Arxiv

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi
26 noyabr 2024, 14:24

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi

O‘tgan yili qishda jami 13 ming gektar bog‘ va uzumzor sovuq urishi tufayli zararlandi, oqibatda 207 ming tonna hosil yo‘qotildi. Shu bois prezident topshirig‘iga muvofiq, Ispaniya, Turkiya, AQSh tajribalari asosida “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Kimdir yo‘qotishi mumkin, lekin JST adolatli savdo tartib-tamoyillari degani — Jamshid Qo‘chqorov
26 noyabr 2024, 13:09

Kimdir yo‘qotishi mumkin, lekin JST adolatli savdo tartib-tamoyillari degani — Jamshid Qo‘chqorov

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov eksportyorlarga foyda va aylanmadan soliq bo‘yicha berilgan imtiyozlar 2025-yildan bekor qilinayotgani mamlakatning JSTga a’zo bo‘lishi bilan bog‘liqligini qayd etdi. “Har bir tadbirkor adolatli, ochiq raqobat sharoitida faoliyat yuritishni o‘rganishi lozim”, — dedi u.

Tramp Meksika, Kanada va Xitoy tovarlariga katta miqdorda boj solmoqchi. Tafsilotlar
26 noyabr 2024, 13:02

Tramp Meksika, Kanada va Xitoy tovarlariga katta miqdorda boj solmoqchi. Tafsilotlar

Donald Tramp lavozimga kirishishi bilan Meksika, Kanada (25%) va Xitoydan (10%) kelayotgan tovarlar uchun tariflarni oshirishni va’da qildi. Tramp buni noqonuniy immigrantlar, “jinoyat va giyohvand moddalar” uchun qasos bo‘lishini ta’kidladi. Ammo buning oqibati AQSh iqtisodiyoti uchun salbiy bo‘lishi mumkin.

Arab madaniyati olamiga sayohat: Dubayda nimalar qilish mumkin
26 noyabr 2024, 13:00

Arab madaniyati olamiga sayohat: Dubayda nimalar qilish mumkin

Asialuxe Travel Dubay an’analariga sho‘ng‘ishni, shuningdek, dam olishning ekstremal turlarini — qumtepalar bo‘ylab sayohat, sendbording, tuyada sayr qilish va boshqalarni taklif qilmoqda.

Surxondaryoda erta nikohni targ‘ib qilgan bloger jarimaga tortildi
26 noyabr 2024, 12:50

Surxondaryoda erta nikohni targ‘ib qilgan bloger jarimaga tortildi

Surxondaryoda 17 yoshli yigit va 15 yoshli qizning go‘yoki farzandi borligi ko‘rsatilgan videoni Instagram sahifasiga joylagan bloger jarimaga tortildi. Yigit va qiz esa ogohlantirildi.

Uch yildan buyon qidiruvda bo‘lgan erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
26 noyabr 2024, 12:03

Uch yildan buyon qidiruvda bo‘lgan erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi

Firibgarlikda ayblanib 3 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Undan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsullik yoki IIOga murojaat qilishlari so‘ralmoqda.

Toshkentda Lacetti va skuter ishtirokidagi YTHda bir kishi jarohatlandi
26 noyabr 2024, 11:48

Toshkentda Lacetti va skuter ishtirokidagi YTHda bir kishi jarohatlandi

Toshkentning Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan “avariya”da skuter haydovchisi jarohatlandi. U tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib borilgan.

Raqamli dalillarni sudga taqdim etish tartibi tasdiqlandi
26 noyabr 2024, 11:13

Raqamli dalillarni sudga taqdim etish tartibi tasdiqlandi

Prezident tomonidan imzolangan hujjat bilan qonunchilikka raqamli dalillar tushunchasi kiritilmoqda. Raqamli dalillarning ko‘chirma nusxalarini mas’ul shaxslarga yoki sudga qog‘ozda chop etilgan shaklda taqdim etish mumkin.

1-yanvardan Toshkent jamoat transportida yo‘l haqi oshishi kutilmoqda
26 noyabr 2024, 09:53

1-yanvardan Toshkent jamoat transportida yo‘l haqi oshishi kutilmoqda

Toshkentda 1-yanvardan avtobus va metroda naqd to‘lov 3000 so‘m etib belgilanishi rejalashtirilmoqda. Transport kartalari uchun avval joriy qilingan imtiyozli va bepul tarif rejalarining narxlari o‘zgarishsiz qoldiriladi. Shuningdek, avtobuslarda yo‘l haqini naqd pulda olish amaliyotidan voz kechiladi.

Toshkentda yangi Trilliant biznes markazi ochildi
26 noyabr 2024, 09:00

Toshkentda yangi Trilliant biznes markazi ochildi

Trilliant yangi biznes markazi jahon darajasidagi biznes ofislari, mehmonxona, kongress markazi va zamonaviy savdo maydonchalarini taklif etadi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston MOQqa rais, Otabek Umarov esa birinchi o‘rinbosar bo‘ldi
25 noyabr 2024, 23:33

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston MOQqa rais, Otabek Umarov esa birinchi o‘rinbosar bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi etib saylandi. Otabek Umarov MOQ raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi, Oybek Kasimov bosh kotib, Sherzod Toshmatov esa rais o‘rinbosari lavozimiga qayta saylandi.

25-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
25 noyabr 2024, 22:17

25-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Barcha ijro organlarini Yangi Toshkentga ko‘chirish rejasi, pulli “parkovka"lar tashkil etish auksionini yutgan Balcomuz, Jizzaxdagi zavodda ishlab chiqarila boshlaydigan yangi elektromobil modellari, aholi uchun eng zarur 10 ta oziq-ovqat mahsuloti monitoringi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

“Bu loyihalar bizga havodek kerak”. Prezident — Toshkentdagi sanoat zonalari haqida
25 noyabr 2024, 22:03

“Bu loyihalar bizga havodek kerak”. Prezident — Toshkentdagi sanoat zonalari haqida

Prezident Toshkent shahrining Yangihayot tumanida qurilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasining ahamiyatini ta’kidladi. “Bu loyihalar bizga havodek kerak. Har bir tumanda 4−5 tadan shunday zonalar bo‘lsa, Toshkent biz kutgandek, haqiqiy sanoat zonasiga aylanadi”, — dedi u.

Ukrainaga harbiylarni yuborish bo‘yicha Parij va London muzokaralari tiklandi — Le Monde
25 noyabr 2024, 21:46

Ukrainaga harbiylarni yuborish bo‘yicha Parij va London muzokaralari tiklandi — Le Monde

Parij va London Ukrainadagi koalitsiya yetakchiligini o‘z zimmalariga olishlarini istisno etmaydi, deb yozmoqda Le Monde. Shu maqsadda ular Ukrainaga qo‘shinlar yuborish bo‘yicha maxfiy muzokaralarni qayta tiklagani aytiladi. Bu Trampning Oq uyga qaytgach, Kiyevga AQSh yordami uzilib qolishi ehtimoli bilan bog‘liq.

O‘zbekistonning Islom hamkorlik tashkilotidagi yangi doimiy vakili tayinlandi
25 noyabr 2024, 21:45

O‘zbekistonning Islom hamkorlik tashkilotidagi yangi doimiy vakili tayinlandi

Nodirjon Turg‘unov O‘zbekistonning Islom hamkorlik tashkilotidagi doimiy vakili etib tayinlandi va tashkilot bosh kotibiga ishonch yorliqlarini topshirdi. U mamlakatning Saudiya Arabistonidagi elchisi lavozimidagi vazifasini ham davom ettiradi.

“O‘zcharmsanoat” uyushmasiga yangi rais tayinlandi
25 noyabr 2024, 21:03

“O‘zcharmsanoat” uyushmasiga yangi rais tayinlandi

Akbar Sultanov “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi lavozimiga tasdiqlandi. U 2021-yil mayidan buyon raisning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Sultanov martdan beri uyushma raisi vazifasini bajarib kelayotgan Farxod Nurmuxamedov o‘rnini egalladi.

O‘zbekistonda 10 ta asosiy oziq-ovqat mahsulotining hisob-kitobi yuritiladi
25 noyabr 2024, 20:47

O‘zbekistonda 10 ta asosiy oziq-ovqat mahsulotining hisob-kitobi yuritiladi

Prezidentga olib kirilgan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga oid taqdimotga ko‘ra, 2025-yilda 2 mln gektar maydonga meva-sabzavot va poliz ekinlari ekilib, hosillari monitoring qilib boriladi. Xususan, aholiga birlamchi zarur 10 turdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotining tizimli hisob-kitobi yuritiladi.

Paxta mahsulotlarini sotishda narx manipulyatsiyasiga yo‘l qo‘ygan korxonaga chora ko‘rildi
25 noyabr 2024, 20:18

Paxta mahsulotlarini sotishda narx manipulyatsiyasiga yo‘l qo‘ygan korxonaga chora ko‘rildi

Raqobat qo‘mitasi Payariq Claster MJCH paxta mahsulotlarini birjaga qo‘ymay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotganini aniqladi. Oqibatda narxlar yuqori qo‘llanib, yog‘, shrot, sheluxa kabi mahsulotlarda 1,9 mlrd so‘mlik tavofut yuzaga kelgan. Korxona narx manipulyatsiyasiga yo‘l qo‘ygani uchun jazolandi.

Isroil Livanda o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni dastlabki tarzda ma’qulladi — OAV
25 noyabr 2024, 19:52

Isroil Livanda o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni dastlabki tarzda ma’qulladi — OAV

Isroil “Hizbulloh” bilan Livanda o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni dastlabki tarzda ma’qulladi. Loyiha 60 kunlik davrni o‘z ichiga oladi, bunda Isroil harbiylari Livan janubini tark etishi, “Hizbulloh” o‘z og‘ir qurollarini Litani daryosining shimoliga o‘tkazishi kerak.

O‘zbekistonda 2025-yilda 450 mingta mashina ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda
25 noyabr 2024, 19:32

O‘zbekistonda 2025-yilda 450 mingta mashina ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda

“O‘zavtosanoat” raisi prezidentga 2025-yilga mo‘ljallangan rejalar haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, 450 ming mashina ishlab chiqarib, eksportni 700 mln dollarga yetkazish, Jizzaxdagi BYD zavodining modellar qatorini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting