15 avgust kuni O‘zbekistonda 684 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy rasmiy ko‘rsatkich 34,7 mingtaga yetdi. Sog‘ayganlar soni esa 30 mingdan (+1382) oshdi.
17−30 avgust kunlari 23 ta charter reys orqali xorijdagi fuqarolar evakuatsiya qilinadi.
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov O‘zAga bergan intervyusida joriy yilning 7 oyida 12 mingdan ziyod haydovchining transport vositasini mast holda boshqargani aniqlanganini ma’lum qildi. Vazir YTHlarda qotillikka nisbatan 5 barobar ko‘p odam halok bo‘lganini aytdi.
COVID-19 bemorlarini davolash bo‘yicha tajribaga ega 40 nafar rossiyalik shifokor yakshanba kuni O‘zbekistonga keladi. Ular orasida anesteziolog-reanimatologlar, infeksionistlar, epidemiologlar va terapevt-shifokorlar bor.
O‘zbekistonda karantindan oldingi hayot xorijlik nigohida. Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekistondagi bosh texnik maslahatchisi, havaskor fotosuratchi Yonas Astrup mamlakat bo‘ylab o‘z sayohatini ko‘rsatadi.
Zira.uz tez tayyorlanadigan, foydali va mazali salatlar retseptlarini taqdim etadi. Ular jazirama yoz vaqtida yaxshi hazm bo‘lib, kechki ovqatga yaxshi qo‘shimcha bo‘ladi.
14 avgust kuni Telegram messenjerining Android-versiyasi yangilandi va videoqo‘ng‘iroqlar paydo bo‘ldi.
O‘zbekistonda kun davomida 694 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy soni 34 mingtadan oshdi. Davolanish ko‘rsatkichi esa 84 foizga yetdi.
O‘zbekiston OTMlarida to‘lov-kontraktlar miqdori 10 foizga pasaytiriladi. Pandemiya sharoitida talabalarni qo‘llab-quvvatlash chegirmalar bilan cheklanib qolmaydi.
Toshkentda 15 avgustdan jamoat transporti, jumladan avtobus va yo‘nalishli taksilar (mashrutkalar) faoliyati qayta tiklanadi. Toshkent viloyatida ham avtobus qatnovlariga ruxsat beriladi.
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida fransuz kompaniyasi konsorsiumi bo‘yicha «Bildirsoy-Chimyon-Nanay» xalqaro kurorti tashkil etiladi. Loyihaning umumiy qiymati 480 mln dollar bo‘lib, shundan 280 mln dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisoblanadi.
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, Toshkent metropoliteni 15 avgustdan ishga tushiriladi. Metroda niqob taqish va ijtimoiy masofa saqlash qoidalariga rioya qilish jiddiy nazorat qilinadi.
Qoraqalpog‘istonda mast haydovchi velosipedda ketayotgan 11 va 12 yoshli ikki bolani urib yubordi. Bolalar voqea joyida vafot etdi.
Chet elda ishga joylashtirish bo‘yicha xizmat haqini ish qidirayotgan emas, ish beruvchi to‘laydigan bo‘ldi.
Dam olish kunlari mamlakat hududida havo vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Janubda harorat 40 darajagacha ko‘tariladi.
Toshkentning Yunusobod tumani Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi markazining bosh vrachiga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi. U karantin vaqtida soxta stikerlar berganlikda ayblanmoqda. Poytaxt SEOM bosh vrachi ruxsatnoma xodimlarning qarindoshlariga, ularni ishga olib kelish uchun berilganini aytdi.
Triatlon federatsiyasining yangi raisi etib Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov, MMA assotsiatsiyasi raisligiga esa mudofaa vaziri Bahodir Kurbanov saylandi.
Otabek Umarov O‘zbekiston triatlon federatsiyasi va Aralash jang san’ati (MMA) assotsiatsiyasi rahbarligidan iste’foga chiqdi. Uning aytishicha, ushbu qaror COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq o‘zgarishlar negizida qabul qilingan.
AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Daniyel Rozenblum Bishkekda Bobomurod Abdullayevning hibsga olinishi yuzasidan xavotir bildirdi. U jurnalistning harakat erkinligini hurmat qilishga va Qirg‘izistonni o‘zi tanlagan mamlakatga ketishiga ijozat berishga chaqirdi.
Isroil va BAA AQSH vositachiligi bilan munosabatlarni yaxshilash haqidagi tarixiy bitim imzolashdi. Unga ko‘ra, Isroil Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi hududlarni anneksiya qilishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi. Falastin esa kelishuvga qarshi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting