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi Nozima Davletova 45-moddani «xavfli» deb atadi. Nurbek Alimov esa «7-modda har qanday bloger yoki OAVni sindirib yuborishi mumkin»ligini ta’kidladi.
Samarqand aeroportida 2023 yil 1 fevralgacha turistik axborot markazi tashkil etiladi. 2026 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlar 4 va undan yuqori yulduzli mehmonxonalar faoliyati uchun tovarlarni olib kirishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi.
Yangiyo‘l tumanida joylashgan tekstil korxonasi 10,5 mingta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladigan elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Buning natijasida energetika tizimiga 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazildi.
Energetika vazirligi bayram kunlarida aholi elektr energiyasi va tabiiy gazdagi qarzdorlik uchun tarmoqdan ajratilmasligini ma’lum qildi. Iste’molchilar ushbu resurslar uchun bayram kunlari ham onlayn ravishda to‘lov qilishi mumkin.
ITIM tahliliga ko‘ra, 2022 yil davomida ikkilamchi bozorda avtomobillar narxi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘rtacha 12−15 foizga oshdi. Bunda elektromobillar ulushi 2,3 foizni tashkil etdi. Sotuvdagi mashinalarning 70 foizi mahalliy avtomobillar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Milliy kutubxona yaqinida O‘zbekistonning bosh archasi o‘rnatildi. U yerda mehmonlar uchun sun’iy muz maydoni mavjud hamda ko‘ngilochar dastur tashkil etildi.
Sankt-Peterburgda batareykani yutib yuborgan o‘zbekistonlik 1 yoshli qiz taxminan 3 oy o‘tib vafot etdi. Ota-ona shifokorga murojaat qilmagan. Ular qizi yutib yuborgan jism tanani o‘z-o‘zidan tark etadi deb o‘ylagan.
Mustaqillik maydonidagi 1992 yili «vaqtincha» o‘rnatilgan globus (Ozodlik obidasi) tagiga 17 yil avval ona va bola haykali qo‘yilgandi. U salkam 15 yil O‘zbekistonning oliy mehmonlari uchun birinchi manzil bo‘ldi, Islom Karimov esa bu monument «kelin-kuyovlar uchun sevimli qadamjo»ga aylanishiga ishongandi.
Joriy yilning 25 dekabr kuni Koreya Milliy Assambleyasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga 15 mlrd von ($12 mln) miqdoridagi grant ajratish bo‘yicha qaror qabul qildi. Mazkur mablag‘lar hisobidan o‘zbek-koreys ilmiy texnik markazi qoshida sanoat tajriba sexi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Tarmoqlarda yosh qizaloq maktabdan qaytishda Sirdaryo daryosidan qayiq orqali suzib o‘tayotgani aks etgan video ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Viloyat hokimi v.b. Akmal Maxmudaliyev qiz va onasi bilan uchrashdi. Hokim ular uchun daryo qirg‘oqlarini bog‘lovchi maxsus uskunali tros tortilishini ma’lum qildi.
Senat 21 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga tamaki mahsulotlari, elektron sigaretalar va spirtli ichimliklarni internet hamda savdo avtomatlar orqali sotishni taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qulladi. Taqiqlar ro‘yxati sezilarli darajada kengaytirildi.
O‘zbekistonda bolalar va homilador ayollar mavjud bo‘lgan transportlarda spirtli ichimliklar, tamaki va elektron sigaretalardan foydalanish taqiqlanadi. Yangi qonunga, eskisidan farqli o‘laroq, jamoat joylarining batafsil ro‘yxati kiritildi (Ro‘yxat).
Toshkent metropolitenining yer usti halqa liniyasida poyezdlar soat 07:10 dan harakatlana boshlashi haqida xabar berilgandi. «Gazeta.uz»ning aniqlik kiritishicha, bu tartib faqat bir kun — 28 dekabr uchun joriy etilgan.
Endilikda O‘zbekistonda advokatlar qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lamaydi. Bu haqdagi norma Qonunchilik palatasida o‘tgan yig‘ilishda qonun loyihasidan chiqarib tashlandi.
Tijorat banklari 28 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 145 — 11 210 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksar banklarda 11 225 so‘m.
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev «Dok-1 Maks» siropini qabul qilgan bolalar o‘limi haqidagi ma’lumotlar vazirlikdan yashirilganini aytdi. U 18 nafar bolaning ota-onasiga hamdardlik bildirib, uzr so‘radi.
Jidda-Madina yo‘lida O‘zbekistondan ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobus haydovchisi rulda uxlab qolib, YTH sodir etdi. 50 ziyoratchidan 10 nafari jarohatlanib, kasalxonaga yotqizilgan.
«Dok-1 Maks» dorisi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgan DXX,18 nafar bolani saqlab qololmagani uchun uzr so‘ragan SSV rahbari, senatorlar ma’qullagan davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun, «Mahalla budjeti» tizimi, davlat xizmatchilari soni qanday kamaytirilishi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
DXX Tergov boshqarmasi tomonidan 18 bola o‘limiga sababchi bo‘lgan «Dok-1 Maks» bilan bog‘liq holat bo‘yicha Quramax medical hamda «Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi» mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchilar DXX Tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting