Toshkentda tashkil etilgan NeUyat ko‘rgazmasi 14-dekabrga qadar uzaytirildi. Uning kuchli jihati shundaki, ekspozitsiyada nafaqat ayollarga nisbatan zo‘ravonlik turlari, balki uni qabul qilmaydigan insonlarni ham ko‘rish mumkin, deb yozadi “Gazeta.uz” muxbiri Viktoriya Abdurahimova. Foto.
Toshkentda ko‘p qavatli uy-joy qurilishiga yo‘naltirilgan investitsiya daromadliligi tushib bormoqda. Fevral oyida ko‘chmas mulkka investitsiyalarning rentabelligi o‘rtacha 32,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, oktabr oyida u 12,2 foizga tushdi, deya qayd etadi MHTI.
Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida fotograf Yevgeniy Olevskiy xotirasiga bag‘ishlangan “Men dunyoni shunday ko‘rdim” nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishdan tabiat va odamlarni aks ettiruvchi 50 ta asar o‘rin olgan.
Toshkentda O‘zbekiston va Kuvayt delegatsiyalari Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning birinchi majlisini o‘tkazdi. Tomonlar savdo tartib-qoidalarini soddalashtirishga kelishib oldi va imtiyozli savdo bitimini imzolash imkoniyatlarini muhokama qildi.
Prezident Yangihayot tumanida qurilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasiga bordi. Zonani boshqarish, investorlarni jalb qilish va infratuzilmani rivojlantirish Xitoyning CAMCE kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, JAC Motors zavodi va boshqa qator loyihalarni yo‘lga qo‘yish reja qilingan.
Mudofaa vaziri lavozimida ishlagan general-leytenant Bahodir Qurbonov prezident farmoni bilan O‘zbekiston DXX raisi etib tayinlandi. DXXning sobiq rahbari general-leytenant Abdusalom Azizov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashiga ixtiyoriga o‘tkazildi.
Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-leytenant Abdusalom Azizov lavozimidan olindi. U 2019-yildan beri bu lavozimda faoliyat yuritib kelayotgandi.
Prezident qarori bilan nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlari 2030-yil 1-yanvarga qadar barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinmoqda. Ulardagi rahbar va o‘qituvchilar malakasini oshirish davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Prezident Toshkent atrofida “yashil belbog‘” barpo etish loyihasi doirasida daraxt o‘tqazdi. Yangi bog‘ poytaxt halqa yo‘li bo‘ylab yaratilmoqda. Tadbirda hukumat a’zolari, jamoatchilik vakillari va chet ellik diplomatlar ishtirok etdi. Ayni paytda boshqa hududlarda ham shunday bog‘lar barpo etilmoqda.
Shanba kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi vodiy viloyatlari va Toshkent shahrida sezildi (2−3 ball).
Bosh vazir Abdulla Aripov Surxondaryoning Boysun tumaniga texnogen falokatdan so‘ng ikki marta bordi, deydi uning matbuot xizmati. Hukumat rahbari mahalliy aholi bilan evakuatsiya masalasini muhokama qilgan.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti vakillari Ispaniya va Portugaliyaga tashrif buyurib, top universitetlar hamda mashhur Real Madrid fondi bilan shartnomalar imzolash bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.
“Alfaxores” pechenyesi, zanjabilli pryaniklar, “Qahva donalari” pechenyesi, olmali pechenye va boshqa pechenye retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.
Vazirlar Mahkamasining 2030-yilgacha Harakat dasturi, energoresurslar ishlab chiqarilishidagi pasayish, Umra sayohatini amalga oshira oladigan turfirmalar ro‘yxati, maktablardagi bullinglar hamda ularning oqibatlari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
DXX Olmaliq shahrida “Toshkent viloyati suv ta’minoti"ning ikki nafar mutaxassisini 1600 dollar pora bilan qo‘lga oldi. Ular shifoxonaga qo‘llangan dalolatnoma va hisob-kitob qilingan zararni bartaraf qilib berishni va’da qilgan.
Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid rejalarga ko‘ra, kelasi yilda 425 ming aholini ishli qilib, 320 mln dollar eksport qilish ko‘zda tutilmoqda. Xususan, xitoylik investorlar mis va kumush konlariga investitsiya kiritish orqali ikki ming ish o‘rni yaratishni taklif qilmoqda.
Toshkent aeroportida ilk bor eshitish qobiliyati cheklangan sakkiz nafar fuqaro yuk aravachasi operatori sifatida ish boshladi. Uzbekistan Airports frontlayn personallarni imo-ishora tiliga o‘qitish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.
Prezident huzurida 2025-yilda Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. 1,5 mlrd dollar investitsiya jalb qilish, bu orqali ish o‘rinlari va korxonalar yaratish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, 44 ta maktab va bog‘cha ta’mirlanib, DXSh asosida yangilari quriladi.
Qirg‘iziston YOIIdan tashqariga ko‘mir eksportiga olti oylik taqiq joriy qildi. Cheklov “O‘zkimyoimpeks” 2023-yilda ko‘mirni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishgan “Qirg‘izko‘mur"ga ta’sir qilmaydi. Mamlakat toshko‘mir eksportining 85%, qo‘ng‘ir ko‘mirning 95,7% qismi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting