Arxiv

Shavkat Mirziyoyev BMT bosh kotibi birinchi o‘rinbosarini qabul qildi
9 iyun 2022, 11:18

Shavkat Mirziyoyev BMT bosh kotibi birinchi o‘rinbosarini qabul qildi

Chorshanba kuni prezident BMT bosh kotibi birinchi o‘rinbosari Amina Muhammadni qabul qildi. Suhbat davomida O‘zbekistonning Afg‘onistonda bardavom tinchlikni ta’minlashdagi sa’y-harakatlari e’tirof etildi. BMT vakili Tanzila Narbayeva hamda Saida Mirziyoyeva bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.

Namangan va Farg‘onada aholiga ajratilgan 65 tonna un sotib yuborilgani aniqlandi
9 iyun 2022, 10:57

Namangan va Farg‘onada aholiga ajratilgan 65 tonna un sotib yuborilgani aniqlandi

Namangan va Farg‘onada aholiga ajratilgan arzon narxdagi un mahsulotini boshqa shaxslarga sotib yuborilgani aniqlandi. Pop tumanida MJCH rahbari 54,9 tonna, Marg‘ilon shahrida esa xususiy korxona mansabdorlari 10,1 tonna un mahsulotini qimmatroq narxda sotgani ma’lum bo‘ldi.

Reklamada milliy va oilaviy an’analarga zid bo‘lgan obrazlardan foydalanish taqiqlandi
9 iyun 2022, 10:39

Reklamada milliy va oilaviy an’analarga zid bo‘lgan obrazlardan foydalanish taqiqlandi

Prezident “Reklama to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, darsliklar va daftarlarda reklama bo‘lishi, milliy va oilaviy an’analarga zid obrazlardan, mashhurlar va tibbiyot xodimlari siymosidan foydalanish, tovar narxlarini valyutada ko‘rsatish taqiqlanadi. Qolaversa, reklamalarda yosh tasnifi ko‘rsatiladi.

Yolg‘iz keksalar va faxriylarga bepul oziq-ovqat o‘rniga naqd pul beriladi
9 iyun 2022, 10:06

Yolg‘iz keksalar va faxriylarga bepul oziq-ovqat o‘rniga naqd pul beriladi

1941−1945 yillardagi urush faxriylari, shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bepul oziq-ovqat o‘rniga oyiga BHMning 1 baravari miqdorida qo‘shimcha to‘lov oladi.

Futbol: O‘zbekiston Osiyo kubogi saralashini g‘alaba bilan boshladi
9 iyun 2022, 09:25

Futbol: O‘zbekiston Osiyo kubogi saralashini g‘alaba bilan boshladi

O‘zbekiston milliy jamoasi 2023 yilgi Osiyo kubogiga saralash turnirini Shri-Lanka ustidan yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi — video, foto.

8 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
8 iyun 2022, 22:00

8 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonga €7,9 mln ajratadigan Avstriyaning yirik banki, odamlar oldida o‘ldirib ketilgan urganchlik haydovchi, Andijon shahar hokimi ortidan hibsga olingan viloyat XTB boshlig‘i, 3% emas, 26,8% ekanligi aytilgan poytaxtning yashil maydonlari va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 8 iyundagi xabarlar dayjestida.

Wizz Air loukasterining sho‘’ba korxonasi O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirmoqchi
8 iyun 2022, 21:02

Wizz Air loukasterining sho‘’ba korxonasi O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirmoqchi

Wizz Air Abu Dhabi loukasteri O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsat oldi. Kuzda aviakompaniya mamlakatning ikki shahriga to‘rtta reysni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyada ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lib turish muddati 15 kunga uzaytirildi
8 iyun 2022, 19:26

O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyada ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lib turish muddati 15 kunga uzaytirildi

O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyada ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lib turish muddati 7 kundan 15 kunga uzaytirildi. Xuddi shuningdek, Rossiya fuqarolarining O‘zbekiston hududida registratsiyasiz bo‘lib turish muddati 3 kundan 15 kunga uzaydi.

Sayyohdan musodara qilingan dron O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga topshiriladi
8 iyun 2022, 18:40

Sayyohdan musodara qilingan dron O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga topshiriladi

Sud rossiyalik sayyohning dronini davlat foydasiga musodara qilish va O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga topshirish haqida qaror chiqardi. Uskunaning narxi 2000 dollarga baholanmoqda.

Talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash 41 foizga yetkazildi — Oliy ta’lim vazirligi
8 iyun 2022, 18:26

Talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash 41 foizga yetkazildi — Oliy ta’lim vazirligi

Oliy ta’lim vazirligi talabalarning qariyb 41 foizi yotoqxona bilan ta’minlanganini ma’lum qildi. 2020 yilda bu ko‘rsatkich 28 foizni tashkil qilgan. 2 qavatli karavotlar, turar joylarni optimallashtirish, yangi yotoqxonalar hisobiga o‘rinlar soni ko‘paytirildi.

Yil boshidan buyon 250 nafar ekstremistik guruh a’zolari aniqlandi
8 iyun 2022, 17:52

Yil boshidan buyon 250 nafar ekstremistik guruh a’zolari aniqlandi

O‘zbekistonda yil boshidan buyon Suriyadagi «Islom davlati» va «Tavxid va jihod katibasi» terrorchilik tashkilotlarga aloqador 4 ta yashirin, 10 ta «virtual» guruh hamda 250 nafar ekstremistik guruh a’zolari aniqlanib, ular faoliyatiga chek qo‘yildi.

Poytaxtning yashilligi — 26,8%. Avval aytilgan 3% ko‘rsatkich xatoligi ma’lum qilindi
8 iyun 2022, 17:09

Poytaxtning yashilligi — 26,8%. Avval aytilgan 3% ko‘rsatkich xatoligi ma’lum qilindi

Toshkent shahrining yashil maydoni (butalar va maysalar ham kiradi) qariyb 30%ni (hokimiyat o‘lchovi bo‘yicha — 26,84%) tashkil etadi. 3 foizlik ko‘rsatkichni O‘zgidromet vakili texnik xato tufayli e’lon qildi, deyiladi markaz xabarida. Hokimiyat yashillik ko‘rsatkichi qanday aniqlanishini tushuntirdi.

Ekin maydonlarida suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash uchun 100 mln so‘mgacha subsidiya beriladi
8 iyun 2022, 16:41

Ekin maydonlarida suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash uchun 100 mln so‘mgacha subsidiya beriladi

Hukumat qaroriga ko‘ra, 10 gektardan kam bo‘lmagan paxta va don ekin maydonlarida suvni tejovchi texnologiyalarni qo‘llash uchun 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi. Ariza tuman hokimligida qabul qilinadi, subsidiyalar Suv xo‘jaligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirliklari tomonidan to‘lab beriladi.

Import oziq-ovqatlar o‘rtakashlarsiz bozorga chiqarilmoqda — Bosh prokuratura
8 iyun 2022, 16:17

Import oziq-ovqatlar o‘rtakashlarsiz bozorga chiqarilmoqda — Bosh prokuratura

Import oziq-ovqatlar, jumladan kartoshka, go‘sht, yog‘, un va shakar «birinchi qo‘l» tamoyili asosida o‘rtakashlarsiz bozorga chiqarilmoqda, dedi Bosh prokuratura huzuridagi departament boshlig‘i Dilshod Rahimov. Yil boshidan beri narxlarni manipulyatsiya qilgan 187 nafar shaxsga nisbatan esa jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Orolbo‘yi arxitektor va quruvchilari ekologik loyihalash bo‘yicha o‘qitiladi
8 iyun 2022, 15:39

Orolbo‘yi arxitektor va quruvchilari ekologik loyihalash bo‘yicha o‘qitiladi

BMTTD, Islom taraqqiyot banki va Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi Orolbo‘yida yangi loyihani ishga tushirdi — arxitektura-loyiha institutlari hamda hududiy arxitektura va qurilish boshqarmalari vakillari ekologik toza muhandislik loyihalari va bosh rejalarni ishlab chiqish bo‘yicha o‘qitiladi.

Andijon shahar hokimi ortidan viloyat XTB boshlig‘i ham hibsga olindi
8 iyun 2022, 15:16

Andijon shahar hokimi ortidan viloyat XTB boshlig‘i ham hibsga olindi

Andijon viloyati XTB boshlig‘i Azizbek Mirkomilov budjet mablag‘larini talon-toroj qilish holati bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi tariqasida hibsga olindi. Seshanba kuni Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov protsessual tartibda ushlangani ma’lum bo‘lgandi.

Erondagi temiryo‘l falokatida 17 kishi halok bo‘ldi
8 iyun 2022, 15:09

Erondagi temiryo‘l falokatida 17 kishi halok bo‘ldi

Eron sharqida sodir bo‘lgan poyezd falokati oqibatida 17 nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq kishi jarohatlandi. Taxminan Tabas shahri yaqinida poyezdning ekskavator bilan to‘qnashib ketishi natijasida yetti vagondan to‘rttasi ag‘darilib ketgan.

Andijon va Samarqandda noqonuniy yer sotishga uringanlikda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi
8 iyun 2022, 14:39

Andijon va Samarqandda noqonuniy yer sotishga uringanlikda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi

DXX Andijon va Samarqandda noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘ydi. Andijondagi holatda fuqarolar 1 ga yerni $180 mingga sotishga urindi. Samarqanddagi to‘rtta holatda esa 3 ga yerni 180 mln so‘mga, 50 sotix yerni $100 mingga, 70 sotix yerni $65 mingga va 5 ga yerni $50 mingga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi.

Sanoat zonalari rejaga muvofiq gaz, suv, elektr energiyasi bilan ta’minlanadi
8 iyun 2022, 13:59

Sanoat zonalari rejaga muvofiq gaz, suv, elektr energiyasi bilan ta’minlanadi

2022 yilda erkin iqtisodiy va sanoat zonalariga elektr, gaz va suv kommunikatsiyalarini o‘tkazish dasturi tasdiqlandi. Avvalroq Shavkat Mirziyoyev sanoat zonalarining muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi, ularning uchdan birida elektr, gaz, suv va kanalizatsiya yo‘qligini tanqid qilgandi.

Avstriyaning eng yirik banki O‘zbekistonga €7,9 mln ajratdi
8 iyun 2022, 12:45

Avstriyaning eng yirik banki O‘zbekistonga €7,9 mln ajratdi

Avstriyaning «UniCredit Bank Austria AG» banki O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasiga innovatsion texnologiyalar transferini moliyalashtirish uchun 7,9 mln yevro ajratdi. Ushbu imtiyozli mablag‘lar «Bauer GmbH» kompaniyasining yomg‘irli sug‘orish uchun innovatsion texnologiyalarini xarid qilishga sarflanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting