Arxiv

Samarqand shahrini odamlar shahriga aylantirishimiz kerak, avtomobillarning emas — Erkinjon Turdimov
28 noyabr 2024, 15:08

Samarqand shahrini odamlar shahriga aylantirishimiz kerak, avtomobillarning emas — Erkinjon Turdimov

Samarqand viloyati sobiq hokimi Erkinjon Turdimov lavozimidan ketishidan 2 kun avvalgi yig‘ilishida Samarqand shahrini avtomobillar shahridan odamlar shahriga aylantirishni ta’kidladi. “Samarqand shahrini odamlar shahriga aylantirishimiz kerak. Norozi bo‘lsa bo‘lsin mashina egalari”, — dedi Turdimov.

Nima uchun iqtisodchilar inson umrining statistik qiymatini baholaydi?
28 noyabr 2024, 15:05

Nima uchun iqtisodchilar inson umrining statistik qiymatini baholaydi?

Behzod Hoshimov nega iqtisodchilar inson umrining statistik qiymatini baholashini tushuntirdi. “Kulfat yuz berganida inson umri uchun qancha kompensatsiya to‘lanishi kerak? Umr — bebaho, degan falsafa bilan yondashsak, kompensatsiya berish kerakmas, degan noto‘g‘ri xulosaga kelib qolish mumkin”, — deydi u.

Rossiya Ukraina energetika obyektlariga yalpi zarbalar berdi
28 noyabr 2024, 15:00

Rossiya Ukraina energetika obyektlariga yalpi zarbalar berdi

28-noyabr kuni ertalab Rossiya Ukraina energetika obyektlariga 90 dan ortiq raketa va 100 ga yaqin dron yordamida ommaviy hujum uyushtirdi. Butun mamlakat bo‘ylab elektr ta’minotida favqulodda uzilishlar joriy etildi.

Toshkent viloyatida oilaning 5 nafar a’zosini o‘ldirgan erkak umrbodga qamaldi
28 noyabr 2024, 14:31

Toshkent viloyatida oilaning 5 nafar a’zosini o‘ldirgan erkak umrbodga qamaldi

Sud bir oilaning 5 nafar a’zosini o‘ldirgan va ularni uyi bilan birga yoqib yuborgan 29 yoshli erkakni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. U Jinoyat kodeksining besh moddasi, jumladan, qasddan odam o‘ldirish, nomusga tegish va bosqinchilik bo‘yicha aybdor deb topildi.

Samarqand viloyatini 6 yil boshqargan Erkinjon Turdimov ishdan ketdi
28 noyabr 2024, 14:19

Samarqand viloyatini 6 yil boshqargan Erkinjon Turdimov ishdan ketdi

2018-yildan beri Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Erkinjon Turdimov prezident farmoni bilan lavozimdan olindi. Uning o‘rnini Hisob palatasi raisi lavozimida ishlagan Adiz Boboyev hokim vazifasini bajaruvchi sifatida egalladi.

AQSh Ukrainaga 725 mln dollarlik harbiy yordam paketini tayyorlamoqda
28 noyabr 2024, 13:38

AQSh Ukrainaga 725 mln dollarlik harbiy yordam paketini tayyorlamoqda

Bayden ma’muriyati Ukraina uchun 725 mln dollarlik qurol-yarog‘ paketini tayyorlamoqda. Unga piyodalarga qarshi minalar, dronlar, raketalar va HIMARS raketa tizimlari uchun o‘q-dorilar kiradi.

Juma kunidan havo sovib, yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda
28 noyabr 2024, 13:01

Juma kunidan havo sovib, yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

Juma kunidan boshlab O‘zbekistonda havo harorat pasaya boshlaydi. Joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim hududlarda u qorga aylanishi mumkin. Kechalari harorat −8…+2, kunduz kunlari −2…+8 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni ko‘paytirmoqchi
28 noyabr 2024, 12:47

Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni ko‘paytirmoqchi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ostona muzokaralari yakunida Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini ko‘paytirish rejalarini ma’lum qildi.

Markaziy bank bir foydalanuvchiga beriladigan kartalar sonini cheklashni rejalashtirmoqda
28 noyabr 2024, 12:34

Markaziy bank bir foydalanuvchiga beriladigan kartalar sonini cheklashni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston Markaziy banki bir foydalanuvchiga beriladigan kartalar sonini cheklamoqchi. Regulyator raisi o‘rinbosari Behzod Hamrayevning ta’kidlashicha, ayrim mijozlar yuzlab kartalarga ega bo‘lib, bu firibgarlar tomonidan kartalardagi mablag‘ o‘zlashtirilishiga olib kelmoqda.

Turkiyalik 7 nafar mutaxassis O‘zbekiston tibbiyotini transformatsiya qilishga yordam beradi
28 noyabr 2024, 11:16

Turkiyalik 7 nafar mutaxassis O‘zbekiston tibbiyotini transformatsiya qilishga yordam beradi

SSV O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini tibbiy sug‘urta, farmatsevtika va tez tibbiy yordam kabi yettita asosiy yo‘nalishda o‘zgartirishga yordam berishi kerak bo‘lgan yetti nafar turkiyalik mutaxassisni jalb qildi. Hozir ular barcha darajadagi tibbiyot muassasalarini o‘rganmoqda va hududlarga safar uyushtirmoqda.

Haydovchi tartibga solinmagan o‘tish joyida piyodani urib yuborgani uchun 5 yilga manzil-koloniyaga hukm qilindi
28 noyabr 2024, 10:40

Haydovchi tartibga solinmagan o‘tish joyida piyodani urib yuborgani uchun 5 yilga manzil-koloniyaga hukm qilindi

May oyida Spark Toshkentning Yusuf Xos Hojib ko‘chasidagi tartibsiz o‘tish joyida ayolni urib yuborgandi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan. Sud haydovchini 5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Jazo manzil-koloniyada o‘taladi. Ushbu ko‘chadagi piyodalar o‘tish joylari hamon xavfsizlik talablariga javob bermaydi.

O‘zbekistonda qariyb 11 oyda 75 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
28 noyabr 2024, 10:21

O‘zbekistonda qariyb 11 oyda 75 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 75 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Holatlarning aksariyati Farg‘ona, Xorazm va Jizzax viloyatlariga to‘g‘ri keladi. “Hududgazta’minot” kompaniyasi gaz to‘planganda avtomatik to‘xtatadigan yoki ovozli xabar beradigan uskunalarni o‘rnatishni tavsiya etmoqda.

“Nega propan narxi keskin oshishiga qarshi tezkor choralar ko‘rilmadi?” — “Adolat” deputati davlat organlariga so‘rovlar yubordi
28 noyabr 2024, 10:05

“Nega propan narxi keskin oshishiga qarshi tezkor choralar ko‘rilmadi?” — “Adolat” deputati davlat organlariga so‘rovlar yubordi

“Adolat” partiyasi deputati Muhammad Valiyev so‘nggi oylarda propan narxi keskin oshgani sababli mas’ul idoralarga so‘rovlar yo‘lladi. So‘rovlarda narxlar oshishining sabablari, ularni barqarorlashtirish va narx shakllanishining shaffofligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi savollar ko‘tarilgan.

Samarqandda tramvayning 3-yo‘nalishi ochilishi rejalashtirilmoqda
28 noyabr 2024, 09:52

Samarqandda tramvayning 3-yo‘nalishi ochilishi rejalashtirilmoqda

Samarqand shahrida tramvayning 3-yo‘nalishi ochilishi mumkin. Hozirda bu uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlik qilinmoqda.

Dekabrdan Rossiyaga kirishda xorijliklar biometriyadan o‘tadi
28 noyabr 2024, 09:12

Dekabrdan Rossiyaga kirishda xorijliklar biometriyadan o‘tadi

1-dekabrdan boshlab Rossiyada eksperiment tarzida xorijlik va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mamlakatga kirishda biometrik ma’lumotlarini taqdim eta boshlaydi. Birinchi bosqichda yig‘ish Moskva va Moskva viloyati aeroportlarida, shuningdek, Orenburg viloyatidagi “Mashtakovo” nazorat punktida amalga oshiriladi.

27-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
27 noyabr 2024, 23:18

27-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Toshkent atrofidagi qatnovlar uchun Rossiya elektropoyezdlari, investitsiyalar bo‘yicha o‘tkazilgan tanqidiy yig‘ilish, havoni ifloslantiruvchi manbalarni monitoring qilish tartibi, Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi sulh va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

“Biz uni eslaymiz, faqat endi o‘zini istamaymiz. Unga qaytish yo‘qdir!” — Turkiston muxtoriyati haqidagi kitoblardan parchalar
27 noyabr 2024, 20:09

“Biz uni eslaymiz, faqat endi o‘zini istamaymiz. Unga qaytish yo‘qdir!” — Turkiston muxtoriyati haqidagi kitoblardan parchalar

Bundan 107 yil avval Qo‘qonda Turkiston muxtoriyati e’lon qilingan edi. Atigi 72 kun faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa-da, u mintaqadagi ilk demokratik hukumat sifatida tarixda qolgan. “Gazeta.uz” sana munosabati bilan so‘nggi yillarda Turkiston muxtoriyati mavzusida chop etilgan kitoblardan parchalar yig‘di.

Investitsiyalarning nafaqat hajmini, balki sifatini ham oshirish zarur — prezident
27 noyabr 2024, 20:01

Investitsiyalarning nafaqat hajmini, balki sifatini ham oshirish zarur — prezident

Prezident huzurida xorijiy investitsiya jalb qilish sohasidagi natijalar tanqidiy tahlil qilindi. Davlat rahbari yondashuvlarni tubdan o‘zgartirish, investitsiyalarning nafaqat hajmini, balki sifatini ham oshirish zarurligini aytdi. Har bir dollar sanoatni rivojlantirishi, yangi ish o‘rni yaratishi kerak, dedi u.

Samarqandda korxonaning 6,4 mlrd so‘mini qimorda yutqazgan hisobchi ushlandi
27 noyabr 2024, 19:49

Samarqandda korxonaning 6,4 mlrd so‘mini qimorda yutqazgan hisobchi ushlandi

Samarqanddagi korxonalardan birining hisobchisi 6,4 mlrd so‘mni o‘zlashtirib, keyinchalik mablag‘ni internetdagi qimor o‘yinlarida yutqazib qo‘ydi. U soxta ma’lumotlar orqali pullarni o‘z nomiga ochilgan plastik kartalariga o‘tkazib olgan.

Saidaziz Saidaliyevga (“Saidaziz medgorodok”) nisbatan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi
27 noyabr 2024, 19:37

Saidaziz Saidaliyevga (“Saidaziz medgorodok”) nisbatan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi

Toshkent shahri sudi apellyatsiya instansiyasi yozda 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Saidaziz Saidaliyevga (“Saidaziz medgorodok”) nisbatan chiqarilgan hukmni o‘z kuchida qoldirdi. Tovlamachilik ishi bo‘yicha sudlangan yana 13 nafar shaxsning shikoyati ham rad etildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting