Arxiv

Xorazmda 83 tup daraxt noqonuniy qo‘porib tashlangani aniqlandi
18 dekabr 2022, 10:19

Xorazmda 83 tup daraxt noqonuniy qo‘porib tashlangani aniqlandi

Qo‘shko‘pir tumanidagi fermer xo‘jaligida 83 tup har xil kattalikdagi daraxtlar qo‘porilgan, 3 tup daraxt shikastlangani aniqlandi. Holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rish maqsadida xujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi 20 dekabr kuni bo‘lishi kutilmoqda
18 dekabr 2022, 10:07

Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi 20 dekabr kuni bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi 20 dekabr kuni bo‘lishi kutilmoqda.

Qonunchilik palatasi qo‘mitasi 2023-yil uchun davlat budjeti loyihasini ko‘rib chiqmoqda
17 dekabr 2022, 17:55

Qonunchilik palatasi qo‘mitasi 2023-yil uchun davlat budjeti loyihasini ko‘rib chiqmoqda

Quyi palataning budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi 15-dekabrga qadar qabul qilinishi kerak bo‘lgan 2023-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi loyihani ko‘rib chiqmoqda. Hujjat jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilmadi.

Shahrisabz Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 2024-yilgi turizm poytaxti deb e’lon qilindi
17 dekabr 2022, 16:56

Shahrisabz Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 2024-yilgi turizm poytaxti deb e’lon qilindi

IHT Turizm vazirlarining IV yig‘ilishi yakuniga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri tashkilotning 2024-yildagi turizm poytaxti etib tasdiqlandi.

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov senator etib saylandi
17 dekabr 2022, 16:45

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov senator etib saylandi

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov 17 dekabr kuni o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylandi.

Jahon banki strategik islohotlarni amalga oshirish uchun O‘zbekistonga qariyb $1 mlrd qarz beradi
17 dekabr 2022, 15:58

Jahon banki strategik islohotlarni amalga oshirish uchun O‘zbekistonga qariyb $1 mlrd qarz beradi

JB strategik islohotlarni amalga oshirishda O‘zbekistonga $470 mln imtiyozli va $480 mln qiymatdagi past stavkali kreditlar taqdim etishni ma’qulladi. Ushbu mablag‘lar Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 12 yildan 34 yilgacha muddatga beriladi.

Jo‘rabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
17 dekabr 2022, 15:15

Jo‘rabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Prezident farmoni bilan Jo‘rabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bunga qadar u Qo‘shko‘pir tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan.

Nima o‘qiymiz? Tarjimon va bloger Sardor Salim tavsiya qiladi
17 dekabr 2022, 14:46

Nima o‘qiymiz? Tarjimon va bloger Sardor Salim tavsiya qiladi

“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini har shanba sizga yetkazamiz.

Poytaxtda yangi yil bayrami tabdirlari 25-dekabrdan 5-yanvargacha bo‘lib o‘tadi
17 dekabr 2022, 14:39

Poytaxtda yangi yil bayrami tabdirlari 25-dekabrdan 5-yanvargacha bo‘lib o‘tadi

Yangi yil munosabati bilan poytaxtda 25-dekabrdan 5-yanvargacha bolalar va kattalar uchun ko‘ngilochar tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Bayram dasturlari tashkilotchisi — Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi hisoblanadi.

Toshkentda o‘ziga tegishli bo‘lmagan ko‘chmas mulkni $150 ming evaziga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
17 dekabr 2022, 13:52

Toshkentda o‘ziga tegishli bo‘lmagan ko‘chmas mulkni $150 ming evaziga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yashovchi olti nafar shaxs poytaxtning Chilonzor tumanida joylashgan ko‘chmas mulk hujjatlarini soxtalashtirib, uni $150 ming evaziga xaridor nomiga rasmiylashtirib berishda gumonlanmoqda. Hozirda holat yuzasidan JKning tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zgatildi.

Hududiy YHXBlar 91,1 mlrd so‘mlik 203 357 ta jarimani ijroga yubormagani aniqlandi
17 dekabr 2022, 13:50

Hududiy YHXBlar 91,1 mlrd so‘mlik 203 357 ta jarimani ijroga yubormagani aniqlandi

Hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari jami 91,1 mlrd so‘mlik 203 357 ta jarimani ijroga yubormagani aniqlandi, deya ma’lum qildi Bosh prokuratura. Qolaversa, MIB tomonidan 27,6 mlrd so‘mlik 62 mingta jarimani qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlar asossiz ravishda YXHB organlariga qaytarilgan.

Farxod Ermanov Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashiga rais bo‘ldi
17 dekabr 2022, 13:02

Farxod Ermanov Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashiga rais bo‘ldi

Prezidentning tegishli farmoni bilan 2018 yildan buyon Xorazm viloyati hokimi sifatida ishlab kelayotgan Farxod Ermanov lavozimidan ozod etildi. U Kaxramon Sariyev o‘rniga Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi etib tayinlandi.

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi prezident maslahatchisiga o‘rinbosar bo‘ldi
17 dekabr 2022, 12:34

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi prezident maslahatchisiga o‘rinbosar bo‘ldi

Kaxramon Kuranbayev va Kaxraman Sariyev (Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi) prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisiga birinchi o‘rinbosarlar, Umar Ismailov, Ulug‘bek Muxammadiyev esa o‘rinbosarlar etib tayinlandi.

Qanday qilib tirbandlikni kamaytirish va jamoat transportini bepul qilish mumkin?
17 dekabr 2022, 12:00

Qanday qilib tirbandlikni kamaytirish va jamoat transportini bepul qilish mumkin?

«Gazeta.uz» Toshkentning transport bosh rejasini ishlab chiqish uchun xorijlik mutaxassislar jalb etilgani haqda yozgandi. Suhbatning ikkinchi qismida jamoat transporti bo‘yicha ekspert Vladimir Valdin poytaxtda tirbandliklarni kamaytirish va jamoat transportini bepul qilish mumkinligiga to‘xtaldi.

Nima tayyorlaymiz: Kapkeyklar
17 dekabr 2022, 10:35

Nima tayyorlaymiz: Kapkeyklar

Krem bilan bezatilgan shokoladli kapkeyk, «Qizil baxmal», «Oreo» kapkeyklari, shokolad pastali va atirgulli kapkeyk va boshqalar — Zira.uz dasturxon bezagi bo‘lgan shirin va noodatiy kapkeyklar ro‘yxatini taqdim etadi.

Markaziy bank uchta to‘lov tashkilotining litsenziyasini chaqirib oldi
17 dekabr 2022, 10:05

Markaziy bank uchta to‘lov tashkilotining litsenziyasini chaqirib oldi

Respublika Markaziy banki litsenziya olingan kundan boshlab bir yil davomida to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirmagani uchun International Eco Pay, Panda Internet Technology va UGNIS korxonalarining litsenziyalarini chaqirib oldi.

16 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
16 dekabr 2022, 21:44

16 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Miting bo‘yicha qonun loyihasi, qotillik sabab 11 yilga qamalgan erkak, elektr korxona rahbarlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, hanuz parlamentga kiritilmagan davlat budjeti loyihasi, Qozog‘istondagi O‘zbekiston elchixonasiga pogrom uyushtirgan erkak sudlangani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Yoppasiga o‘qqa tutilganidan so‘ng Ukraina energetika tizimida favqulodda holat rejimi joriy etildi
16 dekabr 2022, 21:10

Yoppasiga o‘qqa tutilganidan so‘ng Ukraina energetika tizimida favqulodda holat rejimi joriy etildi

Ukraina energetika obyektlariga ommaviy raketa hujumi uyushtirilishi oqibatida mamlakat yagona energetika tizimining 50 foizi yo‘qotildi. Shuningdek, Krivoy Rogdagi turar-joy binosi ham o‘qqa tutildi.

Qozog‘istonda yanvarda O‘zbekiston elchixonasiga pogrom uyushtirgan erkak sudlandi
16 dekabr 2022, 20:25

Qozog‘istonda yanvarda O‘zbekiston elchixonasiga pogrom uyushtirgan erkak sudlandi

Joriy yilning yanvar oyida mast erkak Ostonadagi O‘zbekiston elchixonasiga bostirib kirib, katta miqdorda zarar yetkazgan edi. Unga uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, yetkazilgan zarar miqdori undirildi, shuningdek, ichkilikbozlikdan majburiy davolanish belgilandi.

«Nima uchun hokimlar 70−80% korxonalarda 1 nafardan xodim ishlayotgani bilan biror marta qiziqib ko‘rmagan?» — prezident
16 dekabr 2022, 19:59

«Nima uchun hokimlar 70−80% korxonalarda 1 nafardan xodim ishlayotgani bilan biror marta qiziqib ko‘rmagan?» — prezident

O‘zbekistonning 47 ta tumanida 70−80 foiz korxonalarda ishchilar soni 1 nafarni tashkil etmoqda. Prezident buning uchun hokimlarni tanqid qilib, nima uchun korxonalar ijtimoiy soliq stavkasi tushirilganiga qaramasdan, «adolatli soliq to‘lashga» o‘ta olmayotganini so‘radi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting