Arxiv

AQSH O‘zbekistonga ko‘proq iqtisodiy ko‘mak berishini ma’lum qildi
3 fevral 2020, 18:52

AQSH O‘zbekistonga ko‘proq iqtisodiy ko‘mak berishini ma’lum qildi

AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bilan yopiq eshiklar ortida muloqot o‘tkazdi. Qo‘shma bayonot vaqtida diplomatlar iqtisodiy hamkorlik masalalariga katta urg‘u berishdi. Pompeo diniy erkinlik va inson huquqlariga ham to‘xtaldi.

Prezident bokschi Murodjon Ahmadaliyevga kvartira va avtomashina sovg‘a qildi
3 fevral 2020, 18:41

Prezident bokschi Murodjon Ahmadaliyevga kvartira va avtomashina sovg‘a qildi

WBA va IBF bo‘yicha jahon chempioni bokschi Murodjon Ahmadaliyevga prezident sovg‘alari — Toshkentdan uch xonali kvartira va Tracker avtomobili topshirildi.

Tegishli fanlardan sertifikatga ega abituriyentlar test sinovisiz o‘qishga qabul qilinadi
3 fevral 2020, 16:30

Tegishli fanlardan sertifikatga ega abituriyentlar test sinovisiz o‘qishga qabul qilinadi

Test sinovlariga qadar tegishli fanlardan sertifikat olgan abituriyentlar imtihon topshirmasdan o‘qishga qabul qilinadi.

Salqin va yomg‘irli ob-havo uzoqqa cho‘zilmaydi
3 fevral 2020, 16:08

Salqin va yomg‘irli ob-havo uzoqqa cho‘zilmaydi

Hafta avvalidagi qisqa muddatli salqin va yomg‘irli ob-havodan so‘ng harorat yana ko‘tarila boshlaydi va dam olish kunlari +20 darajaga yetadi. Bunday ob-havo fevral boshi uchun xos emasligi ma’lum qilindi.

1 mln dollarlik banknotani sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
3 fevral 2020, 14:55

1 mln dollarlik banknotani sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Namangan viloyatida bir kishiga chet el banklaridan kredit olishga yordamlashishga va’da bergan va unga qiymati 1 mln dollar bo‘lgan banknotani sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi.

Londonda ilgari terrorizmda ayblanib qamalgan shaxs uch kishini pichoqladi
3 fevral 2020, 12:30

Londonda ilgari terrorizmda ayblanib qamalgan shaxs uch kishini pichoqladi

Londonda yo‘lovchilarga pichoq bilan hujum qilib, uch kishini jarohatlagan shaxs politsiya tomonidan otib tashlandi. Keyinroq uning terrorizmda ayblanib qamalgani va yanvar oxirida ozodlikka chiqqani ma’lum bo‘ldi.

Yanvar oyida inflyatsiya 0,6 foizni tashkil etdi
3 fevral 2020, 12:13

Yanvar oyida inflyatsiya 0,6 foizni tashkil etdi

Yanvar oyida inflyatsiya darajasi 0,6 foizni tashkil etdi. Oziq-ovqat mahsulotlari 1 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,2 foizga, xizmatlar 0,3 foizga qimmatlashdi.

Yer maydonlarini ajratishdagi korrupsion holatlar sanab o‘tildi
3 fevral 2020, 10:34

Yer maydonlarini ajratishdagi korrupsion holatlar sanab o‘tildi

Bosh prokuror Nig‘matulla Yo‘ldoshev so‘nggi ikki yilda 56 ming gektar yer maydoni hokimliklar tomonidan noqonuniy ajratilganini ma’lum qildi. Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdorlarning 40 foizi — yer kadastri xodimlari.

Bekobodda 20 yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus ag‘darildi
3 fevral 2020, 09:49

Bekobodda 20 yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus ag‘darildi

Bekobodda 20 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan Isuzu avtobusining old g‘ildiragi o‘z-o‘zidan tormozlanib qolishi natijasida ag‘darilib ketdi. To‘rt kishi shifoxonaga yotqizildi.

Chet eldagi fuqarolarga xorijga chiqish pasportini berish tartiblari tasdiqlandi
3 fevral 2020, 09:41

Chet eldagi fuqarolarga xorijga chiqish pasportini berish tartiblari tasdiqlandi

Konsullik ro‘yxatida turuvchi O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini berish tartibi belgilandi.

Pekin aeroportida qolib ketgan talabalarga yordam beriladi
2 fevral 2020, 16:09

Pekin aeroportida qolib ketgan talabalarga yordam beriladi

O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi parvoz bekor qilinganligi sababli Pekin aeroportida qolib ketgan uch nafar o‘zbekistonlik talaba bilan bog‘landi.

YHXBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tayinlandi
2 fevral 2020, 15:49

YHXBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Jamshid Karimov IIV YHXBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari — Yo‘l harakati xavfsizligini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik bildirdi
2 fevral 2020, 09:57

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev koronavirus tarqalishining fojiali oqibatlari sababli Si Szinpinga hamdardlik bildirdi. U O‘zbekiston kasallik tarqalishiga birgalikda qarshi kurashish choralarini Xitoy bilan yaqindan muvofiqlashtirishga tayyorligini bildirdi.

4-fevraldan Xitoyga aviaqatnovlar to‘xtatiladi
2 fevral 2020, 09:46

4-fevraldan Xitoyga aviaqatnovlar to‘xtatiladi

Uzbekistan Airways 4-fevraldan Pekin va Urumchiga doimiy aviaqatnovlar vaqtinchalik to‘xtatilishini ma’lum qildi.

YHXBBga 138 ta yangi xizmat avtomobili topshirildi
1 fevral 2020, 23:39

YHXBBga 138 ta yangi xizmat avtomobili topshirildi

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga zamonaviy uskuna va anjomlar bilan jihozlangan 138 ta avtomobil topshirildi.

Metro fojiasi bo‘yicha komissiya xulosasi e’lon qilindi
1 fevral 2020, 17:33

Metro fojiasi bo‘yicha komissiya xulosasi e’lon qilindi

Metroning Yunusobod yo‘nalishida sodir bo‘lgan fojia bo‘yicha maxsus komissiyaning qisman xulosasi e’lon qilindi. Vafot etganlarning oilalariga qariyb 262 mln so‘m bir martalik nafaqa belgilangan.

Sirdaryodagi YTHda besh kishi halok bo‘ldi
1 fevral 2020, 13:22

Sirdaryodagi YTHda besh kishi halok bo‘ldi

Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi avtoyo‘lda Cobalt Damas bilan to‘qnashdi. Besh kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohatlandi.

Amaldorlar xarajatlari va daromadlarining muvofiqligi nazorat qilinadi
1 fevral 2020, 12:19

Amaldorlar xarajatlari va daromadlarining muvofiqligi nazorat qilinadi

O‘zbekistonda yangi tashkil etilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish organi davlat xizmatchilari xarajatlari va daromadlarining muvofiqligini nazorat qiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev kichkina bir bojxona posti boshlig‘ining uyidan 400 ming dollar topilganini ma’lum qildi.

Hokimlarning mahalliy deputatlarga rahbar bo‘lishiga chek qo‘yiladi
1 fevral 2020, 11:19

Hokimlarning mahalliy deputatlarga rahbar bo‘lishiga chek qo‘yiladi

Senat raisi Tanzila Narbayeva kelgusida hokimlar mahalliy deputatlar ustidan rahbarlik qilmasligi, ijro hokimiyati va vakillik organlari ajratilishini ma’lum qildi.

«Hali ko‘p rektorlarni ishdan bo‘shatamiz» — Shavkat Mirziyoyev
1 fevral 2020, 10:13

«Hali ko‘p rektorlarni ishdan bo‘shatamiz» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident tez orada bir qator oliy ta’lim muassasalari rektorlarini ishdan bo‘shatish haqida ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularning ba’zilari hatto qorovul bo‘lib ishlashga ham loyiq emas.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting