Arxiv

Ispaniya o‘z guruhida rekord hisobda, Belgiya esa minimal hisobda g‘alabaga erishdi
24 noyabr 2022, 10:29

Ispaniya o‘z guruhida rekord hisobda, Belgiya esa minimal hisobda g‘alabaga erishdi

JCH-2022ning yana bir kunida E va F guruhidan joy olgan Ispaniya — Kosta-Rika va Belgiya — Kanada bahslari bo‘lib o‘tdi. Birinchi bahsda ispaniyaliklar total ustunlik qilib, 7 gol urib rekord hisobni qayd etishgan bo‘lishsa, ikkinchi bahsda aslida Belgiyadan kuchliroq o‘yin ko‘rsatgan Kanada 0:1 hisobida yutqazdi.

Buxoroda Nexia-2 yo‘l chetidagi bolalarni urib yubordi
24 noyabr 2022, 09:48

Buxoroda Nexia-2 yo‘l chetidagi bolalarni urib yubordi

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida Nexia-2 ag‘darilib, piyodalar yo‘lakchasida ketayotgan ikki nafar bolani urib yubordi. Oqibatda bolalardan biri tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi. YTH yuzasidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tijorat banklari 1 dollarni 11 280 so‘mdan sotishni boshladi
24 noyabr 2022, 09:42

Tijorat banklari 1 dollarni 11 280 so‘mdan sotishni boshladi

Banklarda 24 noyabr kuni 1 AQSh dollari 11 180 — 11 260 so‘mdan sotib olinmoqda, sotish kursi esa 11 280 so‘mgacha ko‘tarildi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul tushlik bilan ta’minlashga qo‘shimcha 106 mlrd so‘m ajratiladi
24 noyabr 2022, 01:00

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul tushlik bilan ta’minlashga qo‘shimcha 106 mlrd so‘m ajratiladi

Moliya vaziri quyi palata sessiyasida 2022 yildagi davlat budjeti hisobidan XTVga qo‘shimcha 922 mlrd so‘m ajratilishini ma’lum qildi. Shundan 106 mlrd so‘m Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 1−4-sinf o‘quvchilarini bepul ovqatlantirish uchun, 400 mlrd so‘m esa darslik ijarasini budjetdan qoplash uchun yo‘naltiriladi.

Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi uch foizdan to‘rt foizga oshiriladi
24 noyabr 2022, 00:02

Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi uch foizdan to‘rt foizga oshiriladi

Moliya vaziri Timur Ishmetov «2022 yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha muhokamada budjet taqchilligi 3%dan 4%ga oshirilishini ma’lum qildi. Avvalroq hukumat limitga moslasha olmayotgani uchun deputatlardan budjet taqchilligining cheklangan miqdorini oshirishni so‘ragandi.

23 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
23 noyabr 2022, 22:00

23 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkentda tramvay yo‘llarini quradigan Fransiya kompaniyasi, yoqib yuborilgan 34,2 ming quti tamaki, yana daraxtkushlik, «TTZ»dan «Mashinasozlar» metrosigacha ekspress avtobus, 800 mln yevroga 17 ta samolyot sotib olinishi, $40 mlrddan oshgan tashqi savdo aylanmasi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Strategik rivojlanish agentligi rahbarining barcha o‘rinbosarlari ishdan bo‘shatildi
23 noyabr 2022, 21:51

Strategik rivojlanish agentligi rahbarining barcha o‘rinbosarlari ishdan bo‘shatildi

Hukumat qarori bilan Strategik rivojlanish agentligi rahbarining barcha o‘rinbosarlari, xususan, Rustamxon Azizov, Aziz Gafurov va Aleksey Sim o‘z lavozimidan ozod etildi. Ushbu agentlik sentabr oyida prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi sifatida qayta tashkil etilgan edi.

JCH-2022 da yana bitta sensatsiya: Yaponiya Germaniyani mag‘lub etdi, Xorvatiya — Marokash bahsida esa nursiz durang
23 noyabr 2022, 20:55

JCH-2022 da yana bitta sensatsiya: Yaponiya Germaniyani mag‘lub etdi, Xorvatiya — Marokash bahsida esa nursiz durang

23 noyabr kuni E guruhidan joy olgan Germaniya — Yaponiya bahsida 1:2 hisobi qayd etildi. Yaponiya «kambek» amalga oshirdi va irodali g‘alabaga erishdi. F guruhidagi Marokash — Xorvatiya bahsida esa hisob ochilmadi — 0:0.

Yevroparlament Rossiyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlat sifatida tan oldi
23 noyabr 2022, 20:28

Yevroparlament Rossiyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlat sifatida tan oldi

Yevroparlament Rossiya qo‘shinlarining Ukrainadagi tinch aholiga nisbatan vahshiyliklari uchun Rossiyani terrorizm homiysi sifatida tan oldi. Shuningdek, deputatlar Yevropa kengashini Rossiyaning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi va «Qodirovchilar» polkini terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritishga chaqirdi.

Ikki qizni Indoneziyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan ikki fuqaro 5 yilga qamaldi
23 noyabr 2022, 20:15

Ikki qizni Indoneziyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan ikki fuqaro 5 yilga qamaldi

Ikki qizni Indoneziyaga fohishalik qilish uchun yuborishni rejalashtirgan ikki fuqaro 5 yilu 1 oydan qamoq jazosiga hukm qilindi.

Andijonda oyoqlari kombaynga kirib ketgan 35 yoshli erkak vafot etdi
23 noyabr 2022, 18:19

Andijonda oyoqlari kombaynga kirib ketgan 35 yoshli erkak vafot etdi

Andijon viloyati Jalaquduq tumanida oyoqlari kombaynning yanchuvchi qismiga kirib ketgan 35 yoshli erkak shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Fransiyaning Alstom kompaniyasi Toshkentda tramvay yo‘llarini quradi
23 noyabr 2022, 18:02

Fransiyaning Alstom kompaniyasi Toshkentda tramvay yo‘llarini quradi

Fransiyaning Alstom mashinasozlik kompaniyasi Toshkentda tramvay yo‘llarini quradi. Loyiha qiymati 167,4 mln yevroga baholanmoqda. Liniyalardan biri “Do‘stlik” metro stansiyasidan boshlab, Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab o‘tishi mumkin.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $40 mlrddan oshdi
23 noyabr 2022, 17:48

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $40 mlrddan oshdi

Yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 40,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Jumladan, eksport hajmi qariyb $15,5 mlrdga (+23,8%), import esa $24,6 mlrdga (+21,2% ga) yetdi. Hisobot davrida — $9,1 mlrd qiymatida passiv saldo qayd etildi.

AQSh O‘zbekistonga 131 tonna oziq-ovqat yordami yetkazdi
23 noyabr 2022, 17:10

AQSh O‘zbekistonga 131 tonna oziq-ovqat yordami yetkazdi

O‘zbekistonga AQShdan 131 tonna oziq-ovqat yordamining yillik partiyasi yetkazildi. Kundalik kaloriya va oqsil miqdorini oshirishga mo‘ljallangan sabzavot va dukkakli o‘simliklardan iborat ozuqaviy aralashma silga chalingan bemorlarni davolash muassasalari hamda «Saxovat» va «Muruvvat» uylariga tarqatiladi.

O‘zbekiston 800 mln yevroga 17 ta Airbus va ATR samolyotlarini sotib oladi
23 noyabr 2022, 16:50

O‘zbekiston 800 mln yevroga 17 ta Airbus va ATR samolyotlarini sotib oladi

Fransiya O‘zbekistonga umumiy qiymati salkam 800 mln yevroga teng 12 ta Airbus A320neo va A321neo samolyotlari, shuningdek, 5 ta ATR 72−600 samolyotlarini yetkazib beradi. Bundan tashqari, ikkita Airbus H145 vertolyotini xarid qilish rejalashtirilgan.

Markaziy bank 2025-yilgacha iqtisodiy rivojlanishning ikki ssenariysini taqdim etdi
23 noyabr 2022, 16:41

Markaziy bank 2025-yilgacha iqtisodiy rivojlanishning ikki ssenariysini taqdim etdi

Markaziy bank 2023−2025-yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy va muqobal ssenariylarini taqdim etdi. Regulyator asosiy e’tibor iqtisodiyotda narxlar barqarorligiga erishishga qaratilishini ta’kidlab, pul-kredit siyosatida inflyatsion targetlash jarayoni davom etishini qayd etdi.

Toshkentda 19 yoshli haydovchi piyoda o‘limiga sababchi bo‘ldi
23 noyabr 2022, 16:20

Toshkentda 19 yoshli haydovchi piyoda o‘limiga sababchi bo‘ldi

Yakkasaroy tumanida 2003 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Nexia-3 34 yoshli piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etdi.

Namanganda ikki ayol va bir bola is gazidan vafot etdi
23 noyabr 2022, 15:54

Namanganda ikki ayol va bir bola is gazidan vafot etdi

Namangan viloyati Pop tumanida ona va uning voyaga yetmagan farzandi hamda mehmonga kelgan qaynona is gazidan zaharlanib vafot etdi. Noyabr oyining o‘zida is gazidan 9 kishi halok bo‘ldi.

Orion kosmik kemasi Oyga yetib bordi
23 noyabr 2022, 15:17

Orion kosmik kemasi Oyga yetib bordi

NASA`ning Orion kosmik kemasi Oyga uchib borib, Yerning sun’iy yo‘ldoshi atrofidan aylanib o‘tdi. Mazkur Artemis I missiyasi odamlarni Oyga olib chiqish, unda uzoq muddat qolish va Marsga keyingi parvozlarni amalga oshirish loyihasining boshlanishi bo‘ladi. Keyingi parvozda uni odamlar boshqarib borishi mumkin.

Foto: Toshkentda 34,2 ming quti kontrabanda tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi
23 noyabr 2022, 15:02

Foto: Toshkentda 34,2 ming quti kontrabanda tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi

Yangihayot tumanidagi zavodlarning birida 297,4 mln so‘mlik 34,2 ming quti kontrabanda tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi. Bojxona qo‘mitasi noqonuniy olib kirish holatlari ko‘proq vodiy viloyatlarida uchrashini ma’lum qildi. Yil boshidan beri 19,2 mlrd so‘mlik tamaki mahsulotlari olib qo‘yildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting