Arxiv

Parij-2024: Bokschi Abdumalik Xalokov qirg‘izistonlik raqibini yengib, Olimpiada chempioni bo‘ldi
11 avgust 2024, 01:10

Parij-2024: Bokschi Abdumalik Xalokov qirg‘izistonlik raqibini yengib, Olimpiada chempioni bo‘ldi

Olimpiada finalida qirg‘izistonlik Munarbek Seyitbek o‘g‘liga qarshi jang qilgan bokschi Abdumalik Xalokov raqibini 5:0 hisobida mag‘lub etdi. U terma jamoaga 7-oltin medalni keltirdi.

Parij-2024: Erkin kurashchi Razambek Jamalov terma jamoada 6-oltin medalni qo‘lga kiritdi
10 avgust 2024, 23:31

Parij-2024: Erkin kurashchi Razambek Jamalov terma jamoada 6-oltin medalni qo‘lga kiritdi

Parijdagi Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston nomidan kurashayotgan rossiyalik kurashchi Razambek Jamalov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Finalda u yaponiyalik raqibini muddatidan avval mag‘lub etdi. Bu O‘zbekistonning so‘nggi 20 yil ichida erkin kurash bo‘yicha olgan ilk Olimpiya oltin medalidir.

Nima o‘qiymiz? Noshir Sanjar Nazar tavsiya qiladi
10 avgust 2024, 20:36

Nima o‘qiymiz? Noshir Sanjar Nazar tavsiya qiladi

“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.

“Aksariyat holatlarda pora bergan odam jazolanmayapti” — SSV rahbari
10 avgust 2024, 17:30

“Aksariyat holatlarda pora bergan odam jazolanmayapti” — SSV rahbari

“Har bir tizim boshida turganlarning o‘zi va jamoasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xohish bo‘lishi kerak”, — dedi SSV rahbari Asilbek Xudayarov. Aksariyat holatlarda porani bergan odam jazolanmay qolayotganini aytgan vazir v.b. uning jamoasi korrupsiyaga qarshi kurashishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev kumush medalga ega chiqdi
10 avgust 2024, 16:43

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev kumush medalga ega chiqdi

Akbar Jo‘rayev Parij Olimpiadasida og‘ir atletika bo‘yicha kumush medal oldi. U dast (185 kg) va siltab ko‘tarishda (219) umumiy 404 kg to‘plab ikkinchi o‘rinni egalladi.

Yengil avtomobillarning oylik savdosi 18,6 foizga oshdi, lekin yillik savdo hajmi pasayishda davom etmoqda
10 avgust 2024, 15:54

Yengil avtomobillarning oylik savdosi 18,6 foizga oshdi, lekin yillik savdo hajmi pasayishda davom etmoqda

Iyul oyidagi o‘sishga qaramay, O‘zbekistonda avtomobil savdosi yillik ko‘rsatkichlarda, ayniqsa, xorijiy yengil avtomobillar segmentida (-46,5 foiz) pasayishda davom etmoqda. Ikkilamchi bozorda tuzilgan shartnomalar soni oshdi, ammo umumiy tendensiya savdo hajmining kamayganini ko‘rsatmoqda.

Yunusoboddagi do‘konlarda yong‘in sodir bo‘ldi (video)
10 avgust 2024, 15:15

Yunusoboddagi do‘konlarda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Toshkent shahridagi do‘konlarning birida yong‘in yuz berdi. FVBning ma’lum qilishicha, yong‘in 21 daqiqada o‘chirilgan.

TezJet aviakompaniyasi Bishkekdan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
10 avgust 2024, 14:29

TezJet aviakompaniyasi Bishkekdan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

3-sentabrdan Qirg‘izistonning TezJet aviakompaniyasi Bishkek-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar haftasiga to‘rt marta — seshanba, chorshanba, juma va shanba kunlari rejalashtirilgan.

Samarqandda ham haydovchilar uchun imtihon markazi ish boshladi
10 avgust 2024, 13:28

Samarqandda ham haydovchilar uchun imtihon markazi ish boshladi

Samarqand viloyatida haydovchilik guvohnomasi uchun fuqarolardan imtihon oluvchi markaz ishga tushdi. Ochilish marosimida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va YHXXning yangi boshlig‘i Sherzod Ibragimov qatnashdi.

Andijonda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanganlar 5 va 3 yilga qamaldi
10 avgust 2024, 11:53

Andijonda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanganlar 5 va 3 yilga qamaldi

Andijon viloyatida umumiy qiymati 1,6 mlrd so‘mlik dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan ikki shaxsga hukm o‘qildi. Ulardan biri 5 yilga, ikkinchi esa 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Parij-2024 taqvimi: 10-avgust kuni uch sportchimiz oltin medal uchun bellashadi
10 avgust 2024, 11:13

Parij-2024 taqvimi: 10-avgust kuni uch sportchimiz oltin medal uchun bellashadi

Olimpiya o‘yinlarining 15-kunida O‘zbekistonning 10 nafar atleti sportning 7 turi: boks, kurash, badiiy gimnastika, taekvondo, og‘ir atletika, zamonaviy beshkurash va yengil atletika bo‘yicha chiqish qiladi. Yana ikki bokschi va erkin kurashchimiz oltin medal uchun final bahslarini o‘tkazadi.

Bokschi Lazizbek Mullojonov Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi
10 avgust 2024, 02:05

Bokschi Lazizbek Mullojonov Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullojonov finalda kelib chiqishi kubalik bo‘lgan ozarbayjonlik raqibini mag‘lub etib, Olimpiya o‘yinlaridagi ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi. Beshinchi “oltin” O‘zbekiston uchun barcha Olimpiadalar rekordi bo‘ldi. Jamoa medallar jadvalida 14-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Taekvondochi Ozoda Sobirjonova jangning so‘nggi soniyalarida Olimpiada bronza medalini qo‘ldan boy berdi
10 avgust 2024, 01:07

Taekvondochi Ozoda Sobirjonova jangning so‘nggi soniyalarida Olimpiada bronza medalini qo‘ldan boy berdi

O‘zbekistonlik 21 yoshli taekvondochi Ozoda Sobirjonova Olimpiada bronza medali uchun kechgan bahsda so‘nggi uch soniyagacha oldinda borganiga qaramay, yakunda belgiyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi.

Bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Olimpiya chempioni (video)
10 avgust 2024, 00:57

Bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Olimpiya chempioni (video)

O‘zbekistonlik bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev meksikalik raqibini mag‘lub etib, Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Erkin kurashchi G‘ulomjon Abdullayev Olimpiadaning bronza medaliga ega chiqdi
9 avgust 2024, 23:23

Erkin kurashchi G‘ulomjon Abdullayev Olimpiadaning bronza medaliga ega chiqdi

O‘zbekistonlik erkin kurashchi G‘ulomjon Abdullayev qirg‘izistonlik raqibini mag‘lub etib, Olimpiadaning bronza medalini qo‘lga kiritdi.

9-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
9 avgust 2024, 23:02

9-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Ostonada bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlari sammiti va unda ilgari surilgan takliflar, O‘zbekistonga tashrifini bekor qilgan Yaponiya bosh vaziri, Olimpiada chempionlarini tabriklagan prezident va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Qoraqalpog‘istondagi mahallalar qariyb 10 mlrd so‘mlik noqonuniy tenderlar o‘tkazgani aniqlandi
9 avgust 2024, 22:42

Qoraqalpog‘istondagi mahallalar qariyb 10 mlrd so‘mlik noqonuniy tenderlar o‘tkazgani aniqlandi

Qoraqalpog‘istonda mahallalar 48 ta holatda qariyb 10 mlrd so‘mlik tenderlarni qonun talablariga nomuvofiq o‘tkazgan, deb topdi Raqobat qo‘mitasi. Xarid natijalari yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, tegishli choralar ko‘rildi.

Prezident telefon orqali Ulug‘bek Rashitov va Hasanboy Do‘smatovni Olimpiadadagi g‘alabasi bilan tabrikladi
9 avgust 2024, 21:17

Prezident telefon orqali Ulug‘bek Rashitov va Hasanboy Do‘smatovni Olimpiadadagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Prezident Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritib, ikki karra chempion bo‘lgan taekvondochi Ulug‘bek Rashitov va bokschi Hasanboy Do‘smatovni telefon orqali tabrikladi. Shavkat Mirziyoyev Rashitov jarohatiga qaramay g‘alaba qozongani va Do‘smatovning jangini “nafas olmay” kuzatganini ta’kidladi.

Qozog‘iston IIV sobiq rahbariga yanvar namoyishlari bo‘yicha shartli qamoq jazosi berildi
9 avgust 2024, 20:54

Qozog‘iston IIV sobiq rahbariga yanvar namoyishlari bo‘yicha shartli qamoq jazosi berildi

Qozog‘iston sobiq ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayev 2022-yil yanvaridagi namoyishlar bo‘yicha o‘z vakolatini suiiste’mol qilganlikda aybdor deb topildi va besh yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud uning pushaymonligi va muqaddam sudlanmaganini inobatga oldi.

“Strategik maqsad — Markaziy Osiyo davlatlarining energiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish” — Turkmaniston prezidenti
9 avgust 2024, 20:01

“Strategik maqsad — Markaziy Osiyo davlatlarining energiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish” — Turkmaniston prezidenti

Turkmaniston yetakchisi Serdar Berdimuhamedov MO davlatlari rahbarlari sammitidagi nutqida besh davlat mintaqani global energiya bozoridagi salbiy ssenariylardan himoya qila oladigan tizim va kutilmagan holatlarda milliy energiya tizimlari uchun xavfsizlik zaxirasini yaratishi kerakligini ta’kidladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting