Arxiv

Katta ekran, akustika va litsenziyali filmlar. Toshkentdagi ilk artxaus kinoteatr qanday ishlayapti?
30 noyabr 2024, 16:14

Katta ekran, akustika va litsenziyali filmlar. Toshkentdagi ilk artxaus kinoteatr qanday ishlayapti?

Toshkentda 50 o‘rinli ilk mualliflik filmlari kinoteatri ish boshladi. Unda har namoyishdan so‘ng rejissyor va kinomunaqqidlar ishtirokida muhokamalar bo‘lib o‘tadi. “Gazeta.uz” kinoxona asoschilari bilan mustaqil kinoni tomosha qilish madaniyati va tomoshabinlarning yangi avlodini shakllantirish haqida gaplashdi.

16 yoshli yigit “Chorsu” mehmonxonasining 21-qavatidan tushib ketib vafot etdi
30 noyabr 2024, 16:10

16 yoshli yigit “Chorsu” mehmonxonasining 21-qavatidan tushib ketib vafot etdi

Toshkent shahridagi “Chorsu” mehmonxonasi xarobasining yuqori qavatiga chiqqan yigit u yerdan tushib ketib vafot etdi. Voqea yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.

Kogon shahri va Qorovulbozor tumaniga yangi hokimlar tayinlandi
30 noyabr 2024, 14:51

Kogon shahri va Qorovulbozor tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

Mirshakar To‘raboyev Kogon shahriga, O‘tkir Hamroyev Qorovulbozor tumaniga hokim bo‘ldi. Ushbu hududlarning avvalgi hokimlari Vobkent va Peshku tumanlariga hokim etib tasdiqlangandi.

Italiyada maoshlar kamligi va hukumatning budjet rejalaridan norozi bo‘lgan minglab xodim ish tashladi
30 noyabr 2024, 13:42

Italiyada maoshlar kamligi va hukumatning budjet rejalaridan norozi bo‘lgan minglab xodim ish tashladi

Italiyada minglab ishchilar hukumatning 2025-yilgi budjet rejalaridan norozi bo‘lib, shuningdek, ish haqi va xizmatlar sifatini oshirishni talab qilib, ish tashlashga chiqdi. Jarayon temiryo‘l transportidan tashqari iqtisodiyotning barcha sohalarini qamrab oldi.

Avtobus yo‘lagida harakatlanish qoidasini buzgan haydovchilarga 1 mln 125 ming so‘m jarima belgilanishi kutilmoqda
30 noyabr 2024, 12:13

Avtobus yo‘lagida harakatlanish qoidasini buzgan haydovchilarga 1 mln 125 ming so‘m jarima belgilanishi kutilmoqda

Jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yo‘laklarda harakatlanish qoidalarini buzganlik uchun jarima 1 mln 125 ming so‘m, bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa 1 mln 875 ming so‘m etib belgilanishi mumkin. Tegishli qaror loyihasi siyosiy partiyalar muhokamasiga kiritish uchun tayyorlanmoqda.

O‘zbekistonga xorijdan 10 oyda 12,6 mlrd dollar jo‘natilgan. Bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 34 foizga ko‘p
30 noyabr 2024, 11:07

O‘zbekistonga xorijdan 10 oyda 12,6 mlrd dollar jo‘natilgan. Bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 34 foizga ko‘p

Yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan pul o‘tkazmalari 12,6 mlrd dollarni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 34 foizga ko‘paydi. Pul o‘tkazmalari AQShdan 37 foizga, Janubiy Koreyadan 71 foizga, Buyuk Britaniyadan 76 foizga hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan 41 foizga o‘sgan.

Vobkent va Peshku tumanlariga yangi hokimlar tasdiqlandi
30 noyabr 2024, 10:07

Vobkent va Peshku tumanlariga yangi hokimlar tasdiqlandi

Akmal Ostonov Vobkent tumani hokimi etib tasdiqlandi. Bu lavozimda ishlab kelayotgan Farhod Umarov sog‘ligi yomonlashgani munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Bundan tashqari, Peshku tumaniga Hayot Davlatov hokim etib tasdiqlandi.

“Oy materiali”: Boysun haqidagi materiallar qanday tayyorlandi?
30 noyabr 2024, 09:39

“Oy materiali”: Boysun haqidagi materiallar qanday tayyorlandi?

Boysundagi gaz konida avariya yuz bergach, “Gazeta.uz” shu hodisaga aloqador bir necha katta materiallar tayyorladi. “Oy materiali” podkastining navbatdagi sonida ushbu materiallarni tayyorlagan Otabek Turdiyev va Ziyoda Ramazonova jarayon qanday bo‘lgani va umuman o‘z tajribasi bilan bo‘lishdi.

Bunaqa kam avtomobil bor joyda minglab odam YTHlarda o‘lishi juda g‘ayritabiiy — Behzod Hoshimov
30 noyabr 2024, 09:24

Bunaqa kam avtomobil bor joyda minglab odam YTHlarda o‘lishi juda g‘ayritabiiy — Behzod Hoshimov

Iqtisodchi Behzod Hoshimov O‘zbekiston kabi mashinalar kam mamlakatda minglab inson yo‘l-transport hodisalarida vafot etayotgani normal emasligini ta’kidladi. “Shvetsiyada 5 millionta avtomobil bor, lekin bizdan 10 baravar kam odam o‘lmoqda, oradagi farq esa biz o‘zimiz yaratgan raqamlarimiz”, — deydi u.

Do‘stlik bog‘ini investorga berish qarorini bekor qilishga doir aholi iltimosini uchinchi instansiya sudi ham rad etdi
30 noyabr 2024, 08:11

Do‘stlik bog‘ini investorga berish qarorini bekor qilishga doir aholi iltimosini uchinchi instansiya sudi ham rad etdi

Toshkent aholisi Do‘stlik (sobiq Bobur) bog‘i uchun kurashni davom ettirmoqda — ular bog‘ni investorga berish to‘g‘risidagi hokimiyat qarorlari bekor bo‘lishini talab qilyapti. Ammo uchinchi instansiya sudi ham bu talabni rad etdi. Aholi endi Oliy sudga, unda ham o‘xshamasa, Greenpeace va BMTga murojaat qilmoqchi.

Nima tayyorlaymiz: parhezbop desertlar
29 noyabr 2024, 23:34

Nima tayyorlaymiz: parhezbop desertlar

Chia urug‘idan tayyorlangan puding, suli yormasidan tiramisu, unsiz, yong‘oqli pechene va boshqa parhezbop desertlar retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.

O‘zbekistonda Inson huquqlari uyi ochiladi
29 noyabr 2024, 23:00

O‘zbekistonda Inson huquqlari uyi ochiladi

O‘zbekistonda inson huquqlari faoliyatini kuchaytirish maqsadida tuzilgan Inson huquqlari uyi 3-dekabrdan ish boshlaydi. Ushbu maydonda xalqaro va milliy hujjatlar, inson huquqlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar va tahliliy hisobotlar kutubxonasi yaratilgan.

Banklar balansidagi foydalanilmayotgan issiqxona va qayta ishlash sexlari tadbirkorlarga berilishi mumkin
29 noyabr 2024, 22:51

Banklar balansidagi foydalanilmayotgan issiqxona va qayta ishlash sexlari tadbirkorlarga berilishi mumkin

Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda banklar balansidagi foydalanilmayotgan issiqxonalar, qayta ishlash sexlari va muzlatkichli omborlarni bo‘lib to‘lash imkoniyati bilan tajribali tadbirkorlarga 3 yil muddatga ishonchli boshqaruvga berish taklif etildi.

29-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
29 noyabr 2024, 22:30

29-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

JSTga a’zolik bo‘yicha Xitoy bilan muzokaralar yakuni, Toshkent shahrining birinchi yarimyillik uchun budjeti, Buxoro hokimlari uchun 6 oylik favqulodda ish tartibi, Gulnora Karimova ishi bo‘yicha ayblanayotgan bank va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Andijonda niqobli shaxslar yo‘l chetida to‘xtab turgan mashinaga tosh otib hujum qildi
29 noyabr 2024, 21:04

Andijonda niqobli shaxslar yo‘l chetida to‘xtab turgan mashinaga tosh otib hujum qildi

Andijonda mashinasining davlat raqamini yechib olgan bir guruh niqobli shaxslar yo‘l chetida to‘xtab turgan mashinaga tosh otib, haydovchining pullarini o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi. Jabrlanuvchi qochishga muvaffaq bo‘ldi va jinoyat oxiriga yetmadi. Holat yuzasidan bosqinchilik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Makedoniyalik Iskandarning avanposti yoki Farg‘ona vodiysidan quvilganlarning ”yangi dunyosi”: Nanay qishlog‘i tarixi
29 noyabr 2024, 21:00

Makedoniyalik Iskandarning avanposti yoki Farg‘ona vodiysidan quvilganlarning "yangi dunyosi": Nanay qishlog‘i tarixi

Uzum Market bilan maxsus loyiha doirasidagi Toshkent viloyatida 1500 aholisi bo‘lgan qadimiy qishloq haqida hikoyalar.

Xorazmda bankdagi tanishlari orqali tadbirkorga 10 mlrd so‘m kredit ajratib berishni aytgan shaxslar ushlandi
29 noyabr 2024, 20:23

Xorazmda bankdagi tanishlari orqali tadbirkorga 10 mlrd so‘m kredit ajratib berishni aytgan shaxslar ushlandi

Xorazm viloyatida 110 ming dollar, Toshkentda 5 ming dollar olayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Ular bankdagi tanishlari orqali katta miqdorda kredit ajratib berishni va’da qilgan. Jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Buxoroda hokimlar va ularning o‘rinbosarlari 6 oy favqulodda ish tartibiga o‘tadi
29 noyabr 2024, 20:05

Buxoroda hokimlar va ularning o‘rinbosarlari 6 oy favqulodda ish tartibiga o‘tadi

Prezident Buxoro hokimining hududni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish rejalaridan qoniqmadi va investitsiya, kambag‘allik va ishsizlikni kamaytirish sohalarini yaxshilash kerakligini aytdi. Viloyatdagi hokimlar va ularning o‘rinbosarlari 6 oy favqulodda ish tartibiga o‘tib, shu uchta yo‘nalish ustida ishlaydi.

“Ular orasida kreativ yigit-qizlar ko‘p”. Nogironligi bor yoshlar uchun tashkil etilgan ijodiy kurslar sarhisobi
29 noyabr 2024, 20:04

“Ular orasida kreativ yigit-qizlar ko‘p”. Nogironligi bor yoshlar uchun tashkil etilgan ijodiy kurslar sarhisobi

“Sharoit Plyus” tashkiloti nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun fotografiya, SMM, videomontaj kabi kreativ industriya yo‘nalishlarida o‘quv kurslari ochdi, chunki “nodavlat ta’lim muassasalarida sharoit yo‘q va o‘qish qimmat”. Har bir kursda 10 kishidan o‘qidi. Ularning ayrimlari allaqachon o‘z ishini ham topib bo‘lgan.

Dala chetidan samarali foydalangan fermerlarga imtiyozlar beriladi
29 noyabr 2024, 19:32

Dala chetidan samarali foydalangan fermerlarga imtiyozlar beriladi

O‘zbekistonda dala chetidan samarali foydalangan fermerlar tadbirkorlar reytingida qo‘shimcha ball olish, yer solig‘ini ikkiga bo‘lib to‘lash imkoniyati va boshqacha ko‘rinishdagi imtiyozlarga ega bo‘ladi. Har bir mahallada kamida 100 ta xonadonga limon va uzum ko‘chatlari tarqatiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting