Sharof Rashidov tumanida erkak janjal oqibatida xotinini pichoqlab o‘ldirdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Prezident qarori bilan Nukus, Samarqand va Farg‘ona shahrida Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari tashkil etiladi. Ularni qurish «O‘zavtosanoat» homiylik mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Tarmoqlarda elektrobus haydovchisining yo‘lovchilar bilan qo‘pol muomalada bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. «Toshshahartransxizmat» unga qat’iy chora ko‘rilgani va mehnat shartnomasi to‘xtatilganini ma’lum qildi.
Taniqli iqtisodchi olim Abdulla Abduqodirov prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, Akbar Musayev va Rustamxon Azizov esa o‘rinbosar etib tayinlandi.
DXX Samarqandda fuqarodan ishga kiritib qo‘yish uchun 1000 dollar olayotgan tuman FVB boshlig‘ini, Farg‘onada esa qarzdorlikni yopib berish uchun fuqarodan 3500 dollar olayotgan bank boshqaruvchisini qo‘lga oldi. Ushbu shaxsglarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov yangi ta’sis etilgan Savdo-sanoat palatasi rayosati raisi lavozimiga saylandi. Palata raisi Davron Vahobov ham o‘z ishini davom ettirmoqda.
Chilonzorda Lacetti va Cobalt ishtirokidagi YTH oqibatida 2011 yilda tug‘ilgan shaxs vafot etdi. Ikki mashina haydovchilari jarohat oldi.
Oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Rahim Hakimov prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Murtaza Qarshiboyev davlat rahbari maslahatchisi-spichrayter o‘rinbosari etib tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev 24 dekabr kuni Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi. O‘zbekiston prezidenti Ozarbayjon rahbarini tavallud kuni bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va yangi zafarlar, Ozarbayjon xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik tiladi.
Toshkent shahar IIBB bloger Abduqodir Mo‘minovga qilingan hujum yuzasidan «bosqinchilik» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, flesh-disk yozuvlarni tekshirish uchun musodara qilingan. Bloger uni ruxsatisiz olib ketishganini aytgandi.
O‘zbekiston prezidenti 26−27 dekabr kunlari MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida bo‘ladi.
Otabek Xolboyev O‘zbekiston harbiy prokurorining birinchi o‘rinbosari, Qahramon Isroilov esa o‘rinbosar etib tayinlandi. Prezident Toshkent shahar prokurorini yangi unvon bilan taqdirladi.
Toshkent — Salar temir yo‘l bekatlari oralig‘ida quloqchin taqib, qo‘l telefonida musiqa tinglab o‘tib ketayotgan voyaga yetmagan shaxsni poyezd urib yubordi. Hodisa oqibatida o‘smir vafot etdi.
Youtube`dagi «Koʻzgu» kanali muallifi Abduqodir Mo‘minov noma’lum shaxslar tomonidan unga hujum uyushtirilgani, mashinasining old oynasi bita bilan sindirilgani haqida xabar berdi.
Yangi yil bayrami ramzi bo‘lgan olive, «Mandarin», tunets balig‘i va tuxumlik grenkalar, dudlangan tovuq va koreys sabzisi bilan salat, steyk va karamellangan nokli salat, «Qordagi toshlar» va boshqalar — Zira.uz mazali va noodatiy bayramona salatlar ro‘yxatini taqdim etadi.
«Gazeta.uz» kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan «Nima o‘qiymiz?» loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini har shanba sizga yetkazamiz.
Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisi 2022 yil 27 dekabr kuni chaqiriladi. Unda 2023 yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi, O‘zbekiston va Turkiya hukumati o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi bitim va boshqa qonunlar ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
Tokentning ikki tumanidagi ba’zi hududlarda 24 dekabr kuni soat 10:00 dan 19:00 gacha gaz ta’minoti bo‘lmaydi. Bunga o‘rta bosimli gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlik sabab bo‘lgan.
Prezident farmoniga ko‘ra, 12 ta davlat boshqaruvi organlari faoliyati tugatiladi, 24 tasining tashkiliy bo‘ysunuvi o‘zgaradi.
IIV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2022 yil boshidan buyon 90 dan ortiq is gazidan zaharlanish holati qayd etilgan. Ular oqibatida 146 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting