Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 6-maktabda informatika o‘qituvchisi qo‘shimcha dars vaqtida 15 yoshli o‘quvchini kaltakladi. Holat bolalar ombudsmani nazoratiga olindi, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Buxoro viloyati Kogon tumanida issiqxona mas’ullari gaz quvuriga yashirincha ulanib, 8,85 mlrd so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi. Daliliy ashyolar va hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yashovchi 22 yoshli ayol o‘ziga tanish qizga mo‘may daromadli ish topib berishni va’da qilib, Turkiyaga fohishalikka yuborayotgani aniqlandi. Ular Toshkent xalqaro aeroportida to‘xtatib qolindi.
2020-yildan buyon Senat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Ravshanbek Alimov O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi etib tayinlandi. Ilgari u Ukraina (o‘rindoshlik asosida Moldovada) va Fransiyada (o‘rindoshlik asosida Portugaliyada) ham elchi bo‘lib ishlagan.
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida oraliq masofaga amal qilmaslik oqibatida 5 ta mashina ishtirokida to‘qnashuv yuz berdi. YTHda hech kim jarohat olmadi.
Foydalanuvchidagi plastik kartalar sonini cheklash rejasi, Samarqand hokimligidan ketgan Erkinjon Turdimov, O‘zbekiston tibbiyotini transformatsiya qilishga yordam beradigan turkiyalik mutaxassislar, prezidentning diniy ma’rifatga oid yig‘ilishi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini butunlay taqiqlovchi qonun qabul qilindi. Hujjat bunday taqiq bo‘yicha dunyodagi eng qat’iy talablardan biri ekani ta’kidlanmoqda. Tanqidchilar va inson huquqlari vakillari qonunni qoraladi.
Ombudsman to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri uning vakolatlarini kengaytirdi: endi u ta’sir choralari — ogohlantirish, taqdimnoma, iltimosnoma va talabnoma qo‘llashi mumkin. Ombudsman va uning jamoasi mahkumlar saqlanadigan joylarga istalgan vaqtda oldindan ogohlantirmasdan tashrif buyura oladi.
Senat qo‘mitasida Andijondagi istirohat bog‘ida charxpalak qurish loyihasi tadbirkorlik xususiyatiga ega bo‘lishiga qaramay, “Tashabbusli budjet”ning ovoz berish bosqichiga o‘tkazilgani va g‘olib deb topilgani keskin tanqid qilindi. Huddi shunday holat Zarafshondagi aeroport binosini ta’mirlashda ham kuzatilgan.
Toshkent Fotosuratlar uyida “XIX asrda O‘zbekiston” nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Unda sirli fotograf tomonidan XIX asrda olingan va hozirda Rossiyaning Kunstkamera muzeyida saqlanayotgan fotosuratlar ko‘rsatildi. “Gazeta.uz” turkiyalik tadqiqotchilar tashabbusi bilan o‘tkazilgan ko‘rgazmadan reportaj tayyorladi.
Prezident yig‘ilishida internetdagi radikal g‘oyalar O‘zbekiston aholisining zaif qatlamlari, jumladan, yoshlarni noqonuniy guruhlar ta’siriga tortayotgani ta’kidlandi. Mutasaddilarga mahallalarda ma’naviy muhitni mustahkamlash, yoshlarni bilim va mehnatga keng jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Istanbul prokuraturasi Turkiyaga 600 mln dollardan ortiq qalbaki dollarlar kirib kelgani haqidagi xabarlar yuzasidan tergov boshladi. O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi fuqarolarni dollarni faqat rasmiy banklar yoki litsenziyali valyuta ayirboshlash nuqtalaridan olishga chaqirdi.
Toshkentda eski ToshMI oldidagi murakkab yo‘l uzeli qayta tashkil etilmoqda. Bu yerda transport oqimi bo‘linadi, qayrilib olish qismlari qayta ko‘rib chiqiladi. Rekonstruksiya ishlari sobiq “Toshselmash” bozori yonidagi chorrahani ham qamrab oladi. Pudratchi — China State Construction.
Iqtisodchi Behzod Hoshimov nega ba’zi davlatlarda xavfsizlik qoidalari ishlashi va ba’zilarida ishlamasligini tushuntirdi. “G‘arbda qoida ishlashi ular insofliroq ekanidan emas. Agar qayerdadir yong‘in holatida chiqish eshigi ishlamay qolsa, sug‘urta kompaniyasi o‘sha korxona egasini „burnidan buloq“ qiladi”, deydi u.
O‘zbekistonda oziq-ovqat eksporti 2023-yilga nisbatan 1,2 barobarga o‘sib, 2 mlrd dollardan oshdi. Ammo 64 ta tumanda eksport 2023-yilga nisbatan kamaygan, undan 17 tasida 50 foizga ham yetmagan. Prezident hokimlarni dunyodagi og‘ir vaziyatni hisobga olib, yangi imkoniyatlarni ishga solish haqida ogohlantirdi.
Seul va uning atrofidagi hududlarda so‘nggi 117 yil ichida noyabr oyidagi eng kuchli qor yog‘di. Yog‘ingarchilik tufayli transport faoliyati izdan chiqdi, aviaqatnovlar bekor qilindi. Besh kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.
Buxoro viloyatining Jondor tumanidagi xonadonlardan birida gaz portladi. Undan oilaning 4 nafar a’zosi kuyish jarohati oldi. Xususan, ota va ona voqea oqibatida vafot etdi, 2 nafar voyaga yetmagan qiz shifoxonada.
Asli jarqo‘rg‘onlik Ro‘zixon Ochilov hayotini pochtaga bag‘ishlagan. 58 yoshli pochtachi har kuni 100 chaqirimdan ortiq masofa bosib, cho‘ldagi shahar aholisiga davriy nashrlar, xatlar va jo‘natmalarni yetkazadi. “Gazeta.uz” eng ko‘hna kasblardan birining quvonchlari, qiyinchiliklari va taqdiri haqida hikoya qiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida O‘zbekistonda korrupsiyaning oldini olish maqsadida “Shaffof shaharlar” va “Halol tumanlar” loyihalari ishga tushirilmoqda.
O‘zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirligi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda odam savdosida ayblanib, 8 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol ushlandi. U Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting