Arxiv

Rossiya va Tojikistonga poyezdlar qatnovi boshlanish sanalari ma’lum qilindi
14 iyun 2022, 22:48

Rossiya va Tojikistonga poyezdlar qatnovi boshlanish sanalari ma’lum qilindi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» Tojikiston va Rossiyaga poyezdlar qatnovini boshlash sanalarini ma’lum qildi. 20 iyundan «Dushanbe — Toshkent — Dushanbe», 23 iyundan «Toshkent — Samara — Toshkent» yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

14 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
14 iyun 2022, 21:59

14 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Futbol uchrashuvida tosh otgani uchun hibsga olingan salkam 50 kishi, Konstitutsiyaga takliflar, Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan MTJ, birjada arzonlagan shakar narxi, Toshkentda tezyurar elektrichkalar qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taklif va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 14 iyundagi xabarlar dayjestida.

Andijon shahriga yangi hokim tasdiqlandi
14 iyun 2022, 21:38

Andijon shahriga yangi hokim tasdiqlandi

Gofurjon Abdurahmonov Andijon shahar hokimi etib tayinlandi. Shaharning avvalgi hokimi Bahrom Haydarov talon-tarojlik to‘g‘risidagi jinoyat ishi doirasida qo‘lga olingan edi.

Namangandagi «Yertikon» suv ombori ostidan suv sizib chiqayotganligi aniqlandi
14 iyun 2022, 19:43

Namangandagi «Yertikon» suv ombori ostidan suv sizib chiqayotganligi aniqlandi

FVV Namangandagi «Yertikon» suv ombori ostidan suv sizib chiqayotganini tasdiqladi. Ta’kidlanishicha, 13 iyundan beri dambaning ikkita joyidan soniyasiga 5−10 litr suv oqib chiqmoqda. Shunga qaramasdan aholi va to‘g‘onga xavf yo‘qligi aytilmoqda. Ombor oldida tun-u kun kuzatuv posti tashkil etildi.

Voxid Ibodullayev Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi
14 iyun 2022, 17:56

Voxid Ibodullayev Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Qurilish vazirligi Boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan Voxid Ibodullayev Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bundan tashqari, O‘ktam Pardayev Qashqadaryo viloyatining Kitob tumaniga hokim bo‘ldi.

«Prezidentning vakolat muddatini o‘zgartirishdan tortib, „fuqaro“ atamasidan voz kechishgacha». Konstitutsiyaga takliflar
14 iyun 2022, 17:12

«Prezidentning vakolat muddatini o‘zgartirishdan tortib, „fuqaro“ atamasidan voz kechishgacha». Konstitutsiyaga takliflar

Prezidentning vakolat muddatini o‘zgartirish, «fuqaro» atamasini «vatandor» ga almashtirish, qo‘shfuqarolik va qo‘shxotinlikka ruxsat berish, Bosh prokuraturani Adliya vazirligiga qo‘shib yuborish, hokimlar va senatorlarni saylash — Konstitutsiya bo‘yicha yuborilayotgan takliflar haqida batafsil «Gazeta.uz» materialida.

O‘zbekiston bo‘ylab «sanitariya inqilobi» amalga oshiriladi
14 iyun 2022, 17:11

O‘zbekiston bo‘ylab «sanitariya inqilobi» amalga oshiriladi

2022−2023 yillarda O‘zbekistondagi barcha sayyohlik obyektlari, aeroportlar, vokzallar va avtostansiyalarda «sanitariya inqilobi» ni amalga oshirish, ularni zamonaviy hojatxonalar bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. Maxsus ishchi guruh sentabrgacha ushbu obyektlarda o‘rganishlar olib boradi.

Futbol uchrashuvida tosh otgani uchun salkam 50 kishi hibsga olindi
14 iyun 2022, 15:18

Futbol uchrashuvida tosh otgani uchun salkam 50 kishi hibsga olindi

Toshkent shahar IIBB O‘zbekiston va Iroq yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi futbol bellashuvida tosh otgani uchun 47 kishi hibsga olinganini ma’lum qildi. 19 nafar muxlis ma’muriy javobgarlikka tortildi, 28 nafariga nisbatan esa tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Mahalladagi davlat ko‘chmas mulkini auksionga chiqarish bilan hokim yordamchisi shug‘ullanishi mumkin
14 iyun 2022, 15:09

Mahalladagi davlat ko‘chmas mulkini auksionga chiqarish bilan hokim yordamchisi shug‘ullanishi mumkin

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2000 kv. metrgacha bo‘lgan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulkini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmasiga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri auksion savdolariga chiqarishni taklif etmoqda. Agentlik buyurtmani 3 ish kunida o‘rganib chiqadi, ma’qullangan taqdirda obyekt savdoga qo‘yiladi.

Axmed Narimbetov Qoraqalpog‘iston xalq ta’limi vaziri bo‘ldi
14 iyun 2022, 14:27

Axmed Narimbetov Qoraqalpog‘iston xalq ta’limi vaziri bo‘ldi

Respublika 6-sonli skolioz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori Axmed Narimbetov Qoraqalpog‘iston xalq ta’limi vaziri lavozimiga tayinlandi.

Birjada shakar narxi 26,1 foizga arzonlashdi
14 iyun 2022, 14:09

Birjada shakar narxi 26,1 foizga arzonlashdi

Birjadagi uch savdo kuni yakunlari bo‘yicha shakarning o‘rtacha narxi 26,1 foizga — 1 kg uchun 10,7 ming so‘mgacha tushdi. Shu bilan birga, shakar zavodlari mazkur davrda taklif hajmini oshirmadi.

Qarshi davlat universitetiga $10 ming evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
14 iyun 2022, 13:40

Qarshi davlat universitetiga $10 ming evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Ikki nafar abituriyentni Qarshi davlat universitetiga 10 ming dollar evaziga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushbu pullarni olganida qo‘lga tushdi. Surxondaryoda esa Pedagogika kolleji direktori o‘rinbosari 5 mln so‘m evaziga o‘qishga qabul qilishini aytib, 100 dollar olganida ushlandi.

Toshkentdan tezyurar elektrichkalar qatnovini yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda
14 iyun 2022, 13:31

Toshkentdan tezyurar elektrichkalar qatnovini yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda

Prezident Toshkentdan Xojikent, Bekobod va Angren yo‘nalishida zamonaviy tezyurar elektropoyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdi. Davlat rahbari huzuridagi taqdimotda hozirgi poyezdlar parki eskirgani va yo‘lovchilar oqimiga bardosh bera olmasligi ta’kidlandi.

Qozog‘istondan 31 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi
14 iyun 2022, 12:43

Qozog‘istondan 31 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida 51 nafar xorij fuqarosi dorivor kavraklarni yig‘ish bilan shug‘ullangani aniqlandi, ularning 31 nafari O‘zbekiston fuqarolaridir. Sud qarori bilan ular migratsiya qonunchiligini buzgani uchun deportatsiya qilindi.

O‘zbekiston Antigua va Barbuda bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
14 iyun 2022, 12:37

O‘zbekiston Antigua va Barbuda bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

Antigua va Barbuda O‘zbekiston diplomatik munosabatlarni o‘rnatgan 141-davlat bo‘ldi.

Qon topshir, hayotni saqla
14 iyun 2022, 12:23

Qon topshir, hayotni saqla

Qon hamma joyda kerak, ammo unga muhtojlar qonni hamma joyda ham ololmaydi. «Qon topshirish — birdamlik harakatidir. Donorga aylaning va hayotlarni saqlab qoling» — bu Butunjahon donorlar kuni chaqiruvidir. O‘zbekistonda qon topshirish mumkin bo‘lgan manzillar — «Gazeta.uz» materialida.

Hafta o‘rtasida poytaxtda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin
14 iyun 2022, 12:07

Hafta o‘rtasida poytaxtda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Toshkentda chorshanba-payshanba kunlari ko‘pchilik uchun xavfli bo‘lmagan 4 ballik magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bo‘ron vaqtida arterial gipertoniya va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar ko‘proq aziyat chekadi, shu bois bu vaqtda kamroq harakat qilish tavsiya etiladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
14 iyun 2022, 12:03

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi saralash o‘yinlari yakuniga yetmasdan turib, muddatidan ilgari Osiyo kubogi-2023 yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Transplantatsiya sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik joriy etilmoqda
14 iyun 2022, 11:21

Transplantatsiya sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik joriy etilmoqda

Senat inson a’zolari va to‘qimalarini ko‘chirish sohasidagi qonunchilik normalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi o‘zgartishlarni ma’qulladi. Senatorlar a’zo va to‘qimalarni olish maqsadida odam o‘g‘rilash yoki odam savdosi xavfi bilan bog‘liq vatandoshlarning qo‘rquvi haqida ham so‘z yuritishdi.

Tojikistonga $356 mingni yashirincha olib chiqishga uringan shaxslar ushlandi
14 iyun 2022, 10:30

Tojikistonga $356 mingni yashirincha olib chiqishga uringan shaxslar ushlandi

Bekobodlik ikki nafar ayol 356 ming dollarni kiyimlari orasiga yashirgan holda Tojikistonga olib chiqishga uringanida qo‘lga olindi. Ular bu ishni xizmat haqi evaziga tojikistonlik fuqaro iltimosiga ko‘ra amalga oshirgani aytilmoqda. Hozirda pullarning haqiqiy egalarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting